O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Download 483.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/22
Sana05.01.2022
Hajmi483.96 Kb.
#208821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
moliyaviy investitsiyalarning auditi

yaxshilash yo’llari 

 

2.1. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi. 

2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarning auditi. 

2.3. Moliyaviy investitsiyalar auditini yaxshilash yo’llari. 

 

Xulosa va takliflar 

 

Foydali adabiyotlar ro’yxati 

 

Ilovalar 



 



Kirish 



 

Mavzuning  dolzarbligi.  Iqtisodiyotni  erkinlashtirish  sharoitida  respublikamiz 

iqtisodiyotida  ijobiy  o‘zgarishlar  yuz  bermoqda,  yangi  tarmoqlar  bunyod 

etilmoqda,  xorijiy  investitsiya  ishtirokidagi  korxonalar  soni  oshib  bormoqda. 

Iqtisodiy  o‘sishga  katta  miqdorida  investitsiyalar  ajratilmoqda.  Respublikamiz 

iqtisodiyotiga  safarbar    etilgan  yirik  miqyosdagi  investitsiyalar  import  o‘rnini 

bosuvchi  ishlab  chiqarishning  barpo  qilinishi  va  yangi    mahsulot  turlarining 

o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. 

 

Bunday 



o‘zgartirishlar  jahon  xo‘jaligiga  kirib  borish,  mamlakat 

iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishish imkoniyatlarini yaratadi. 

 

Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, ilmiy asoslangan 



investitsiya  qarorlarini  qabul  qilish  investitsiya  faoliyatini  oqilona  tartibga  solish 

asosida ichki va tashqi moliyaviy manbalarning barcha shart-sharoitlarini  hisobga 

olgan holda investitsiyalarni jalb qilish milliy iqtisodiyotning kelajagini belgilaydi. 

Mamlakatimiz  investitsiya  faoliyatida,  ayniqsa,  xorijiy  investitsiyalar  ishtiroki 

kuchayib bormoqda.  

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov bevosita xorijiy 

investitsiyalar  to‘g‘risida  fikr  bildirib,  «Bir  oddiy  haqiqatni  yaxshi  tushunib  olish 

kerakki,  O‘zbekistonga  kiritilayotgan  investitsiyalar,  ayniqsa,  to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

kelayotgan  sarmoyalar  oqimi  har  bir  kishi,  umuman  jamiyat  hayoti  uchun  suv  va  

havodek zarur»

1

, – deb baholaydi.  



Yuqoridagilardan  kelib  chiqib  iqtisodiyot  uchun  investitsiyalarning  muhim 

ahamiyat  kasb  etishi,  korxonalarda  investitsiyalar  hisobi  va  auditi  masalalariga 

alohida e’tibor berish ustuvor vazifaga aylanadi. Shu nuqrai-nazardan ushbu kurs 

ishining  mavzusi  “Moliyaviy  investitsiyalarning  auditi”  deb  nomlandi  va 

mavzuning dolzarbligi quyidagilarda namoyon bo’ladi. 

  Moliyaviy  investitsiyalarning  to’g’ridan-to’g’ri  moliyaviy  natijalarga 



ta’sir qilishi; 

  Moliyaviy  investitsiyalarning  soliq  va  soliqqa  tortish  bazasiga 



bevosita aloqadorligi

  Moliyaviy  investitsiyalarning  boshqa  korxonalar  faoliyatiga  ham 



ijobiy ta’sir ko’rsatishi. 

Shunday  ekan,  moliyaviy  investitsiyalarning  buxgalteriya  hisobida  to’g’ri  aks 

ettirilishi,  ular  bo’yicha  soliq  hisob-kitoblarining  o’z  vaqtida  hisoblanishi  va 

amalgam oshirilishini nazorat qilish, ya’ni auditorlik tekshiruvidan o’tkazish zarur.  




Download 483.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling