O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti


Izlanishlar  obyekti  va  predmeti


Download 483.96 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/22
Sana05.01.2022
Hajmi483.96 Kb.
#208821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
moliyaviy investitsiyalarning auditi

Izlanishlar  obyekti  va  predmeti.  Kurs  ishining  tadqiqot  obyekti  bo’lib,  MCHJ 

“Samarqand-Praga-Pivo”XIIK  hisoblanadi.  Izlanishning  predmeti  esa  bozor 

munosabatlari  sharoitida  moliyaviy  investitsiyalar  auditini  tashkil  qilish  va  uni 

yaxshilashdir. 



Ishning  tarkibi.  Kurs  ishi  kirish,  ikkita  bob,  xulosa  va  takliflar,  foydalanilgan 

adabiyotlar  ro’yxati  va  ilovalardan  iborat  bo’lib,  jami  hajmi   

___  betni  tashkil 

qiladi.


    


 

 



I bob. Moliyaviy investitsiyalar auditining nazariy asoslari 

 

1.1. Moliyaviy investitsiyalarning audit obyekti sifatidagi tasnifi va tavsifi. 

 

 

O’znekiston davlat mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab milliy 



iqtisodiyotni rivojlantirishning o’ziga xos yo’nalishlari belgilab olindi. 

 

Bugungi  kunda  rivojlangan  ivestitsion  faoliyatning  yo’lga  qo’yilishi 



hukumatimiz  olib  borayotgan  oqilona  investitsiya  siyosatining  natijalaridan  biri 

ekanligini  yurtboshimiz  ta’kindlab  o’tganlaridek:  “Iqtisodiyotni  tarkibiy  jihatdan 

qayta  qurish,  eksport  imkoniyatini  kengaytirish  sohasida  belgilangan  yo’nalishlar 

kuchli investitsiya siyosatini o’tkazish bilangina ro’yobga chiqadi!”

2

 

 



Investitsiyalarning  iqtisodiy  mazmun-mohiyatini  ochib  berishda  ko’plab 

iqtisodchi olimlar o’rtasida xilma-xil fikrlar mavjud. Jumladan, investitsiyalarning 

iqtisodiy  mazmun-mohiyatini  moliyaviy  kategoriya  sifatida  talqin  etgan  prof. 

D.G’. G’ozibekov ularga quyidagicha ta’rif bergan: “Investitsiyalarning mazmuni 

aniq va ishonchli manbalardan mablag’lar olish, ularni asosli holda safarbar etish, 

risklar  darajasini  hisobga  olgan  holda  capital  qiymatini  saqlash  va  ko’zlangan 

samarani olishdan iborat bo’ladi”

3

  Prof. N.H. Haydarovning fikricha: “Investitsiya 



–bu  mulk  shaklidan  qat’iy  nazar,  tadbirkorlik  asosida  faoliyat  ko’rsatayotgan 

jismoniy  va  yuridik  shaxslar  yoki  davlatning  iqtisodiy  va  ijtimoiy  samara  olish 

maqsadida  o’z  boyliklarini  qonun  doirasida  bo’lgan  har  qanday  tadbirkorlik 

faoliyatiga  sarflashidir!”  O’zbekiston  Respublikasining  1998-yil  24-dekabrdagi 

“Investitsiya  faoliyati  to’g’risida”gi  (qayta  tahrir  qilingan)  qonuniga  ko’ra 

“Investitsiya  –iqtisodiy  va  boshqa  faoliyat  obyektlariga  kiritilgan  moddiy  va 

nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqdir” sifatida ta’riflangan. 

 

Shundan  kelib  chiqib,  “Investitsiya”  deganda  daromad  (foyda)  olish  va 



ijtimoiy  nafga  erishish  maqsadida  moddiy  va  nomoddiy  ko’rinishdagi  aktivlar  va 

pul mablag’larini turli sohalarga qonun doirasida sarflash tushuniladi. 

 

Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar mavjud bo’sh 



pul  mablag’laridan  samarali  foydalanishlari  va  ularni  investitsiya  faoliyatiga  jalb 

qilgan  holda  qo’shimcha  foyda  olishlari  muhim  hisoblanadi.  Shundanb  kelib 

chiqib,  korxonalarning  boshqa  xo’jalik  yurituvchi  subyektlariga  sarflagan 

mablag’lari  (investitsiyalari)ni  hisobda  to’g’ri  aks  ettirish  va  ular  bilan  bog’liq 

hisob-kitoblarni  o’z  vaqtida  va  to’g’ri  olib  boorish  zaruriyatini  keltirib  chiqaradi. 

Bu  esa  bevosita  ushbu  obyektlarni  hisobga  olish,  ular  bo’yicha  soliqlarni  to’g’ri 

hisoblanishi  va  o’z  vaqtida  to’lanishini  tekshirish,  ya’ni  audit  qilish  muhimligini 

ko’rsatadi.  Shuning  uchun  investitsiyalar  auditning  muhim  obyekti  hisoblanadi. 

Buxgalteriya  hisobi  va  auditning  obyekti  sifatida  investitsiyalarni  quyidagicha 

tasniflash mumkin (1.1.1-chizma):

4

 

                                                 



2

 Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlari. –T.: O’zbekiston, 1993, 16-17 betlar. 

3

 G’ozibekov D.G’. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. –T.: Moliya, 2003, 26-bet. 



4

 Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.—T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 

2003, 6-bet. 



 

Birinchidan,  qo’yilish  obyektiga  qarab  iqtisodiyotning  bo’g’inlariga  ko’ra 



mamlakatda 

amalga 


oshirilayotgan 

investitsiyalar 

makroiqtisodiyot 

va 


mikroiqtisodiyot  darjalaridagi  investitsiyalarga  bo’linadi.  Makroiqtisodiyot 

darajasidagi  investitsiyalar  bu  davlat  investitsiya  dasturida  o’z  aksini  topgan 

bo’ladi.  Ular  davlat  investitsiyalari  hisoblanadi.  Mikroiqtisodiy  darajadagi 

investitsiyalar  xalq  xo’jaligining  quyi  bo’g’ini  bo’lgan  korxonalar  tomonidan 

amalga  oshiriladi.  Ikkinchidan,  kiritilish  doirasiga  ko’ra  ichki  va  tashqi 

investitsiyalar. Ichki investitsiyalar deyilganda, mamlakatning ichidagi investorlar, 

ichki  manbalar  va  davlat  investitsiya  dasturida  ko’zda  tutilgan  investitsiyalar 

tushuniladi.  Tashqi  investitsiya  agar  u  makro  darajada  bo’lsa,  boshqa 

mamlakatlardan,  xorijiy  investorlar  tomonidan  kiritilgan  mablag’lar,  agar  u 

mikrodarjada  bo’lsa,  korxonalarga  boshqa  korxonalrdan  kiritilgan  sarmoyalar 

tushuniladi. Uchinchidan, kiritilish sohalariga ko’ra investitsiyalar ishlab chiqarish 

va  noishlab  chiqarish  sohalariga  kiritilgan  investitsiyalarga  bo’linadi. 

To’rtinchidan,  kiritilish  muddatiga  ko’ra  uzoq  va  qisqa  muddatli  investitsiyalar 

mavjud.  Uzoq  muddatli  investitsiyalarga  bir  yildan  ko’p  muddatga  kiritiladigan 

barcha turdagi investitsiyalar kiradi. Qisqa muddatli investitsiyalar esa bir yilgacha 

bo’lgan  muddatda  kiritiladi.  Beshinchidan,  kiritish  shakliga  ko’ra  investitsiyalar 

nominal  va  real  investitsiyalarga  bo’linadi.  Nominal  investitsiyalar  deganda  pul 

shaklida  mablag’lar  majmuasi  tushunilsa,  real  investitsiyalar  deyilganda  pul 

mablag’larining  ishlab  chiqarish  omillariga  aylanishi  tushuniladi.  Oltinchidan, 

kapitallashuviga  ko’ra  investitsiyalar  capital  va  moliyaviy  investitsiyalarga 

bo’linadi.  Kapital  investitsiyalar  korxonalarning  kelajakda  asosiy  vositasiga  yoki 

ularning  balans  qiymatini  oshishiga  olib  keladigan  mablag’lardir.  Moliyaviy 

investitsiyalar esa qaytarib olinadigan va ma’lum vaqtgacha qo’shimcha daromad 

olish  maqsadida  boshqa  korxonalarga  kiritiladigan  mablag’lar  hisoblanadi. 

Moliyalashtirish  manbasiga  ko’ra  o’z  mablag’lari  evaziga  va  qarz  mablag’lari 

evaziga amalga oshiriladigan investitsiyalar bo’ladi.  

 

Iqtisodiyotni  erkinlashuvi  va  liberallashuvi  korxonalarning  moliya 



bozorlarida ham faol ishtirok etish imkoniyatini yaratmoqda. O’z xarakteriga ko’ra 

moliyaviy  investitsiyalar  korxonalarning  tashqi  investitsiyasiga  kiradi.  Ushbu 

turdagi investitsiyalarga prof. K.B. Urazov quyidagicha ta’rif bergan: “Moliyaviy 

investitsiyalar –bu korxonalarning boshqa korxonalarga ularning quvvatini oshirish 

va  buning  evaziga  kelgusida  o’zlari  ham  naf  ko’rish,  qo’shimcha  daromad  olish 

maqsadida  kiritgan  mablag’lari  majmuasi”.

5

 

O’zbekiston  Respublikasi 



buxgalteriya  hisobi  milliy  standarti  12-son  BHMSda  esa  bu  investitsiyalarga 

“Moliyaviy  investitsiyalar  –xo’jalik  yurituvchi  subyekt  tasarrufidagi  daromad 

olishga  (foiz,  royalty,  dividend va  ijara haqi shaklida)  mo’ljallangan,  investitsiya 

qilingan sarmoya qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniya boshqa 

naf olish uchun foydalaniladigan aktivlar” deb ta’rif berilgan.

6

  



Moliyaviy investitsiyalar turli belgilariga qarab tasniflanadi (1.1.2-chizma). 

                                                 

5

 Urazov K.B. Investitsiyalarning buxgalteriya hisobi va soliqqa tortilishi.—T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi”, 



2003, 10-bet. 

6

 O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartlari to’plami. –T.: “Norma”, 2010, 197-bet.  




 

Muddatiga ko’ra  uzoq  va qisqa  muddatli moliyaviy  investitsiyalar  mavjud.  Uzoq 



muddatli moliyaviy investitsiyalar bir yildan ortiq muddatda amalga oshiriladigan 

investitsiyalar.  Qisqa  muddatli  investitsiyalar  –muomala  muddati  12  oydan 

oshmaydigan  va  oson  realizatsiya  qilinbadigan  investitsiyalar.  Kiritilish 

yo’nalishiga  ko’ra  moliyaviy  investitsiyalar  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarning 

turlari bo’yicha alohida guruhlanadi. Jumladan quyidagilar: 

  Aksiyadorlik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 



 

Sho’ba xo’jalik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 



  Chet el kapitaliga ega korxonalarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 

 

Qaram xo’jalik jamiyatlariga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 



   Boshqa turdagi jamiyatlarga kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 

Ko’rinishi bo’yicha barcha moliyaviy investitsiyalarni quyidagi guruhlarga bo’lish 

mumkin: 


  Qimmatli qog’ozlarga kiritilgan investitsiyalar. 

  Qarz sifatida kiritilgan investitsiyalar. 



  Kredit sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 

 

Ta’sis badali sifatida kiritilgan moliyaviy investitsiyalar. 



Bulardan tashqari 1.1.2-chizmada keltirilgan moliyaviy investitsiyalarning boshqa 

turlari ham mavjud.  

 

Moliyaviy  investitsiyalar  asosan  qimmatli  qog’ozlar  sotib  olish  yo’li 



bilan kiritiladi. 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 

«Qimmatli qog‘ozlar va fond birjalari to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq «qimmatli 




Download 483.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling