O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Mehmonxona xizmatlariga bo‘lgan talabning mavsumiyligi


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

Mehmonxona xizmatlariga bo‘lgan talabning mavsumiyligi. Yil 
mavsumiga (aksariyat turistlar yoz oylarida dam oladi), shuningdek hafta kunlariga 
(ishbilarmon turistlar mehmonxonaga ish kunlari tashrif buyuradi) qarab talabning 
o‘zgarib turishi mehmonxona xizmatlari bozoriga xos xususiyat bo‘lib, u 
mehmonxonalar nomerlarining yuklanishiga ancha jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mehmonxona xizmatlari va sayohat (safar) maqsadlarining o‘zaro 
bog‘liqligi. Mehmonning muayyan joyga tashrif buyurish haqidagi qarori odatda 
bu yerda muayyan mehmonxonaning mavjudligi omiliga asoslanmaydi. Bunday 
qaror butunlay boshqa omillarga, chunonchi: dam olish, sport bilan shug‘ullanish, 
davolanish imkoniyatining mavjudligiga qarab qabul qilinadi. Mehnat ta’tili 
vaqtida safarga chiqishni rejalashtirgan odam avval safar uchun muayyan joyni 
yoki mintaqani, balki butun mamlakatni tanlaydi. Faqat shundan keyingina u 
ma’qul mehmonxona korxonasini yoki boshqa joylashtirish vositasini tanlash 
haqida bosh qotiradi. Ammo tanlashda bunday ketma-ketlik doim ham amal 
qilavermaydi. Agar shaxs o‘z tajribasidan muayyan mehmonxona bilan tanish 
bo‘lsa, tanlash jarayoni teskari ketma-ketlikda sodir bo‘lishi ham mumkin. 
 
 
1.3. Mehmonxonalarning turlari 
Mehmonxona ishining hozirgi rivojlanishi jahon amaliyotida mijozga 
(mehmonxona xizmatlaridan foydalanuvchiga) mazkur xizmatlar bozorlaridagi 
narx-navoga qarab ko‘p variantli mehmonxona servisini taklif qiladi. Har yili 
ommaviy axborot vositalari ko‘p sonli mijozlarga mazkur servis turidagi 
faoliyatning yangi shakllari haqida ma’lumot beradi. 
Bundan 100 yil oldin joylashtirish korxonalarning faqat ikkita turi mavjud 
bo‘lgan: 


17 
- jamiyatning oliy tabaqasi vakillari uchun hashamatli mehmonxonalar; 
- aholining qolgan qismi uchun karvonsaroylar. 
Vaqtini yo‘lda o‘tkazishga majbur bo‘lgan odamlarda tanlash imkoniyati 
bo‘lmagan. Bugungi kunda mehmonxona mahsulidan foydalanuvchilarga 
joylashtirish korxonalarining rang-barang shakllari va turlari, chunonchi, iqtisodiy 
klassga mansub bo‘lgan hashamatli otellar va mehmonxonalar, motellar, 
kempinglar va h.k. taklif qilinadi. Har bir odam o‘z didi va puliga qarab o‘zi uchun 
ma’qul variantni tanlash imkoniyatiga ega. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling