O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


I live to be a hundred I shall never forget that little glimpse you've just given me of yourself. Millie


Download 0.8 Mb.
bet18/22
Sana11.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1258761
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1.INGLIZ TILIDA SO\'ZLASHUV FRAZEOLOGIYASI

Frank: If I live to be a hundred I shall never forget that little glimpse you've just given me of yourself.
Millie: Frank, you're making a frightening mountain out of an absurd little molehill.
Frank: Of course but the mountain I'm making in my imagination is so frightening that I'd rather try to forget both it and the repulsive little molehill that gave it birth (M. Twain “Life on the Misissippi”ch.XXII, p.260)

Bu yerda “make a mountain out of a molehill “iborasi tarkibiga frightening , absurd, little sifatlari qo ‘shilmoqda va matnda yumoristik holatni ochishga yordam bermoqda.


Tilshunos olimlar L.K. Bayramova va E.F.Arsenteva ushbu ishni davom ettirib, qardosh bo’lgan va qardosh bo‘lmagan tillarda FB larning okkazional qo‘llanilishi asosida chuqurroq izlanishlar olib borishgan. Ingliz va rus tillari asosida olib borilgan E. F. Arsentevaning “Фразеология и фразеография в сопоставительном аспекте” deb nomlangan monografiyasining nashrdan chiqishi ushbu sohadagi yirik qadamlardan biri bo‘lgan. Uning ta’kidlashicha, FB larning matn tarkibida ifodalanishini o‘rganishda quyidagi transformatsion o‘zgarishlar muhim ahamiyat kasb etad i[13;25]:
1) leksik komponet yoki komponentlarni o ‘zgartirilishi;
2) tarkibiga ma’lum bir so’z yoki so’zlar kiritilishi;
3) komponentlar tartibini o’zgartirilishi;
4) ma’lum bir so’zlarning sinonimlariga almashtirilishi;
5) Elipsis . Frazeologik alluziya;
6) Frazeologik takror;
L.K. Bayramova bo‘lsa frazeologizmlarning okkazional o‘zgarishlarini quyidagicha tasniflagan [20;31]:
1) inversiya
2) substitutsiya
3) tarkibiga ma’lum bir so’z yoki so’zlar kiritilishi
4) ellipsis
5) to‘rt xil usulda olib boriladigan kontominatsiya
6) alluziya
FBlarning matn tarkibidagiokkazional o’zgarishlarini struktur o‘zgarishlar hamda semantic o‘zgarishlar kabi ikki turga bo‘lish mumkin. FB lar ma’lum bir matn tarkibida qo‘llanilayotganda quyidagi struktur o’zgarishlarga uchrashi mumkin [42;13]

  • komponent tarkibning kengayishi;

  • komponent tarkibning torayishi yoki ellipsis hodisasi;

  • komponentlar tarkibga o’zgartirishlar kirilishi yoki substitutsiya hodisasi;

  • deformatsiya yoki FB shaklini butunlay o‘zgartirilishi;

Semantik o ‘zgartirishlarga tilshunos quyidaglarni kiritgan:

  • frazeologik so‘z o‘yini;

  • ichki formaning eksplikatsiyasi;

Frazeologizmlardan badiiy talqinda foydalanishda eng tarqalgan ommabop usullardan yana biri FB tarkibini sinonim so’zlar bilan almashtirilishidir. Bunday hollarda ba’zida ushbu so‘z FB tarkibiga moslashib qolishi va yangi FB hosil bo‘lishi ham mumkin.
Masalan: It is not surprising that this loss of childhood would catch up with her and that at forty something a parent substitute would come along in the guise of a knight in shining sedan, “someone”, she writes “ I couldn’t take of” ()Dickens Charles, Martin Chuzlewit. ch. XV, p.594)
“Sire , do not talk to me small projects,”said the great cham of barque architecture, Gian Lorenzo Bernini, to Louis XIV after the Sun King lured him to paris.(M. Twain “Life on the Misissippi”ch.XXII, p. 26)
Ushbu misollar tarkibida qo‘llanilgan FB lar komponentlari o‘rniga boshqa so‘zlar qo‘llanilgan. Ya’ni “armour”, “literature” so‘zlari o‘rniga “sedan” va “barque architecture“ so‘zlari qo‘llanilgan. Shuningdek ”the knight of the Rueful Countenance” iborasidagi “Rueful” so‘zi “woeful” bilan almashtirilgan. Avtor ma’noni kuchaytirish, qo‘shimcha emotsional bo‘yoq berish, ma’noni ozaytirish maqsadida FB lar tarkibiga turli o ‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
FB lar tarkibiga yangi, boshqa so‘zlar kiritish ham FB lar okkazional o‘zgarishlaridagi eng keng tarqalgan usullardan biridir. Avtorning bunday o‘zgartirish kiritishidan asosiy maqsadi ma’noni kuchaytirish yoki aniqlashtirishdir.
Masalan : “Colman is the prodigal son of noble family” gapida qo‘llanilgan FB “the prodigal son“ tarkibiga kiritilgan “younger“ so‘zi ma’noni oydinlashtirmoqda.(Lawrence D H. Sons and Lovers, part I, p. 38)
FB tarkibiga o‘zgaruvchan yangi komponentning kiritilishi FB lar okkazional o‘zgarishlarining eng qadimiy usullarida biri hisoblanadi. Bunday o‘zgartirishlar XIV asrdayoq G. Choser asarlarida ko‘zga tashlangan. E.V. Rijikova bo‘lsa FB larning aynan shunday transformatsion o‘zgarishlari to‘g‘risida ilmiy ish yoqlagan tilshunoslardan biridir. U o‘z tadqiqoti natijasida aynan substantiv FB lar ko‘pincha aynan shunday o‘zgarishlarga uchrashini ta’kidlab o‘tgan. Tarkibiy o‘zgarishlarga uchrash borasida ikkinchi o‘rinda adyektiv va adverbial FB lar tursa, eng kam hollarda fe’lli FB lar o‘zgarishlarga uchrashini aniqlagan. FB lar tarkibini qo‘shimcha komponentlar hisobiga kengaytirish ham ma’noni kuchaytirish yoki oydinlashtirishga xizmat qiladi [47;59].
Masalan: Mr Utterson’s best friend was a distant cousin called Richard Enfield, who was well- known as fun –loving man about town.
This damsel will reply to any romantic knight in shining armour.
Berilgan misollarda FB boshida yangi komponentalar kiritilmoqda, ya’ni birinchi misolimizda “wel-known”, ikkinchi misolda bo‘lsa “romantic” so‘zi ma’noni oydinlashtirishga xizmat qilmoqda.
Qo‘shimcha komponent sifatida nafaqat sifatlar, balki ravishlar ham kiritilishi mumkin:
Her stomach did an odd flip as her brain registered a new –found awareness of a woman’s absolute power over the seemingly stronger sex.
Keyingi beriladagi misolimizda “company man” frazemasi tarkibiga yangi component “solid” so ‘zining kiritilishi unga ijobiy bo ‘yoq yuklab, FB ma’nosini kuchsizlantirmoqda:
She always led me to belive my father was asolid company man-rose through ranks to become managing director, or so I understood (Dickens Ch. Pickwick Papers, p.86)
FB lar tarkibida qo’shimcha so‘zlar kiritilish nafaqat FB lar boshida balki o‘rtasida, oxirida ham kuzatilishi mumkin. Masalan keying misolimizdagi Peck’s Bad Boy frazemasi dan keyingi so‘z unga qo’shilib ma’noni kuchaytirmoqda.
Masalan:...the book is an earnest effort…. To buttress his reputation as the Peck’s Bad Boy of advertising.(Cronin A.J. The stars look down, p.89)
Ba’zida FB larning matn tarkibida ifodalanishida ma’noni haddan ziyod kuchaytirilishi guvohi bo‘lamiz. Masalan keyingi misolimizni tahlil qilsak, orttirma darajadagi “sweet” sifatining” “sugar dady” frazemasi bilan birga ishlatilish ma’noni g‘alizlashtigan:
Aboard would be, they hoped, the “ Sweetest Sugar Daddy in the world,” as Marshal Chang Tsung-chang is called by one of his English speaking women, Miss Anabelle Cronan. (Bellow S. The adventure of Augie March p.189)
Ma’lumki badiiy talqinda keng tarqalgan qurollardan biri bu-gap yoki FB lar tarkibidagi komponentlarning tushirilib qoldirilishi ya’ni ellipsis hodisasidir. Lekin shuni unutmaslik kerakki ellipsis hodisasi iboraning asosiy, yadroviy ma’nosi saqlangan holda qo’llaniladi. FB lar tarkibidagi komponentlarning qisqartirilishi ellipsis nisbattan kam uchraydigan hodisa bo‘lsa ham ba’zida qo‘llaniladi. Ellipsis hodisasini alohida lingvistik hodisa sifatida ilk marotaba rus tilsunosi O.I. Reunova tahlil qilgan bo‘lib “Ellipsis lingvistik hodisa sifatida “ deb nomlangan monografiyasida, ellipsisning namoyon bo‘lish xususiyatlari, unin nutq moment hamda badiiy talqindagi o‘rni kabi asosiy muammolarni yoritishga harakat qilgan [46;167].
Xorij tilshunosligidan F.Chitra bo‘lsa barcha FB lar ham ellipsis hodisasiga uchray olmasligini ta’kidlagan [59;103]. Mazkur usul so‘zlarni qisqartirish hisobiga fikrni aniq, lo‘nda ifodalash, imkonini beradi. Ba’zida bunday qisqartirishga uchragan FB lar tilda saqlanib, aynan shu formasida ishlatiladigan bo‘lib qoladi. Masalan ingliz maqoli “Curiosity killed the cat” iborasining qisqartma shakli “care killed the cat “ana shunday ellipsis hodisasiga uchragan va keyinchalik tilda qotib qolgan birlik hisoblanadi.
FB larning matn tarkibida ifodalanishida nafaqat uning tarkibiga yangi so‘zlar kiritilishi shuningdek komponentlar tartibi ham o‘zgartirilishi mumkin. Masalan “give and take“ frazemasi quyidagi holda birdaniga ikki xil o‘zgarishga, yangi component kiritilishi hamda komponentlar tarkibining o‘zgartirilishi kabi holatlarga uchragan:

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling