O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti g. R. Tursunova


Download 6.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/194
Sana12.11.2023
Hajmi6.77 Mb.
#1768385
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194
Bog'liq
Ресторан бизнеси. Ўқув қўлланма

Kadrlarni rejalashtirish - insonlarga zarur vaqtda va kerakli miqdordagi ish 
o‘rinlarini ularning qobiliyatlari, mayllari va xizmat ko‘rsatish talablariga muvofiq 
ta’minlab berishni vazifa qilib qo‘yadi. Ish o‘rinlari unumdorlik va asoslash nuqtai 
nazaridan xizmat ko‘rsatuvchilarga o‘z qobiliyatlarini eng maqbul tarzda 
rivojlantirish, mehnat samaradorligini oshirish imkonini berishi, insonga xos mehnat 
shart - sharoitlarini yaratish va bandlikni ta’minlash talablariga javob berishi lozim.
Kadrlarni rejalashtirish korxona manfaatlari nuqtai nazaridan ham, uning 
xodimi manfaatini ko‘zlab ham amalga oshiriladi. Korxona uchun kerakli vaqtda, 
zarur o‘rinda, qolaversa, miqdorda hamda tegishli malakaga ega bo‘lgan shunday 
xodimga ega bo‘lish muhimki, ular xizmat ko‘rsatish vazifalarini hal qilishi, uning 
o‘z maqsadlariga erishishi uchun zarur bo‘ladi. Kadrlarni rejalashtirish ancha yuqori 
mehnat unumdorligini qo‘lga kiritish va ishdan qoniqish hosil qilish uchun shart - 


97 
sharoitlar yaratib berishi lozim. Insonlarni birinchi navbatda o‘z qobiliyatlarini 
rivojlantirish uchun shart - sharoitlar yaratib berilgan, yuqori hamda doimiy ish haqi 
olib turish kafolatlangan ish o‘rinlarini jalb qiladi. Korxonadagi barcha xodimlarning 
manfaatlarini xisobga olish kadrlarni rejalashtirish vazifalaridan biri xisoblanadi. 
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, kadrlarni rejalashtirish korxonadagi umumiy 
rejalashtirish jarayoniga qo‘shilib ketgan taqdirdagina samarali bo‘ladi. 
Kadrlarni rejalashtirishda quyidagi savollarga javob berishi lozim: 

qanday malakali, qancha xodim qachon va qayerda kerak bo‘ladi? 

ijtimoiy zarar yetkazmagan holda kerakli xodimni qanday qilib jalb qilish 
va ortiqcha xodimni qisqartirish mumkin? 

qanday qilib xodimning qobiliyatlaridan yaxshiroq foydalanish mumkin? 

yangi yuqori malaka talab qiladigan ishlarni bajarish uchun qanday 
kadrlarning rivojlanishini ta’minlash va xizmat ko‘rsatishning talab - ehtiyojlariga 
muvofiq ularning bilimlarini qo‘llab - quvvatlab turish mumkin? 

kadrlarga doir rejalashtirilgan tadbirlar qanday xarajatlarni talab qiladi? 
Kadrlarni 
rejalashtirish 
xodimlar 
bilan 
ishlashning 
tezkor 
rejasida 
birlashtirilgan va o‘zaro bir - biri bilan bog‘langan butun bir tadbirlar majmuini 
amalga oshirish orqali ro‘yobga chiqariladi. 
Kadrlar bilan ishlashning tezkor rejasini ishlab chiqish uchun maxsus ishlab 
chiqilgan anketalar yordamida quyidagi axborotni to‘plash zarur: 

xodim to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi, otasining ismi, familiyasi, turar joyi, 
yoshi, ishga kirgan vaqti va h.k.). 

xodimlar tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (malakasi, jinsi, 
millati; nogironlar, ishchilar, xizmatchilar, malakali ishchilar va shu kabilarning 
salmog‘i); 

kadrlar qo‘nimsizligi; 

bekor turib qolishlar, kasallik natijasida vaqtning bekor sarf bo‘lishi; 


98 

ish kunining davom etishi haqidagi ma’lumotlar (to‘liq yoki qisman band 
bo‘lganlar, bir navbatchilikda, bir necha navbatchilikda ishlovchilar; mehnat 
ta’tillarining qancha davom etishi; 

xodimlarning ish haqi (uning tuzilishi, qo‘shimcha ish haqi, ustamalar, tarif 
bo‘yicha va tarifdan tashqari to‘lovlar); 

davlat va huquqiy tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladigan ijtimoiy 
mazmundagi xizmatlar haqida ma’lumotlar (qonunlarga, ta’rif me’yorlariga muvofiq, 
ixtiyoriy ravishda ijtimoiy ehtiyojlarga ajratiladigan xarajatlar). 
Anketalar korxona maqsadlari bilan bir qatorda kadrlarni rejalashtirishga ham 
xizmat qiladigan mazmunda tuzish kerak. Xodimga bo‘lgan ehtiyoj va kadrlarni 
rejalashtirish jarayonining boshlang‘ich bosqichi xisoblanadi va mavjud ish o‘rinlari 
hamda rejalashtirilgan ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga, tashkiliy - texnik 
tadbirlar o‘tkazishga, shtat jadvali, bo‘sh o‘rinlar rejasiga asoslanadi. Har bir aniq 
holatda xodimga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda tegishli bo‘lim rahbarlarining ishtirok 
etishi tavsiya etiladi. 
 
 
 
 
 
1-rasm. Ko‘nikishning ikki yo‘nalishi 

Download 6.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling