24
o‘tkazish
uchun zallar, majlislar, konferensiyalar,
simpoziumlar uchun alohida
joylar, har xil turdagi restoranlar, aloqa va bank bo‘limlari, teletayp, teleks,
basseynlar, saunalar, kegelbanlar faoliyat ko‘rsatadi.
Turistik mehmonxonalar faol dam olayotgan turistlar uchun mo‘ljallanadi.
Mamlakatimizda bunday mehmonxonalar asosan uyushtirilgan guruhli tur –
ekskursiya va sport turizmi uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
ular shaharda, shahar
tashqarisida, turistik ob’ektlar yaqinida, yaxshi
tabiiy omillarga ega joylarda,
ko‘pincha yashil massivlar yaqinida quriladi.
Turistik mehmonxonalarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularda
turistik xizmatlar ko‘rsatish joylari, shuningdek turistik-uslubiy va instruktorlar
xonalari mavjud bo‘ladi. Bunday xonalar majmui turistik marshrut turiga va
mazkur marshrut bo‘ylab turistlarning harakatlanish usuliga bog‘liq.
Turistik bazalar, dam oluvchilarning muayyan
tarzda tartibga solingan
kontingentiga, yuklash, foydalanish va ish tartibiga ega bo‘lgan turistik
muassasalarning an’anaviy turi sifatida, asosan
maxsus ishlab chiqilgan va
jihozlangan piyoda, chang‘i, suv, tog‘, ot, chana, velosiped, avtobus trassalari yoki
aralash turistik trassalardan o‘tkazilgan marshrutlar bo‘ylab sayohat qiluvchi rejali
(qisman – mustaqil) turistik guruhlarni dam olishga qabul qilish va xizmat
ko‘rsatish uchun mo‘ljallanadi.
Turistik bazalar odatda shahar yaqinidagi dam olish zonalarida,
turistik-
sog‘lomlashtirish hududlari yoki komplekslari tarkibida joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: