14
Ishlab chiqarish va foydalanish jarayonlarining bir vaqtda sodir
bo‘lmasligi. Xizmatlarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – ishlab chiqarish va
foydalanish jarayonlarining bir vaqtda sodir bo‘lishi,
uzluksizligi mehmonxonada
ko‘rsatiladigan xizmatlar kompleksiga nisbatan to‘liq amal qilmaydi. Ayrim
mehmonxona xizmatlari bu yerda mijozning mavjudligi bilan bog‘liq emas.
Masalan, nomerni tozalash va uni sotishga tayyorlash joyi va vaqtiga ko‘ra
resepsiya xizmatida nomerning sotilishi va unga mijozning
bevosita joylashishi
vaqti bilan mos kelmaydi. Ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatish jarayonlari ham bir
vaqtda sodir bo‘lmasligi bilan tavsiflanadi: aksariyat hollarda ovqatlar boshqa
joyda va qisman mijoz hozirligida amalga oshiriluvchi
dasturxonni tuzash va
taomni tortish jarayonlaridan farqli bo‘lgan boshqa vaqtda tayyorlanadi.
Mehmonxona korxonasi tegishli jarayonlarni shunday tarzda ajratishga majbur. Bu
yerda bevosita xizmatlar ko‘rsatish uchun ma’lum vaqtda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan talabni qondirishga mo‘ljallangan tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi
lozim.
Saqlash
imkoniyatlarining
cheklanganligi.
Umuman
olganda,
mehmonxona xizmatlari kompleksi kelgusida sotish
uchun saqlab qolinishi
mumkin emas. Agar joriy kun davomida mehmonxona nomeri sotilgan bo‘lmasa,
uni shu kun uchun qo‘shimcha tarzda sotish mumkin emas. Bu ovqatlanish
xizmatlariga ham tegishli. «Taomlar va ichimliklar»
tipidagi moddiy xizmatlarni
ma’lum darajada (yo‘l qo‘yilgan realizatsiya qilish muddati davomida) saqlash
mumkin bo‘lsa-da, ularni realizatsiya qilish bilan bog‘liq xizmatlar talab qilinmay
qoladi va ularga haq to‘lanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: