O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi samarqand davlat universiteti kichik biznes va tadbirkorlik fanidan
Hissadorlik jamiyati. Ochiq va yopiq
Download 460 Kb.
|
8.1 Ma'ruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jamiyatning omonatchi
Hissadorlik jamiyati. Ochiq va yopiq turdagi issadorlik jamiyati.
Hissadorlik (aksionerlik) jamiyati - bu jismoniy shahslar kapitallarning birlashuvi bo‘lib, u aksiyalar chiqarish yo‘li bilan bunyod etiladi. Aksiyalar fond birjalarida muomalada bo‘ladi - bir shasdan ikkinchisiga erkin o‘tadi va aksiyador uchun uning issasi haqidagi ujjat hisoblanadi. Jamiyatning omonatchi - aksionerlar oldidagi majburiyati, aksiya uchun to‘langan pul miqdori, yani jamoat kapitaliga kiritilgan issati bilan cheklanadi. Jamiyat majburiyati bo‘yicha faqat jamiyatning o‘zi o‘z mulki bilan javob beradi. U ochiq yoki yopiq bo‘lishi mumkin. Hissadorlik jamiyati - bu biznesning, ko‘proq, demokratik shaklidir, chunki bevosita yoki obuna bo‘lish yo‘li bilan aksiya sotib olish va koronada mulk egasi bo‘lishga istalgan inson erishishi mumkin. Hissadorlik jamiyati mas’uliyati cheklapgan va qo‘shimcha javobgarlikka ega bo‘lgan jamiyatlar deb, xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish niyatida yuridik shahslar va (yoki) fuqarolarning mulklarini birlashtirish natijyasida tashkil qilingan yuridik shahslar tan olinadi. Hissadorlik jamiyati shunday xo‘jalik jamiyatiki, uning nizom fondi jamiyatning nominal qiymatini ma’lum aksiyalar soniga taqsimlangan bo‘ladi va mazkur fond ushbu aksiyalarni sotishi orqali shakllanadi. Hissadorlik jamiyatlari: agar uning aksiyalari ochiq yoki obuna bo‘lish yo‘li bilan sotilsa, qimmatbaho qog‘ozlar bozorida qonundan tashqari ech kim tomonidan cheklanmay erkin savdo-sotiq qilinsa - ochiq hissadorlik jamiyati deb ataladi; agar uning aksiyalarining qimmatbaho qog‘ozlar bozorida muomalada bo‘lishi jamiyat nizomiga binoan ma’n etilgan yoki cheklangan bo‘lsa va u, faqat, nomlangan (egasi yozilgan) aksiyalar chiqarsa - yopiq hissadorlik jamiyati deb ataladi. Har ikkala hissadorlik jamiyati nizom kapitalining eng kichik miqdori, davlat qonuni huajjatlaridan tashqari, hech narsa bilan cheklanmaydi. Ochiq hissadorlik jamiyatini boshqa turdagi jamiyatlarga aylantirish mumkin emas. YOpiq hissadorlik jamiyati esa o‘z aksillariga ochiq obuna o‘tkazish yoki ularni fond bozoriga sotish uchun chiqarish yo‘li bilan ochiq hissadorlik jamiyagiga aylashirilishi mumkin. Boshqa turdagi jamoa koronalari va shirkat o‘jaligi va aksiyalarini chiqarish yo‘li bilan ikkala turdaga hissadorlik jamiyatlariga ham aylantmrilishi mumkin. U aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazish yoki yopiq hissadorlik jamiyatini yoki boshqa xo‘jalik va shirkatchilik jamiyatini ochiq hissadorlik jamiyati boshqa jamiyat shakllariga aylantirilishi o‘zgartirilishi hisobiga, ochiq akdiyadorlik jamiyati boshqa shakllarga aylantirilishi mumkin emas. Aksiyalarga ochiq obuna o‘tkazish orqali ochiq turdaga hissadorlik jamiyatini bunyod etish uchun quyidagilar zarur: - jamiyat tashkil qilish va birgalikda faoliyat ko‘rsatish, hamda, bitta yoki bir necha shahga jamiyatni bunyod etish uchun vakolat berish to‘g‘risida shartnoma tuzish; - aksiyalarga obuna o‘tkazish, ta’sis konferensiyasini o‘tkazish, jamiyat va uning aksiyalarini davlat ro‘yatidan o‘tkazish;
• oddiy yo‘l bilan - bunda fuqarolar yopiq yoki ochiq hissadorlik jamiyatlarining ob’ektlarini auksion orqali yoki konkurs yo‘li bilan sotib olish bilan yaratadilar. • davlat koronasi mehnat jamoasi tomonidan yopiq hissadorlik jamiyatini bunyod etish va ushbu yuridik shas tomonidan koronani sotib olish yo‘li bilan; • davlat yoki ijara koronalarini ochiq hissadorlik jamiyatlariga aylantirish, yo‘li bilan. Hissadorlik jamiyatlarini vujudga keltirish jaryonlari "Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va Xususiylashtirish", "Hissadorlik jamiyatlari", "Koronalar", "Qimmatbaho qogozlar bozori va fond birjalari" va boshqa qonun va qonun aktlariga asosan boshqariladi. Barcha jamoa koronalari uchun (mas’uliyati, cheklangan, qo‘shimcha mas’uliyatli ia hissadorlik jamiyatlari) quyidagi umumiy jihatlar mavjud: nizom kapitalining tegashli bo‘laklarga yoki aksiyalarga majburiy -bo‘lnishi; jamiyatning o‘z majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zining mulki bo‘yicha cheklangan javobgarligi; -sheriklar (aksiyadorlar) orasidagi o‘zapo munosabatlar, daromad va mulkni taqsimlash, koronani boshqarish bo‘yicha munosabatlar ularning kiritgan ulushlari miqdoriga qarab taqsimlanadi; - Jamiyat a’zolari (aksiyadorlar) uning kapitaliga o‘z ulushlarini kiritishlari zarur, ammo o‘z mehnatlari bilan uning faoliyatiga ishtirok etishlari majburiy emas. Download 460 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling