Mavzuning ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Mazkur kurs ishi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti “Buxgalteriya hisobi va audit”
kafedrasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga mos keladi va mazkur doirada
bajarilgan.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishining maqsadi-moliyaviy
investitsiyalar auditining nazariy va amaliy jihatlarini alohida xo’jalik yurituvchi
subyekt misolida tadqiq etish va uni yaxshilash bo’yicha takliflar ishlab chiqish.
Bundan tashqari kurs ishi bajarishdan investitsiyalar hisobi va auditiga oid
bilimlarni mustahkamlash ham ko’zda tutilgan.
Ushbu maqsaddan kelib chiqib kurs ishi oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi:
bozor iqtisodiyoti sharoitida investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga
ko’ra tasniflash va uni ochib berish;
investitsiyalar auditining nazariy va amaliy masalalarini yoritish;
iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida moliyaviy investitsiyalar auditining
vazifalarini ishlab chiqish;
korxonada moliyaviy investitsiyalar auditini tashkil etishning nazariy va
amaliy jhatlarini yaxshilash bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |