O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarkand davlat arxitektura qurilish instituti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
e965340bd423b40b0fc05f0a99a9c49f Yog’och va plastmassa konstruksiyalari (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirrali yog‘och materiallari
Doirasimon qurilish materiali - ikkala chekkasi tekis arralangan, butog‘laridan
tozalangan yog‘ochdir. Ular standart 4,0; 4,5; 5,0; 5,5; 6,0 va 6,5 m uzunliklarga ega va bu turdagi yog‘och materiallari kesik konus shaklida bo‘ladi. Ular diametrining uzunligi bo‘yicha kamayishi kichrayish deb ataladi. Kichrayish o‘rtacha 1 m da 0,8 sm ni tashkil qiladi.Doirasimon ko‘ndalang kesimli yog‘ochning diametri kichik diametri bo‘yicha aniqlanadi. Uning o‘rtacha diametri 14 sm dan 26 sm gacha oraliqlarda bo‘ladi va ayrim hollarda undan katta ham bo‘lishi mumkin. Diametrlarni o‘zgarish gradatsiyasi 2 sm ni tashkil qiladi. Uning o‘rtacha diametrini quyidagi ifoda orqali aniqlash mumkin: d o‘r d 0,5 l (1.1) Diametri 13 sm dan kichik bo‘lgan yog‘ochlar vaqtinchalik inshootlar qurilishida ishlatiladi. Qirrali yog‘och materiallari - arralangan yog‘och materiallari yog‘ochni tilish ramalarida yoki aylanma tilish stanoklarida yog‘ochni bo‘ylamasi bo‘ylab arralash natijasida hosil qilinadi. Ular standart 0,25 m gradatsiya bilan 1 m dan 6,5 m gacha bo‘lgan o‘lchamlarda bo‘ladi. YUk ko‘taruvchi konstruksiyalar uchun yog‘och taxtaning kengligi 60 mm dan 250 mm gacha, qalinligi 11 mm dan 100 mm gacha bo‘ladi. Bruscha -qalinligi 50mm dan 100 mm gacha, kengligi 100 mm dan 175 mm gacha bo‘ladi. Brus - qalinligi va kengligi 125 mm dan 250 mm gacha bo‘ladi. YOg‘ochning tuzilishi, butoqlari va sifati uning kelib chiqishi bilan aniqlanadi. Daraxt sifatida kelib chiqishi va o‘sishi natijasida yog‘och trubasimon qatlam -tolali tuzilishga ega bo‘ladi. YOg‘och qurilish materialining sifati, asosan yog‘ochning bir jinslilik darajasi bilan aniqlanadi. Bir jinsli bo‘lmagan tuzilishi yog‘ochni o‘sishi jarayonida, yog‘och materiallarini omborda saqlash jarayonida, quritish, qayta ishlash va ishlatish jarayonida vujudga keladi. YOg‘ochning sifatini buzadigan, bir jinsliligini o‘zgartiradigan omil - bu butog‘lardir. Butog‘lar yon shoxlari natijasida vujudga keladi. Konstruksiyaviy yog‘och materiallarining sifati, toifalari bilan belgilanadi. YOg‘och materiali uchta toifalarga bo‘linadi .Birinchi toifa yog‘och materialida 20sm uzunlikda butog‘lar diametrlari yig‘indisi d (1 4)b dan kichik bo‘lishi va 1 metr masofadagi tolalar yo‘nalishi qiyaligi 7% ga teng, yoki kichik bo‘lishi kerak (7 i). O‘rtacha mustahkamlikka ega bo‘lgan ikkinchi toifa yog‘och materiallarida uzunligi bo‘yicha 20 sm dagi butog‘lar diametrlari yig‘indisi d (1 3) b dan kichik bo‘lishi va 1 metr masofadagi tolalar yo‘nalishi qiyaligi 10% ga teng yoki kichik bo‘lishi kerak (10 i, bu erda: i-nishablik). Uchinchi toifa yog‘och materiallarida esa, d (1 2) b dan kichik bo‘lishi va tolalar qiyaligi 12% dan katta bo‘lmasligi kerak. Birinchi toifa yog‘och materiallari eng asosiy yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni tayyorlashda, ko‘proq cho‘zilishga ishlovchi elementlarda, ikkinchi toifa yog‘och materiallari - boshqa o‘rtacha kuchlangan yuk ko‘taruvchi konstruksiya elementlarida, uchinchi toifa yog‘och materiallari esa kam kuchlangan to‘shama va qoplamalarda ishlatiladi. YOg‘ochning xossalari asosan uning tuzilishi bo‘yicha aniqlanadi. YOg‘och, xususiy og‘irligi bo‘yicha engil konstruksiyaviy materiallar sinfiga kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling