O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Download 1.81 Mb.
bet66/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

11.2. Turistik talabni istiqbollash

Kelajakni istiqbollash korxona yoki firma oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifalardan biridir. Har qanday jarayonni, shu jumladan, turistik mahsulotga bo‘lgan talabni istiqbollashda uning o‘sishi yoki pasayishiga ta’sir etuvchi omillarni sinchiklab o‘rganish va bularning noaniqlik darajasini pasaytirish muhim hisoblanadi.


Talabni istiqbollash — berilgan sharoitlarda haridorlarning ma’lum yurish-turishi to‘g‘risidagi takliflar asosida bo‘lajak talabni baholash. Talabni istiqbollash haridorlar istaklari, ma’lum hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi savdo xodimlari (diler, distribyutor, yetkazib beruvchilar, marketing bo‘yicha maslahatchilar)ning axborotlarini olish, taxminiy marketing qismi bo‘lgan bozorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri testlash, vaqt qatorlarning tahlili, talabni statistik tahlil tadqiqotlarni o‘tkazish asosida amalga oshiriladi.
Umumiy bozor talabi marketing tashqi muhiti ma’lum sharoitlarida tarmoq korxonalarning marketing majmuasi unsurlaridan foydalanishning ma’lum darajasi ro‘y berganda, ma’lum davr ichida, ma’lum jug‘rofik hududda, haridorlarning ma’lum guruhi tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning butun hajmi. U quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:


Q= P·q·p,

bu yerda, P — berilgan yildagi haridorlar soni; q — haridorlarning bir yil ichida o‘rtacha soni; r — haridning o‘rtacha narxi.


Firma xizmatiga bo‘lgan talab, bu — xizmatlarning asosiy bozorida firma tomonidan ushlab turgan va bozorning ulushiga mutanosib bo‘lgan talabning qismi. U quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Qi= Si·Q,
bu yerda, Qi—i firmaning xizmatlariga bo‘lgan talab; Q — xizmatlarga bo‘lgan yalpi talab; Si — firma xizmatlari bo‘yicha bozor ulushi.
Talabni istiqbollash ikki xil bo‘ladi: 1. Qisqa muddatli. 2. Uzoq muddatli.
Qisqa muddatli istiqbollash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

  • butun salohiyatni qamrab olish;

  • salohiyat qismini qamrab olish;

  • tarmoq savdo qismini qamrab olish;

  • bozor ulushini qamrab olish.

Uzoq muddatli istiqbollash yo‘nalishlariga quyidagilar kiradi:



  • muhitni istiqbollash;

  • tarmoqni istiqbollash;

  • korxona (firma) mutaxassisligi bo‘yicha istiqbollash — mutanosib marketing muhitida marketing rejasi asosida kutiladigan talab hajmi.

Bu ishni amalga oshirayotgan davrda marketolog, birinchi navbatda, ko‘rsatiladigan xizmatlarning nafligini aniqlashi kerak:
1. Asosiy naflik — iste’molchi xizmatdan nima kutmoqda, Masalan, mehmonxonada uxlash — «Tinchlik va uyqu».
2. Xizmat o‘ylaganday bo‘ldimi? U qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerak? Masalan, mehmonxonada qabullar zali va mehmonlar uchun xonalar bo‘lishi kerak.
3. Kutilayotgan xizmat — iste’molchiga taklif etilayotgan xizmatlarning xossalari, sifati. Masalan, toza choyshab, toza yuvinish xonasi va h.k.
4. Ko‘rgazmali xizmatlar — taklif etilgan, raqib xizmatlardan farq qiladigan xizmatlar majmuasi, xossalari (Masalan, xonalarda televizor o‘rnatish va gullar qo‘yish, yuvinish xonasida shampun va atir sovunlar, rasmiylashtirishning tezligi, mazali ovqatlarga boy bo‘lgan restoran va h.k.).
5. Salohiyatli xizmat — kelajakda bo‘ladigan iste’molchini yanada qoniqtiradigan xizmatlar. Masalan, stolga qo‘yilgan mevalar, videomagnitofon (kassetalari bilan), dividipleyerlar (disklar bilan) va h.k.
Turistik talabni istiqbollash jarayoni o‘ziga xos tartibda olib boriladi. Birinchidan, kelajakda olinadigan daromadlar miqdorini aniqlash uchun xizmatlar hajmini belgilash kerak. Bunda so‘nggi yillarda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmidan foydalanib (yangi firma bu tahlilni bajarmaydi), quyidagi savollarga javob beriladi:
1. Ko‘rsatiladigan xizmat bozori kengayadimi (torayadimi), nima uchun?
2. Xizmatlar hajmi ma’lum bozor (segment)dagi umumiy sotish hajmlarga nisbatan tez (sekin) o‘sadimi?
3. So‘nggi 3—5 yil ichida xizmatlarni sotish hajmlarning o‘rtacha o‘sish darajasi qanday bo‘lgan?
4. Kelgusi yilda xizmatning sotish hajmi qancha foizga o‘sadi yoki kamayadi?
5. Bir yilgi ma’lumotlardan foydalanib, 3—5 yilga aniqlangan bo‘lajak hajmlar istiqbolini ko‘rsatib berish (11.1-jadval) kerak.

Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling