O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Muvofiqlikni baholash bo’yicha xalqaro va xorijiy tajribalar
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangicha yondashuvning asosiy tamoyillari
4.2. Muvofiqlikni baholash bo’yicha xalqaro va xorijiy tajribalarDeklaratsiyani qabul qilish uchun deklarantni akkreditlash talab qilinmaydi. Ayni vaqtda deklaratsiya asosining qoidasi sifatida baholash natijasi kiradi, ya’ni akkreditatsiya talab qiluvchi, masalan, sertifikatlashtirilgan sifat menejmenti tizimi yoki mahsulotni sinashda akkreditlangan laboratoriyalar bo’lishadi. Ro’yxatga olish jarayoni deganda muvofiqlik reestriga baholash ob’ektini ro’yxatga kiritish tushuniladi. Masalan, akkreditlovchi idora chop etayotgan sertifikatlashtirilgan mahsulotlar reestri bo’lib milliy sertifikatlashtirish idorasi va bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idorasi yoki akkreditlangan laboratoriyalar reestrlari hisoblanadi. Barcha rivojlangan davlatlar uchun mahsulotlar, jarayonlar va xizmatlar xavfsizligi nazoratiga quyidagicha yondashuv tavsiflanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xavfsizligi uchun mas’uliyatli xususiy biznes an’analarining murakkab rivojlanishi va xavfsizligi, uni tekshirish, sinash va yaroqsiz qilish sohasida taraqqiy etgan yaxshi qonunchilik mavjud bo’lishini ishlab chiqaruvchilar umid qilishadi. Davlat nazorat idoralari yalpi tekshiruvni o’tkazishmaydi, balki faqat adolatsiz ishlab chiqaruvchilar munosabatlari bo’yicha sotuvchi tomonlar yoki uning vakili murojaat qilganida sud tartibida kerakli choralarni qabul qiladi. Xalqaro talablarga asosanmuvofiqlikni baholash bo’yicha idoralar (sertifikatlashtirish idoralari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari, inspektsiya idoralari) akkreditatsiyadan o’tkaziladi. Muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralarni akkreditatsiyalash Akkreditatsiya bo’yicha idora tomonidan amalga oshiriladi. ISOG’IEC 17000 “Muvofiqlikni baholash. Lug’at va umumiy printsiplar” standartiga muvofiq, akkreditatsiyalash– muvofiqlikni baholashga tegishli bo’lgan, muvofiqlikni baholash bo’yicha muayyan vazifalarni bajarish uchun uning kompetentligining rasmiy isboti bo’lib xizmat qiluvchi, uchinchi taraf tomonidan muvofiqlikni tasdiqlash (4.3-rasm). Boshqacha qilib aytganda, akkreditatsiyalash – Akkreditatsiya bo’yicha idora tomonidan Muvofiqlikni baholash bo’yicha idorani belgilangan talablarga muvofiqligini baholash va ijobiy hollarda uning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayoni. Muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralarga qo’yilgan talablar Standartlashtirish bo’yicha xalqaro tashkilot (ISO)ning tegishli standartlarida belgilangan. Masalan, mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralariga qo’yilgan talablar ISOG’IEC 65, sinov va kalibrlash laboratoriyalariga qo’yilgan talablar ISOG’IEC 17025, inspektsiya idoralariga qo’yilgan talablar ISOG’IEC 17020 standartlarida belgilangan. Akkreditatsiya bo’yicha idoralarga qo’yilgan talablar esa ISOG’IEC 17011 standartida belgilangan. Akkreditatsiya bo’yicha idora muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralarning vakolatini baholaydi. Akkreditatsiya bo’yicha idora akkreditlangan muvofiqlikni baholash bo’yicha idoralarning muvofiqlikni baholash natijalarini xalqaro miqyosda tan olish yo’li bilan savdoga ko’maklashishi mumkin. Bunday baholash, agar bir xil mezonlar bo’yicha o’tkazilgan va Akkreditatsiya bo’yicha idora bilan o’zaro tan olish bitimiga a’zo bo’lsa, nufuzli bo’ladi. Majburiy muvofiqlikni tasdiqlash sertifikatlashtirish va sinash hamda texnik shartlarga global yondashish va standartlarni texnikaviy uyg’unligiga Yangicha yondashuv doirasida ishlatiladi. Muvofiqlikni baholashga Yangicha yondashuvning asosiy tamoyillari quyidagilar hisoblanadi: mahsulotga majburiy talablari (xavfsizlik talablari) direktivlarda (qonuniy aktlarda) o’rnatiladi. Ularda muvofiqlikni baholash uchun qo’llaniladigan jarayonlar ko’rsatilishi lozim; mahsulotga muayyan talablar ixtiyoriy mavqega ega bo’lib, u standartlarda o’rnatiladi. Standartlar direktivalar talablariga uyg’unlashgan qoida sifatida bo’ladi; mahsulot uyg’unlashgan standartlarga muvofiq yaratilgan bo’lsa, uni direktivalar talablariga muvofiq deb hisoblash mumkin; mahsulot muvofiqligini tasdiqlash jarayoni uyg’unlashgan standartlarga asoslanadi; agar tayyorlovchi uyg’unlashgan standartlardan foydalanishni xohlamasa, unda uchinchi tomon yordami bilan, u mahsulotni direktivalar talablariga muvofiqligini isbotlashga majbur. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling