O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


Download 0.8 Mb.
bet3/22
Sana11.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1258761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
1.INGLIZ TILIDA SO\'ZLASHUV FRAZEOLOGIYASI

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi. Ushbu tadqiqot ishining mavzusi o’tmishda ham bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelgan. Buning sababi shundaki frazeologiyaning alohida fan sifatida shakllanishi qariyb ikki asrni o‘z ichiga olgan. Tilshunoslik sohasida frazeologiyani alohida o‘rganilishi uchun ilk qadamni shvetsar-fransuz tilshunosi Sharl Balli qo‘ygan bo‘lsa, keyinchalik rus tilshunoslari B.A.Larrin, A.V.Kunin, V.V.Vinogradov, N.N.Amosovalar tomonidan bu sohaga chuqur yondashilgan.
FB lar o‘zlarining semantik, funksional, uslubiy va sintaktik xususiyatlariga ko’ra so‘z birikmalari, sodda va qo‘shma gaplardan ajralib alohida bir turni tashkil qiladi, ya’ni FB larda so‘z, so‘z birikmalari va gapning zid qo‘yilish belgilari ma’lum ma’noda neytrallashib, dialektik birlashadi, yaxlit holatda yuzaga chiqadi. Shuning uchun bugungi kunda rivojlanib kelayotgan sistem tilshunoslikda turli tipdagi so‘z yasash qoliplari, semantik-funksional planda olingan frazeologizmlar orasidagi sistem aloqalarni o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot ishining asosiy dolzarbligi shundaki, bugungi kunda ingliz frazeologiyasida keng tarqalgan so‘zlashuv frazeologizmlarining semantik xususiyatlari, ular orasidagi turli ma’no munosabatlari, ularning nutq momentida qo‘llanilish funksiyalari til foydalanuvchilari uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda. So’zlashuv frazeologizmlarining semantik tahlilini berish va FB larning uslubiy-funksional xususiyatlarini tavsivlash bugungi kun muammolaridan biri sifatida qo‘yilishining sababi tilshunoslikning va til sohasining rivojlanishi, yangi ma’lumotlarning to‘planib muhokama etilishi kutilayotgani, bundan tashqari aynan so’zlashuv nutqida qo‘llanilishi va shu soha yuzasidan olib borilgan ishlarning kamchilikni tashkil qilishidadir.
Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilida so‘zlashuv FB larining semantik-funksional xususiyatlarini o‘rganish va ularni semantik-struktur jihatdan talqin qilishdir.
Ushbu qo‘yilgan maqsad quyidagi vazifalar yechimini taqozo etadi:
1) frazeologiyaning tilshunoslik sohasida o‘rganilish masalalarini ko‘zdan kechirish;
2) ingliz tilida FB larning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflash hamda so‘zlashuv frazeologizmlarining semantik turkumlarga ajratish;
3) FB larning ma’nosini, ularning funksional-uslubiy bo‘yog‘i tarkibini, uslubiy tasniflash mezonlarini aniqlash;
4) ko’p ma’noli so‘zlashuv frazeologizmlarining semantik tarkibi bilan uslubiy bo‘yog‘i o‘rtasidagi munosabatni, omonim, sinonim, antonim FB larning o‘ziga xos semantik-funksional xususiyatlarini tahlil qilish;
5) so‘zlashuv frazeologizmlarining funksiyalari hamda ularning matn tarkibida ifodalanish xususiyatlarini tahlil qilish;

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling