20
Mehmonxona xizmatlari bitta joyda – xizmat ko‘rsatish
joyida ishlab
chiqiladi va iste’mol qilinadi, iste’molchining o‘zi esa
taqsimlash tizimi qismiga
aylanadi. Mehmonlar xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bilan restoranda,
nomer
(xona)da, oshxonada ro‘baro‘ (duch) keladi. Demak, mehmonxona korxonasi
xodimlarning mijozlar bilan bo‘ladigan aloqasini izchil yo‘lga qo‘yishi kerak. SHu
bilan birga mehmonlar jamoat joylarida
belgilangan xulq-avtor, odob-axloq
normalariga, yashashda tartib-qoidalariga rioya etishi shart.
Zamonaviy korxonalar vazifasiga, sig‘imiga, qavatlariga, konstruksiyasining
tipiga,
shinamlik darajasiga, foydalanish rejimiga (yillik, mavsumiy),
joylashgan
yeriga (shahar, kurort va h.k.), ular nima maqsadga mo‘ljallanganligiga, oziq-ovqat
bilan
ta’minlanganligiga,
narx-navo
darajasiga
qarab
farqlanadi.
Mehmonxonalarni tavsiflovchi asosiy belgilar: ularning sig‘imi,
necha qavatdan
iboratligi, vazifasi va shinamlik darajasi.
Ma’lum joy
hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar:
- shaharda
(shahar
markazida,
shahar
chekkasida)
joylashgan
mehmonxonalarga;
-
qishloqda (shu jumladan baland tog‘ hududidagi qishloqda) joylashgan
mehmonxonalarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: