O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020


Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda sertifikatlashtirish faoliyati


Download 0.99 Mb.
bet56/87
Sana26.02.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1232337
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
Китоб сертификация лотин 2020

4.3. Xalqaro, hududiy va milliy miqyosda sertifikatlashtirish faoliyati


Sertifikatlashtirish sanoati rivojlangan va xalqaro iqtisodiy hamkorlikda rivojlanuvchi davlatlarda oldindan va keng miqyosda foydalanilib, bu davlatlar milliy standart talablariga va davlatda amaldagi boshqa texnik me’yorlarga nomuvofiq mahsulotlarning paydo bo’lishidan o’zining bozorini himoyalaydi. Odatda, rivojlangan davlatlarda bir va aynan shu mahsulotga standartlar, texnik me’yorlar farq qiladi, shu jumladan, sertifikatlashtirish o’tkazish jarayonlari ham, bu esa xalqaro savdoda texnik to’siq deb nomlanuvchi to’siqlarni yaratadi.


Buning asosiy omili bo’lib xalqaro darajada raqiblar hamkorligini bir qiymatligini ta’minlovchi “konsensus” asosida standartlarni qabul qilish hisoblanadi. Ular tashqi va ichki bozorlarda sotuvchi va xaridorlarning o’zaro munosabatini o’rnatish tartiblari qoidalarini belgilab beradi.
Odatda, har bir davlatda bir necha sertifikatlashtirish tizimlari faoliyat yuritadi. Ularning har xilligi va ko’psonliligini turli xil qonuniy asosi, milliy mehnatni muhofazalash, atrof-muhit va sog’liq, iste’molchilarni himoyalash va boshqa sohalardagi standartlashtirish taraqqiyoti va amaliyoti aniqlab beradi.
Bojxona tariflari bilan birga tashqi raqobatdan himoyalovchi davlat xo’jaligi, doimiy va keng qo’llanilayotgan import mahsulotlarni chegaralashning tarifsiz vositasi, ya’ni sog’liqni saqlash, mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish hamda sanitariya, veterinariya va ma’muriy rasmiyatchilik sohasi amaldagi qoidalar va bojxona rasmiyatchiligi qiyinlashishidan tashqari import uchun soliqlar va boshqalar asosida chegeralashni qamrab oladi.
Deyarli barcha mamlakatlarda chegaradan chiqarishga, olib kelinayotgan mahsulotlar nazoratlarni veterinariya (jonivorlar va jonivorlardan tayyorlangan mahsulotlar), fitosanitariya (o’simlik mahsulotlari, oziq-ovqat tovarlari), tez buziladigan mahsulotlarni tekshirish o’ta xavfli kimyoviy moddalar, transport vositalari maxsus xizmatlar ta’minlaydi.
Yaponiya, Xitoy, Koreya, Peru, Turkiya va boshqa davlatlar nafaqat import, balki eksport qilanayotgan mahsulotlar nazoratini amalga oshirishadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling