O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat chet tillar instituti


FB larning matn tarkibida ifodalanishi hamda ularning okkazional o‘zgarishlari


Download 0.8 Mb.
bet17/22
Sana11.03.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1258761
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
1.INGLIZ TILIDA SO\'ZLASHUV FRAZEOLOGIYASI

3.2 FB larning matn tarkibida ifodalanishi hamda ularning okkazional o‘zgarishlari
Ingliz tili frazeosistemasi tadqiqotchilari FB funksiyasini o‘rganishga katta ahamiyat beradilar. Bu FB larning tizimli tasnifini tasvirlashni to‘ldirishga qaratilgan. FB ning hamma ma’no turlari bu jihatdan to‘liqlik bilan tahlil qilinmaganligi sababli hali yechimini kutayotgan muammolar bisyor.
Ma’lumki til o‘zi kelib chiqishi va o‘z belgilanishiga qarab ijtimoiy shartlilik hisoblanadi. U kishilik jamiyatida aloqa vositasi bo‘lish bilan birga, birgalikdagi faoliyat jarayonida tilga ehtiyoj natijasida yuzaga kelgan. Shunga asoslanib, aytish mumkinki, tilning vazifasi kishilik jamiyatining faol aloqa vositasidir. Boshqacha aytganda , tilning aloqa funksiyasi bilish funksiyasi bilan bir qatorda asosiy vazifa hisoblanadi. Hozirgi paytgacha til turli planda tahlil qilinganligi hech kimga sir emas. Shu sababli til birliklari va ularning matn tarkibidagi funksiyalari hozirgi zamon tilshunosligida dolzarb masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
FB lar og’zaki nutqda ham yozma nutqda ham, uzual hamda okkazional hollarda qo’llaniladi [35;85]. Ya’ni FB larning uzual ma’nosi uning lug’atda aks etgan ma’nosi bo’lsa, okkazional ma’nosi frazemaning ma’lum bir nutq momentida yoki matnda anglatib kelayotgan ma’nosi hisoblanadi [18; 175]. Ba’zi murakkab semantik tarkibli FB lar uchun ularning tarkibidagi konotativ birliklar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu barcha omillar FB larning kontekst tarkibida ifodalanishini tadqiq etishga asos bo’la oladi.
FB larni okkazional xususiyatlarini birinchilardan bo‘lib, rus tilshunosi A.V.Kunin tadqiq etgan. Dastavval u tilshunoslik sohasiga “uzual qo’llanilish”va “okkazional qo‘llanilish” degan terminlarni kiritgan hamda ingliz tili materiali asosida FB larning matn tarkibidagi okkazional o ‘zgarishlarini tahlil etgan [35;85-90].
FB larning matn (kontekst) tarkibida ifodalanishini tahlil qilishdan oldin matn nimaligi, uning turlari haqida to‘xtalib o‘tsak. Lingvistik nuqtai nazardan tahlil qilganda matn bu alohida komponentlari to‘liq ma’noda qo‘llanilgan, tugallangan fikrni ifodalovchi yozma nutqning bir bo‘lagidir [61; 67]. Kontekst so‘zi lotincha “contexus” bog‘lanish, birikish degan ma’nolarni anglatadi. Ushbu tushunchadan hosil bo’lgan lingvistik terminlar quyidagilardan iborat: lingvistik matn (lingvistik asarning tugal fikr anglatuvchi parchasi) leksik matn (so’z boyligiga oid asarning tugal fikr anglatuvchi parchasi), sintaktik matn ( ma’lum bir so’zning sintaktik strukturada ifodalanishini izohlovchi kontekst) mikromatn (bitta so’z yoki so’z birikmasidan tashkil topadigan kichik matn), makromatn ( keng asarning tugal fikr anglatuvchi parchasi).
Situativ matn – tilshunoslar bunday matn turini ekstralingvistik matn deb ham ataydilar. Bunday matn fikr mansub bo’lgan ahvol, vaqt va joy, haqiqatga asoslangan omillar, til birliklarini to‘g’ri sharhlash imkonini beradigan bilimlar majmuidan iborat, tugal fikr anglatuvchi parcha hisoblanadi. Bundan tashqari aniq va noaniq matn turlari ham farqlanadi. Aniq matnda odatda komponentlari bevosita qo’llanilgan matn turlari kiritilsa, majhul matn turida ba’zi komponentlari ochiq ko‘rsatilmagan, lekin matn ma’nosini ochish uchun zarur bo‘lgan qismlar mavjud bo’lgan parchalar kiritiladi [61;70].
Yuqorida tahlil etganimiz, har qanday matn tarkibida FB lar ishtirok etishi mumkin. Ammo FB larning ma’lum bir matn tarkibida ifodalanishi ham o’ziga xos uslubda olib boriladi. Umuman tahlil qilganda FB larning ikki xil usulda matnda ifodalanishi guvohi bo‘lamiz: uzual shaklda ifodalanishi va okkazional shaklda ifodalanishi. Ko‘p hollarda FB lar matn tarkibida o‘zining boshlang’ich o‘zgarmagan ma’nosi bilan ishtirok etadi, ya’ni uzual holatda ifodalanadi.
FB larning okkazional o‘zgarishlari frazeologizmlar, shu jumladan maqollarning lingvistik tabiatni oldindan belgilab qo’ygan. FB larning uzual va okkazional qo’llanilishiga asosan tilshunos olimlar frazemalarning to ‘rtuslubda ifodalanishini farqlaydilar [35;243-248]:
1. Birinchi darajali uzual ifodalanish. Bunda FB o‘zining lug‘aviy, stilistik bo‘yog‘ini, an’anaviy komponent tarkibini saqlagan holda matn tarkibida ifodalanadi [35; 244].
Masalan: ”a fat lot” so’zlashuv kinoyaviy frazemasi “ yetib ortadi”, oshib toshib yotibdi” degan ma’nolarni anglatadi va quyida aynan shu ma’noda qo‘llanilgan:
"A fat lot you must have loved me!" she exclaimed (Maugham W.S. The Razors Edge.p.125).
go to one's long rest”iborasi bo ‘lsa adabiy birlik bo‘lib “boqiy dunyoga ravona bo‘lmoq”, “hayotdan ko‘z yummoq“ degan ma’noni anglatadi va u keyingi misolimizda aynan shu ma’noda aks ettirilgan.
One more old Forsyte going to his long rest. Won­derful how he had held out (Galthworthy J. Indian Summer of a Forsyte, p.201)
2. Ikkinchi darajali uzual ifodalanish. Bunday hollarda frazema o‘zining uslubiy boyog‘ini saqlagan holda, biroz kuchaytirma darajada qo‘llaniladi. Ma’noni kuchaytirish FB tarkbiga o‘zgartirish kiritish yoki ikki (yo undan ortiq) frazeologizmni birlashtirib ifodalash hisobiga amalga oshiriladi.
Masalan ikki fazeologik birlik, (as) good as gold va (as) true as steel birliklrining birga qo’llanilishi fikrimiz dalili bo‘la oladi:
"Не was but a poor man himself," said Peggotty, "but as good as gold and as true as steel" (Ch. Dickens, “Pickwick Papers”. Ch XXI, p.376)
3. Birinchi darajali okkazional ifodalanish. FB larning bunday tipli ifodalanish bir necha stilistik o‘zgarishlar (komponentlar o’zgartirilishi, so’z qo’shish, tushirilib qoldirish, ellipsis) asosida amalga oshiriladi. Bu usul bilan nafaqat ekspressivlikni oshirish, balki FB ni umuman boshqa stilistik ma’noda qo‘llash ham mumkin:
"One manages to earn one's bread and butter... and a little piece of cake" (Ch. Kingsley, ”The Water- Babies”, ch. III, p.68)

Berilgan misoldagi “bread and butter “ birligiga qo‘shilagan “a little piece of cake” so‘z birikmasi gapga yumoristik bo‘yoq yuklagan.


Ba’zida FB tarkibidagi komponentlarini antonimik so‘zlar bilan almashtirilishi kuchli ijobiy hamda salbiy emotsional holatlarni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Masalan, “hate smb.’s guts-biron kimni o ‘lgudek yomon ko ‘rmoq frazemasidagi “hate” antonimik juftligi “love “bilan almashtirilishi ham mumkin:
I hate the ground she walks on, and she hates me!” (Gardener E.S. Some women won’t wait, ch.XV, p.496).
4. Ikkinchi darajali okkazional ifodalanish. FB larning bunday ifodalanashi murakkab tarkibli stilistik o’zgarishlar yoxud konvergensiyani taqqozo etadi. Murakkab tarkibli stilistik usullardan foydalanilganda konvergensiyadan farqli ravishda yetakchi so‘z ajratiladi. Masalan ,“hell is paved with good intentions” birligi J. Lindsay asarida boshqacha ifodalangan. Ushbu iboradagi ta’sirchanlik “with good intention “ birikmasini “resolution” so‘zi bilan keyingi gapda esa “resolution” so‘zining “them “ olmoshi bilan almashtirilishi asosida oshirilgan [35; 245] .
“Resolutions are all very well” said Phyl, with a touch of primness. “Hell's paved with them” (J. Lindsay).
Shuning dek bir necha usullarning bir matnda qo ‘llanilishi ham FB ta’sirchanligini oshirish unga qo ‘shimcha emotsional bo ‘yoq yuklash imkonni beradi. Masalan keyingi misolda so’z qoshish, inversiya va deformatsiyani kuzatishimiz mumkin:

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling