Tadqiqotning ob’yekti va predmeti. Mazkur ishimizning tadqiqot ob’yekti ingliz tilidagi so‘zlashuv frazeologizmlaridir. Tadqiqot predmeti sifatida FB larning semantik-funksional xususiyatlari hamda ularning so‘zlashuv nutqida ifodalanish o‘ziga xosliklari belgilangan.
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida O‘zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimovning falsafiy va ijtimoiy asarlari, O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim-tarbiyaviy ishlar to‘g‘risidagi hujjatlar hamda tilshunoslikning umumiy va xususiy nazariyasi, tilshunoslikning frazeologik qatlami bo‘yicha (A.V. Kunin, N.N . Amosova va J. Sefring) olib borilgan tadqiqotlar xizmat qilgan
Tadqiqot metodlari kompleks xarakterga ega. Semantik metod orqali frazeologik birliklarning semantik ma’nolari tahlil qilindi, frazeologik birliklarning stilistik xususiyatlarini aniqlash va tavsiflashda stilistik metoddan foydalanildi. Bundan tashqari qiyosiy-tarixiy, qiyosiy tipologik va statistik metodlardan foydalanildi. Shuningdek, tadqiqot metodining asosiy salmog‘ini tipologik, semantik va tarjima metodlari tashkil qiladi.
Tadqiqot materiali. Tadqiqot materiali asosida badiiy adabiyotlardan keltirilgan 200 ga yaqin frazeologik birliklar ishtirok etgan gaplar, internet saytlardan keltirilgan frazeologik namunalar hamda A.V. Kuninning ingliz tili frazeologik birliklari lug‘ati va J. Sefringning frazeologik lug‘atlari tashkil etadi.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi sharhlashning ilmiy asosi, faktologik materialning nazariy tasniflash usullari va nutqda qo‘llanuvchi nominativ xususiyatga ega bo‘lgan frazeologik birliklar haqidagi ilmiy asarlarda va lug‘atlarda aks etgan yangi ma’lumotlarni yig‘ish bilan ta’minlandi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Frazeologiya bo‘yicha shu kungacha juda ko‘plab tilshunos olimlar izlanishlar olib borishgan. Ushbu tadqiqotlar ichida esa asosan bugungi kunda so‘zlashuv uslubida ko‘p qo‘llanuvchi FB lar tahliliga kam e’tibor berilgan. Ushbu tadqiqot ishi bugungi kunda ingliz so‘zlashuv FB lari tahliliga bag‘ishlangan. Ingliz tilshunosligida, umuman jahon tilshunosligida so‘zlashuv frazeologizmlarining semantik talqiniga nisbattan kam e’tibor qaratilganligi isboti sifatida tilshunos olimlarning frazeologiya sohasida qilgan tadqiqotlarini ko‘radigan bo‘lsak, ularning asosiy qismi FB larning semantik- struktur va qiyosiy tipologik tahliliga qaratilgani guvohi bo‘lamiz.
Tadqiqot jarayonida FB larning uslubiy xususiyatlariga ham murojaat qilindi va so‘zlashuv frazeologizmlarining omonimligi, sinonimligi zid ma’noliligi va polisemiyasi tahlili ham berildi. Frazeologik birliklarning funksional xususiyatlari tahlil qilinib, ularning badiiy talqinda ifodalanishi yoritib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |