O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sertifikatlashtirish asoslari darslik Toshkent – 2020
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH)da sertifikatlashtirish faoliyati
Download 0.99 Mb.
|
Китоб сертификация лотин 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh)da sertifikatlashtirish faoliyati.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH)da sertifikatlashtirish faoliyati. Sertifikatlashtirish bo’yicha ishlar har bir MDH davlatlarida «Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to’g’risida»gi qonun qabul qilinganidan so’ng boshlanib, muvofiqlik sertifikati, sinov bayonnomalari, akkreditlangan sertifikatlashtirish idoralari va sinov laboratoriyalari faoliyati hamda sertifikatlashtirish ishlarini o’zaro tan olish to’g’risidagi MDH davlatlari Kelishuvi qabul qilindi. Tan olish uchun bazaviy asos GOST bilan belgilangan mavjud davlatlararo standartlarni qo’llash va ISOG’IEC xalqaro qo’llanmasi bo’yicha bir xildagi sertifikatlashtirish qoidalarini qo’llash hisoblanadi.
Har bir davlatda sertifikatlashtirish milliy tizimi yaratilgan, sertifikatlashtirish va akkreditlashtirish bo’yicha milliy idoralari tashkillashtirish faoliyatini olib boradi. Standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va akkreditlashtirish bo’yicha davlatlararo Kengash tan olish va tizimni rivojlantirish bo’yicha ishlarini amalga oshiradi. 4.4. Chet el davlatlarida sertifikatlashtirish amaliyotiXorijiy mamlakatlarda sertifikatlashtirish va muvofiqlikni baholash faoliyatlariga ham katta e’tibor qaratilgan. Quyida bir qancha mamlakatlarning mahsulot muvofiqligini baholash va xavfsizlik nazoratlarini amalga oshirish sohasidagi amaliy faoliyati to’g’risida ma’lumotlar keltirilmoqda. Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh)da sertifikatlashtirish faoliyati. AQShda sertifikatlashtirish bo’yicha ishlarning huquqiy asosi bo’lib har xil turdagi mahsulotlarning xavfsizligi to’g’risidagi qonunchilik hisoblanadi. Iste’mol tovarlari xavfsizligi to’g’risidagi qonun (1972 y.) asos qilib olingan. Alohida tur mahsulotlari sifati va xavfsizligi masalalari to’g’risidagi qonunlar qatorida: go’sht mahsulotlari sifatining nazorati to’g’risida (1957 y.), to’qimachilik buyumlarini identifikatsiyalash haqida (1958 y.), xavfli moddalarni ogohlantiruvchi belgilar bilan tamg’alash haqida (1960 y.), tibbiyot anjomlari va oziq-ovqat mahsulotlari sifati uchun davlat nazorati to’g’risida (1960 y.), ma’lumot etiketkalari va reklama vositalari to’g’riligi to’g’risida (1966 y.), avtomobil transporti harakatlari xavfsizligini ta’minlash to’g’risida (1966 y.), qishloq xo’jaligi va tez buziluvchi mahsulotlar to’g’risida (1974 y.) va boshqa qator qonunlar chiqarildi. Ushbu qonunlarga muvofiq mahsulotlarni sertifikatlashtirish agar unga amaldagi milliy standartlar qo’llanilsa, shuningdek, uni tashqi va ichki bozorlarda davlat tashkilotlari sotib olsa, majburiy tartibda amalga oshiriladi. Bu mahsulotlar federal me’yoriy hujjatlariga muvofiq tekshiriladi. Bir qancha qonunlarda import qilinayotgan mahsulot xavfsizligi nazoratiga aloqador maxsus qoidalar keltirilgan. Masalan, iste’mol tovarlari xavfsizligi to’g’risidagi qonunda barcha iste’mol mahsulotlari, jumladan, tamaki va tamaki mahsulotlari, avtomobillar va avtomobil qurilmalari (“Milliy transport va avtomobillar xavfsizligi to’g’risida”gi qonun mavjud), pestitsidlar (“Pestitsidlar, fungitsidlar va rodentitsidlar to’g’risida”gi federal qonuni bor), “Import qilinayotgan mahsulotlar” bo’limi mavjud. Unda belgilab qo’yilganki, AQShga import uchun taqdim qilinayotgan ixtiyoriy turdagi iste’mol mahsulotlari bojxona xududidan olib o’tishga ruxsat etilmaydi, agarda ular: iste’mol tovarlari xavfsizligi bo’yicha qoidalarga nomuvofiq bo’lsa; qonunga muvofiq talab qilingan sertifikat va belgisi yoki uning etiketkasi talablarga nomuvofiq yoki birga bo’lmasa. AQSh Federal hukumati mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirishning asosiy uchta toifa dasturini tasdiqladi. Birinchi toifa dasturi foydalanishda individual va umumiy ehtiyojda xavfsizlik xavfini tug’diruvchi va sog’liqqa zarar etkazishga olib kelishi mumkin bo’lgan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirishga mo’ljallangan. Ikkinchi toifa dasturi mahsulot namunasi va ishlab chiqarishni tekshirish yo’li bilan mahsulotning har bir qismi nazorati zaruriyatidan ishlab chiqaruvchini xolis qilish uchun ishlab chiqarilgan. Uchinchi toifa dasturi mahsulot ishlab chiqarish sharoiti va sifatini xolisona baholash, bu mahsulotlarni sotish uchun kerakli shart-sharoitlar sifatida ko’rib chiqadi. Ikkinchi va uchinchi toifa dasturlari majburiy va ixtiyoriy sertifikatlashtirish sifatida qo’llaniladi. Birinchi toifa dasturi doirasida tayyorlovchilar qiziqishi bo’yicha aviatsiya texnikalari, avtomobillar, konteynerlar, shuningdek, magistral truba o’tkazgichlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlari uchun sertifikatlashtirish o’tkaziladi. Sertifikatlashtirish dasturlari oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiyot ashyolari xavsizligi bo’yicha Boshqarma nafaqat odamlar, balki, shu bilan birga, jonivorlar iste’moli uchun mo’ljallangan mahsulotlarni sinashni qo’shib olib boradi. Dori va tibbiyot asboblarni sinash nafaqat xavfsizligiga, balki samaradorligiga ham sinaladi. Ikkinchi toifa dasturi mahsulotlarni sertifikatlashtirilishini Qurolli kuchlar departamenti, Transport departamenti, Savdo departamenti, Qishloq elektrifikatsiya boshqarmasi va boshqa shu kabi davlat tashkilotlarida qo’llanilishiga qaralgan. Agar mahsulotni davlat manfaatlarida xarid qilish zarurati yuzaga kelsa, bu sertifikatlashtirish dasturlari bo’yicha majburiy bo’ladi. Sertifikatlashtirish sinovi ikkinchi toifa dasturida 1300 turga yaqin buyumlar bu sinovdan o’tkazilishi lozim. Bu toifada haydovchilarni alkogol ichimliklarda mastligini aniqlash, qo’l va nogironlarning motorli kolyaskalari uchun asboblarni sertifikatlashtirish dasturi ham ko’rib chiqilgan. Uchinchi toifa dasturi asosan ixtiyoriy hisoblanadi. Uni oziq-ovqatlar turini aniqlash uchun Qishloq xo’jaligi va savdo departamenti ishlab chiqqan. Sertifikatlashtirishning me’yoriy bazasi majburiy va ixtiyoriy standartlar hisoblanib, bu standartlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va chop etish bilan 750dan ko’p tashkilotlar shug’ullanadi, shulardan 400 tasi hukumatga tegishli bo’lmagan tashkilotlardir. Majburiy standartlarni yuritish va ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi Standartlar milliy byurosi (NBS) hukumat idorasi hisoblanadi. Bundan tashqari, milliy majburiy standartlarni elektrotexnik xavfsizlik me’yorlari va kimyo sanoati, qurilish va kemasozlik hamda yong’in xavfsizligi qismlarini (UL) Sinov laboratoriyalari sug’urta kompaniyalari birlashmasi ishlab chiqadi. AQShda sertifikatlashtirish bo’yicha bosh milliy tashkilot mavjud emas. Amerika standartlar instituti (ANSI) tarkibida Sertifikatlashtirish qo’mitasi mahsulotlarni sertifikatlashtirish dasturlarini ro’yxatga olish va ma’qullash, shuningdek, sertifikatlashtirish tartibi hamda sertifikatlashtirish idoralarini tekshirish bilan shug’ullanadi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling