O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti


To‘sinsimon fermalar, segment shaklidagi, ko‘pburchakli brussimon


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/44
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1780930
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44
Bog'liq
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)

To‘sinsimon fermalar, segment shaklidagi, ko‘pburchakli brussimon 
fermalar. Loyihalash va hisoblash 
Uchburchakli fermalar asosan quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi. 
10.1-rasm. 
Panjara 
sterjenlari 
cho‘zilishga 
(a) 
siqilishga 
(b) ishlovchi fermalar 
Bu turdagi fermalar asosan ustki belbog‘ining qiyaligi katta bo‘lgan 
asbestsement varaqlar va cherepetsa elementlar bilan yopilgan imoratlarni 
yopishda keng qo‘lanilanadi. Ustki belbog‘lari 4 yoki 6 ta to‘g‘ri chiziqli 
elementlardan tayyorlanib, pastki belbog‘lar uchun juft profilli metall 
elementlardan foydalaniladi. 
Birinchi turdagi (a) fermaning ustunlari cho‘zilishiga ishlaganligi sababli bir 
qavat metall tolalardan tayyorlansa, ikkinchisida (b) esa yog‘och elementlardan 
tayyorlanadi. Kesim yuzalari esa ta’sir qilayotgan yuklarga mos ravishda hisoblash 
asosida aniqlanadi. 
Segment shaklidagi metall yog‘och fermalar rulonli tom yopmali imoratlarda 
keng qo‘llaniladi va panjaralari ko‘p hollarda uch burchakli ko‘rinishda bo‘ladi. Bu 
turdagi fermalar yuklarning ustki belbog‘da taqsimlanishiga qarab eng samarador 
ferma hisoblanadi. 
10.2-rasm. Segment shaklidagi yog‘och-metall fermalar. 
Ustki belbog‘lari 4 ta bir xil uzunlikdagi elimlangan egri chiziqli elementlardan 
tayyorlanadi. Egri chiziqli ustki belbog‘lar uchun qalinligi 33 mm gacha bo‘lgan 
taxtalardan foydalaniladi. CHunki, bunday kalinlikdagi materiallardan foydalanish 
ularni egishni osonlashtiradi. Bu esa element kesim yuzalarida ichki 
kuchlanishlarni kamaytirish imkonini beradi. YUqorida qayd qilinganidek, pastki 
belbog‘lari juft burchak profillardan tayyorlanadi. 
Ferma ustki belbog‘ining egri chiziqliligi sababli ularning kesim yuzalarida 
o‘zgaruvchan ishorali eguvchi moment paydo bo‘ladi. Bu holat kesim yuzalari 
o‘lchamlarining kamayishiga va shu asosda material sarfini kamaytirish imkonini 
beradi. 



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling