O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti fakultet: “Servis va turizm” Kafedra: “Xalqaro turizm va turizm servisi” «Himoyaga tavsiya etildi»


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/30
Sana09.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1473855
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bog'liq
mehmonxonalar qurilishida joylashuv va ekologik ekspertiza xizmatlarining

Joylashgan yeriga qarab, mehmonxonalarning quyidagi turlarini ajratish 
mumkin: 

shahar markazidagi mehmonxonalar; 

yo‘l chetidagi, qoida tariqasida, kam qavatli, usti ochiq avtoqo‘nalg‘ali 
mehmonxonalar; 

shahar chetidagi va aeroportlardagi mehmonxonalar

suzib yuruvchi mehmonxonalar – dengiz, daryo yoki ko‘l qirg‘og‘i 
yaqinida turistlarni joylashtirish va ular dam olishi uchun mehmonxona 
tarzida jihozlangan suzish vositalari. Zarur holda bunday mehmonxona 
turistlar bilan birga suv bo‘ylab boshqa qo‘nalg‘aga ko‘chirilishi 
mumkin. 
Ko‘rsatiladigan xizmatlar darajasi, assortimenti va bahosiga qarab
mehmonxonalar bir necha turga bo‘linadi: 

arzon mehmonxonalar yoki ko‘rsatiladigan xizmatlar miqdori cheklangan 
mehmonxonalar 
(bunday 
mehmonxonalar 
qoshida 
ovqatlanish 
korxonalari bo‘lishi shart emas); 

«lyuks» mehmonxonalar – alohida loyihaga ko‘ra qurilgan, mebeli 
sifatining yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, xonalari yaxshi jihozlangan, 
qoida tariqasida, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari miqdori nomerlari soniga 
nisbatan ko‘proq bo‘lgan mehmonxonalar. 
Mehmonxonalarni shuningdek ularda harakat vositalari (transport)ning 
mavjudligiga, mulk shakliga (munitsipal, davlat, xususiy, ijaraga olingan va h.k.) 
qarab ham tasniflash mumkin. 


23 
O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish bo‘yicha 
qonun hujjatlariga zid bo‘lmasligi kerak. Funsional vazifasiga qarab 
mehmonxonalar: 

ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‘ilishlar, kengashlar 
va h.k. uchun; 

dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari, 
avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar; 

mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‘lovchilar uchun, 
sportchilar uchun va boshqalar uchun quriladi. 
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga 
keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga 
mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday 
mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo 
markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport 
aloqasini nazarda tutadi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer maydoni hajmi 
mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m ni tashkil etadi. 
Mehmonxonalar o‘z faoliyatiga qarab ham ma’lum turlarga bo‘linadi. 
Masalan:

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling