O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi


Download 1.81 Mb.
bet64/84
Sana09.01.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1085318
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84
Bog'liq
6 Turizm marketingi (u.q.)

Tayanch iboralar: Turistik korxona, marketing xizmati,prezident, savdo xodimlari, sotish bo‘limining rahbari, boshqa marketing vazifalari, yollanma xodimlar, yordamchi marketing, marketing bo‘yicha direktor, marketing bo‘limi rahbari, savdo rahbari, sotish, ilgariga siljitish, axborotni tayyorlash, samarali marketing kompaniyasi, jarayonlar va natijalar, marketologlar, firma bozor strategiyasi, marketing tamoyillari, tovar reklamasi, sotishni rag‘batlantiish.


Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:



  1. Marketingning firma ichidagi asosiy bosqichlarni ko‘rsatib bering. Ularning qisqa taqqoslanadigan tavsifini bering.

  2. Turistik korxonasida marketing faoliyatining tashkiliy tuzilishi nimadan iborat?

  3. Turfirma marketing xizmatining asosiy vazifalarni va masalalarni aytib bering.

  4. Turistik korxonada marketing bo‘limi tashkiliy tuzilishining asosiy turlarini tavsiflab bering.

  5. Servis va turizm sohasidagi korxonalar marketing bo‘limi tashkiliy tuzilishlarning kuchli va zaif tomonlarini sanab bering.

  6. Turistik korxonasining marketing tuzilishini tashkil etishda qanday tamoyillarga bo‘ysinishi kerak?

Mavzu 11. Turistik biznesni tashkil etish
Reja:
11.1. Turizmda biznes-rejasi
11.2. Turistik talabni istiqbollash
11.3. Turizmda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish


11.1. Turizmda biznes-rejasi

Bozor iqtisodiyotida biznes-reja tadbirkorlikning barcha sohalarida qo‘llaniladigan go‘yo bir ish asbobidir. U firmaning ish jarayonini tasvirlab, firma rahbarlarining o‘z maqsadlariga qay tariqa erishishlarini, birinchi galda ish daromaddorligini qay tariqa oshirish mumkinligini ko‘rsatib beradi. Yaxshi ishlab chiqilgan biznes-reja firmaga o‘sib borishga, bozorda yangi mavqelarni qo‘lga kiritishga, o‘z taraqqiyotining istiqbollarini belgilab olishga, yangi xizmat turlarini yaratishga hamda mo‘ljallarni amalga oshirishning maqsadga muvofiq usullarini tanlab olishga yordam beradi.


Biznes-reja doimiy hujjat bo‘lib, muntazam ravishda yangilab boriladi, unga ham firma ichida, ham umuman iqtisodiyotdagi sharoitlarga qarab ro‘y bergan o‘zgarishlar kiritiladi.
Biznes-reja firmaning muayyan bozordagi faoliyatning aniq yo‘nalishini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladigan marketing tadqiqotlar va tashkiliy ishning natijasi bo‘lgani munosabati bilan u quyidagilarga asoslanadi:
ma’lum xizmatlar ko‘rsatishning aniq loyihasiga — yangi xil xizmatlar ko‘rsatishga;
firmaning zaif va kuchli tomonlarini aniqlab, o‘ziga xos xususiyatlarini va o‘ziga o‘xshash boshqa firmalardan farqlarini aniqlab olish maqsadida har tomonlama o‘tkaziladigan ishlab chiqarish-xo‘jalik va tijorat tahliliga;
aniq vazifalarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladigan moliyaviy, texnik-iqtisodiy va tashkiliy mexanizmlarga.
Biznes-reja firmaning rivojlanish strategiyasini belgilab beradigan asosiy hujjatlardan biridir. Strategiyani amalga oshirish texnik, tashkiliy va iqtisodiy o‘zgarishlarning ma’lum vaqtgacha o‘zaro mahkam boQlanngan butun bir tizim sifatida tuzilgan keng investitsiya dasturlariga asoslanadi.
Firmaning strategik ishida quyidagi tartib ko‘zga tashlanadi.
I bosqichi. Rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqish.
II bosqichi. Rivojlanishning investitsion dasturi.
III bosqichi. O‘rtacha muddatli davrga biznes-reja tuzish.
IV bosqichi. Biznes-rejani amalga oshirishga doir chora-tadbirlar.
Biznes-reja bir qancha vazifalarni hal qilishga imkon beradi, lekin bularning asosiylari quyidagilardir:

  • firma taraqqiyoti (strategiyasi, konsepsiyalari, loyihalari) yo‘nalishlarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash;

  • tanlab olingan strategiyani amalga oshirish uchun kerakli mablag‘lar manbaini, ya’ni moliyaviy resurslarni jamlash usullarini belgilash;

  • faoliyatning kutilayotgan moliyaviy natijalarni, birinchi galda, sotuv hajmlarini, sarmoyadan olinadigan daromadlar, foydani hisoblab ko‘rish;

  • mazkur rejani amalga oshirish oladigan xodimlarni (jamoani) tanlab olish.

Rejaning har bir bandini boshqa bandlar bilan mahkam bog‘langan holda olib yechish mumkin, xolos. Biznes-rejaning asosiy markazi moliyaviy resurslarini jamlashdir. Kompaniya sarmoyasini ko‘paytirib borishning muhim vositasi ayni shu biznes-rejadir. Bu rejani tuzish jarayoni boshlangan ishning hamma tavsiflotlarini sinchiklab tahlil qilib chiqishga imkon beradi. Biznes-reja bo‘lg‘usi sheriklar bilan muzokaralar olib borilayotganda biznes-taklifi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, u firmaning asosiy xodimlarini taklif etishda katta rol o‘ynaydi.
Quyida samarali strategiyani tanlab olish va loyihani mablag‘ bilan ta’minlovchi manbalarni jalb etish uchun kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lgan biznes-rejani tayyorlashga yordam beradigan o‘ziga xos bir namuna keltiriladi.




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling