2.Marketing tamoyillarini amalga oshirish
|
2.1. Firma menejment tizimining tarkibini va mazmunini
muvofiqlashtirish
2.2. Firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish tarkibini
loyihalashtirishda ishtirok etish
2.3. Firma mavqeini va lavozim ko‘rsatmalarni yaratishda
ishtirok etish
2.4. Firma tomonidan ishlab chiqariladigan va olinadigan
barcha me’yoriy, uslubiy va texnikaviy hujjatlari
ustidan kirish marketing nazorati (marketing
tamoyillariga rioya qilish ma’nosida)
2.5. «…….. davrida firma faoliyatida marketing
tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar
rejasi» ni firma rahbariyati tomonidan ishlab chiqish,
muvofiqlashtirish va tasdiqlash
2.6. Firmaning xalqaro faoliyati tahlilida ishtirok etish
2.7. Yangi tovarlarni narhini prognozi
2.8. Kontrakt va shartnomalarni muvofiqlashtirish
2.9. Tovarlar sotishni tashkil etishda ishtirok etish
2.10.Tovarlar hayotiy sikli bosqichlari bo‘yicha teskari
aloqalar tizimini o‘rnatish
|
3.Tovar
reklamasi
va sotishni
rag‘batlantiish
|
3.1. Reklama maqsadlarini aniqlash
3.2. Reklama usullari, qoidalari va vositalarni aniqlash
3.3. Reklama agentliklari va xizmatlar ishini tashkil
etish
3.4. Tovarlarni sotish va foyda o‘sishni rag‘batlantirishni
tashkil etish
|
4. Marketing
tadqiqotlarni ta’minlash
|
4.1. Firma marketing xizmati tarkibini yaratish
va takomilllashtirish
4.2. Marketing tadqiqotlarining me’yoriy bazasini yaratish
va axborot bilan ta’minlash
4.3. Tadqiqotlarni kadrlar bilan ta’minlash
4.4. Texnikaviy vositalar bilan ta’minlash
4.5. Firma marketing xizmatini ichki va tashqi aloqalar
bilan ta’minlash
|
Marketing bo‘limlarni tashkil etish shakllari haddan ko‘p. Turistik korxona faoliyatining tavsifi va miqyosga ko‘ra marketingli har xil tashkil qilishi mumkin. Bu yerda har tomonlama model yo‘q. Har qanday vaziyatda korxona rahbari marketing xizmati oldida qo‘yiladigan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, korxonaning tashkiliy tuzilishida uning o‘rnini belgilaydi.
Turistik korxonada marketing bo‘limi tashkiliy tuzilishining qo‘yidagi asosiy variantlari bo‘lishi mumkin:
1. Marketing xizmatining vazifasining tashkil etilishi har bitta vazifani bajarish uchun ma’suliyat aniq shaxsga yoki shaxslar guruhiga topshirilishini ko‘zlaydi. (10.7. rasm). Bu tuzilish tovarlar va bozorlar miqdori kam bo‘lgan holatda maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Servis va turizm sohasi korxonalarida bu marketing faoliyatini tashkil etishning eng ko‘p tarqalgan shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |