O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti filologiya fakulteti


Download 469.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana08.06.2023
Hajmi469.16 Kb.
#1464839
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kitob 4609 uzsmart.uz

Mavzuning oʻrganilishi.Sayyid Qosimiy XV asr turkiy adabiyoti va 
xamsanavislik an’anasiga oʻz hissasini qoʻshgan shoirlardan biridir. Uning 
“Majma’ ul – axbor” asari va bizgacha yetib kelgan dostonlarining oʻrganilishi 
muhim deb hisobladik. Bitiruv malakaviy ishning mavzusi birinchi dostonga 
bagʻishlangan.Sayyid Qosimiyning hayoti va ijodi adabiyot tarixida nisbatan kam 
oʻrganilgan mavzu boʻlib, B.Qosimxonovning ilmiy ishlaridan soʻng bu 
mavzuning oʻrganilishi toʻxtab qoldi.
1979-yilda Oʻzbekiston FA Qoʻlyozmalar instituti tomonidan tashkil etilgan 
navbatdagi arxeografik ekspeditsiya natijasida shoir asarlarining, aniqrogʻi, 
“Gulshani roz” dostonining XIX asrda koʻchirilgan yana bir qoʻlyozmasi 
aniqlandi.Shoir adabiy merosidan namunalar ilk marotaba 1987-yilda “Oʻzbek 
adabiyoti boʻstoni” seriyasi ostida nashr ettirilgan “Muborak maktublar” 
majmuasida muallif haqidagi muxtasar ma’lumot bilan birga nashr ettirildi.
1
Sayyid Qosimiy adabiy merosini matnshunoslik va adabiyotshunoslik 
nuqtai nazaridan tadqiq etgan olim B.Qosimxonov shoir adabiy merosi haqida 
“Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari” nomli monografiya e’lon qildi.
2
Ushbu monografiyada olim “Majma’ ul – axbor” dostonidagi hikoyatlarni 
tahlil qilar ekan, hikoyatlarni mavzu koʻlamiga koʻra ikki guruhga ajratib 
oʻrganishni tavsiya qiladi.Olim bu monografiyasida “ Shoh Qubod”, “Rishta 
kasaliga mubtalo boʻlgan shoh”, “Xoja va gado” – hikoyatlarini ijtimoiy – siyosiy 
hikoyalarga kiritsa; “Zohid va fosiq”, “Sulton Muhammad Gʻoziy”, “Shoh 
Jamshid”, “Fariduni Farrux”, “Sher va tulki” va boshqa hikoyatlarni axloqiy – 
ta’limiy hikoyatlarga kiritgan.
Sayyid Qosimiy adabiy merosi toʻgʻrisida olim oʻz fikrlarini toʻliq asoslay 
oldi va mavzuning dolzarbligini isbotladi. Biroq dostonlarni oʻrganish olim 
1
Sayyid Qosimiy.Haqiqatnoma. Sadoqatnoma // Muborak maktublar. – Toshkent: Gʻafur Gʻulom 
nomidagi Adabiyot vaSan’at nashriyoti, 1987. 144-182 hamda 183-209-betlar.
2
Qosimxonov B. Sayyid Qosimiyning adabiy-didaktik dostonlari. –Toshkent: Fan, 1987. – 147 b. 



tadqiqotidan soʻng, afsuski, toʻxtab qoldi.Olim oʻn yillik tadqiqotlari natijasini 
nomzodlik dissertatsiyasi shaklida himoya qildi
3
hamda 1992-yilda “Masnaviylar 
majmuasi” nomi bilan “Fan” nashriyotida shoirning toʻrtala masnaviysini ham 
chop ettirdi.
4
N.Rahmonov tomonidan nashrga tayyorlangan “Oʻzbek mumtoz 
adabiyoti namunalari” majmuasida,
5
R.Vohidov va H.Eshonqulovning “Oʻzbek 
mumtoz adabiyoti tarixi” kitobida
6
Qosimiy haqidagi ma’lumotlar hamda 
asarlaridan namunalarni uchratish mumkin. 
Sayyid Qosimiy shaxsiyatini oʻrganish hali adabiyotda ommalashmagan, bir 
qancha olimlar oʻz tadqiqotlarini olib borgan boʻlsalarda, hali hanuz shoir asarlari 
toʻliq oʻrganilib boʻlinmadi. Quyida Sayyid Qosimiyning “ Majma’ – ul axbor” 
asari tahlili olib borildi. Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifasi, asardagi 
hikoyatlarning boshqa hikoyatlardan farqli vaoʻxshash tomonlarini aniqlashdan 
iboratdir.

Download 469.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling