O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti


Plastmassalar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar. Issiqlik


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/44
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1780930
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)

Plastmassalar tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar. Issiqlik 
ta’sirda o‘zgaruvchan va o‘zgarmas plastmassalar. 
Plastmassalarning tarkibi quyidagi asosiy moddalardan iboratdir. 
1. Asosiy modda - sentetik smollalar; 
2. To‘ldiruvchilar; 
3. Buyoqlar; 
4. G‘ovaklik va ko‘pik beruvchi moddalar. 
Smolalar 2 xil bo‘lib issiqlik ta’sirida o‘zgaruvchan (termaplastik) va issiqlik 
ta’sirida o‘zgarmas (termoreaktiv) deb ataladi. 
Termoplastik smolalar - har xil turdagi plyonkalar (polietelen va hakoza),
varaqli materiallar (organik shisha, viniplast, serg‘ovak plastiklar) va ularni 
biriktirish uchun elimlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 
Smolalar quyidagicha bo‘ladi. 
1. Polietilenli. 
2. Polivinilxloridli. 
3. Polistirolli. 
4. Polivinilxloridli va boshqalar
.
Termoreaktiv smolalar esa faqat bir marta qotadigan plastmassalar tayyorlashda 
keng qo‘llaniladi. Bu turdagi smolalarga qo‘yidagilar kiradi. 
1. Fenolformaldegidli. 


2. Poliefirli. 
3. Epoksid. 
4. Mochevino-formal’degidli va boshqalar. 
Bu keltirilgan smolalar fanera, shisha plastiklar, g‘ovak yoki serg‘avak 
plastiklar, elimlar va yog‘och plastiklar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 
Plastmassalar tayyorlashda asosiy elementlardan tashqari qotiruvchilar, qotishini 
tezlashtiruvchi moddalar, katalizatorlar, plastikligini oshiruvchi moddalar va 
ingibatorlar qo‘shiladi. 
Plastmassalarni mexanik va texnologik xossalarini, ya’ni, issiqqa chidamliligini, 
tannarxini kamaytirish uchun to‘ldiruvchilar qo‘shiladi. To‘ldiruvchilar sifatida 
shisha tolalar, yog‘och uni, sement, asbestsement tolalari, paxta va shisha tolali 
gazlamalardan keng foydalaniladi. Buyoqlar esa ularga kerakli rang berish uchun 
qo‘llaniladi. G‘ovaklik beruvchi qo‘shimchalar esa havo bilan g‘ovaklashtirilgan 
penoplastlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Ba’zi plastmassalarning tashqi 
qavatlari alyuminiy, asbestsement, himoya qavatli po‘latlar bilan qoplanadi. 
Konstruksiyalar tayyorlanadigan plastmassalarga shisha plastiklar, g‘ovak 
plastmassalar, organik shisha, viniplast, havo o‘tkazmaydigan gazlamalar kiradi. 

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling