O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim
Davlat vasiyligida bo’lgan bolalarning qondosh ota-onalari
Download 1.5 Mb.
|
d17a625cbe796037c43bfa13e8e33dd8 IJTIMOIY PEDAGOGIKA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Imkoniyatlari chegaralangan alohida ehtiyojli bolalar
- Tutingan ota-ona qanday yordam berishi mumkin
Davlat vasiyligida bo’lgan bolalarning qondosh ota-onalari
Keyingi paytlarda tutingan tarbiyaning roli o’zgardi. Borgan sari tutingan ota-onalar ko’proq bolaning haqiqiy ota-onalari bilan hamkorlik qilmoqdalar yoki hech bo’lmaganda ular bilan aloqada bo’lmoqdalar. Kiyim, soch turmagi, nutqi, xulqi, pul, ovqat, shirinliklar, parxez, televizor ko’rish, uyqu vaqti muammolariga tegishli nizoli vaziyatlarni hal etish davomida barcha tashvishlar tutingan zimmasiga yuklanishi holatlari uchrab turadi, chunki uning uyida va bolaning qondosh oilasida turli qoidalar qabul qilingan bo’ladi. Bola ota-onasining uyidan jahli chiqib, g’azablanib qaytishi mumkin. Balki u Shu yo’l bilan o’zining dovdirab qolganligi uchun alamini namoyon etayotgandir. Odatda, bolaning bunday xulqi uzoq davom etmaydi, ayniqsa, uni chalg’itadigan biror qiziqarli holatlar bo’lganda, bu holat tezda o’tib ketadi. Bolaning qondosh ota-onasi bilan uchrashishidan avval ular bilan nima uchun uchrashishini, uchraShuv qayerda va qancha davom etishini tuShuntirish maqsadga muvofiqdir. Agar siz bola oila a’zolarining tug’ilgan kunlari va boshqa muhim sanalarni yodingizda tutsangiz yaxshi bo’lar edi. Agar mumkin bo’lsa, bolaning otasi yoki onasini uning tug’ilgan kuniga mehmonga chaqiring yoki bola bilan birga uning qondosh oilasiga oilaviy bayramga boring. Bolaning qondosh oilasida amal qilinadigan bayramlar va odatlar sizga tanish bo’lmasligi mumkin. Iloji boricha ularni bilib oling. Har qanday holatda ham tutingan ota-onalar bolaning qondosh ota-onalarini hurmat qilishi kerak, chunki bola keyinchalik ular bilan yashashga qaytishi ehtimoli katta bo’ladi. Imkoniyatlari chegaralangan alohida ehtiyojli bolalar Bunday bolalarda quyidagicha muammolar bo’lishi mumkin: salomatlikning umumiy holatida; ta’lim olishida; harakatlanishida; hissiyotlari bilan bog’liq; ijtimoiy moslaShuvi; ijtimoiylashuvi xususiyatlari; muloqotida. Har qanday holatda ham tutingan ota-ona bolaning muammolari, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, ularni oldini olish va bartaraf etish usullari to’g’risida turli xil manbalardan iloji boricha ko’proq ma’lumotlar to’plab, bilib olishi kerak. U: ijtimoiy xodim bilan; tutingan opa-singillar; qondosh ota-onalar; psixolog mutaxassis; agar bolaning ta’lim olishida muammolari bo’lsa defektolog bilan; nevropatolog bilan; mutaxassis-shifokor bilan (masalan, agar bolada diabet bo’lsa), albatta, suhbatlashib kerakli maslahatlar olishi kerak. Ko’pincha alohida ehtiyojli bolaning salomatligi holati sababli ota-onalari uni uy sharoitlarida boqa olmasliklari (tarbiyalay olmasligi) oqibatida u davlat vasiyligiga tushib qoladi. Ba’zan bola xulqidagi buzilishlar frustratsiya holatidan guvohlik beradi yoki mavjud vaziyatda bu o’ziga e’tibor qaratishi mumkin bo’lgan yagona usul hisoblanadi. Tutingan ota-ona qanday yordam berishi mumkin? Tutingan ota-ona: bolaning alohida ehtiyojlari to’g’risida iloji boricha ko’proq axborot olishi; bolaga ijobiy, Shu bilan bir vaqtda, mumkin bo’lgan talablar qo’yishi; bolaga u qodir bo’lgan yaxshi tomonlarini ko’rsatishi; bolani maqtashi va ruhlantirishi; bolaning har xil faoliyat turlaridagi ishtirokini rag’batlantirishi; o’yinlarni o’rganishida yordam berishi; atrofidagilar bilan muloqotida yordam berishi; mustaqil bo’lishida yordam berishi; u bilan boshqa bolalarga bo’lgani kabi munosabatda bo’lishi; u bilan gaplashish va bahslashishi, tuShunmaganlarini unga tuShuntirib berishi; bola uchun mumkin bo’lgan narsalarning aniq chegaralarini belgilashi, alohida ehtiyojli bolalar ko’pincha bunga muhtoj bo’ladilar; sabr-toqatni namoyon qilishi; ijtimoiy malakalarni o’zlashtirish, masalan, to’g’ri ovqatlanish, ichish, hojatxonadan to’g’ri foydalanishni o’rgatishi mumkin. Alohida ehtiyojli bolalarning ko’pincha uyqulari buzilgan bo’ladi, Shuning uchun kun davomida ular faol bo’lishlari, jismoniy va intellektual harakatga tortilishlari va kechga borib charchoqni xis etishlari kerak. Misol uchun, bola dasturxon yozishda sizga yordam berishi, tokchadan buyumlarni olib berishda, do’kondan xarid qilgan mahsulotlarni joylashda yordam berishi mumkin. Uni bekorchi bo’lishiga yo’l qo’ymang. Agarda bolaga uyda maxsus moslama kerak bo’lsa, tutingan ota-ona ijtimoiy xizmatlar vakillarining ularni darhol yetkazib berishlarini va yetarli shart-sharoit bilan ta’minlashlarini talab etishi kerak. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling