O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sh. Dj. Ergashxodjaeva strategik marketing toshkent 2019


Download 0.53 Mb.
bet17/27
Sana07.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1172352
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
O

Tashqi g‘oyalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: savdo korxonalari; xaridor va iste’molchilar; raqobatchilar; ko‘rgazma va yarmarkalar; turli xil nashrlar; ilmiy tadqiqot institutlari; ta’minotchilar; ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida ishlab chiqarilgan tovarlar; reklama agentliklari; xo‘jalik birlashmalari, vazirliklar va boshqa davlat organlari.

Ichki g‘oyalar qatoriga esa quyidagilar mansub: marketing tadqiqotlari bo‘limlari; texnik va istiqbolli rivojlanish bo‘limlari; patent bo‘limlari; ishlab chiqarish bo‘limi; marketing bo‘limining barcha bo‘linmalari; xalqaro iqtisodiy hamkorlik bo‘limi; tovarni tayyorlash bo‘limi; g‘oyalarni izlab topish va rivojlantirish bo‘yicha doimiy yoki muvaqqat xodimlar guruhlari.
Yangi tovarni rejalashtirish vazifasi tovar siyosatining muqobil va.riant.1a.rim qidirib topish va ishlab chiqish, ularning imkoniyatlari va xatarlarini asoslab berishdan iboratdir. Rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning natijalarini oshirish maqsadida tovar innovatsiyasining g‘oyalarni izlab topish yoki g‘oyalar olish bosqichi, g‘oyalarni baholash bosqichi va g‘oyalarni amalga oshirish bosqichi kabi asosiy muammolarga alohida e’tibor qaratish zarur.
Yangi tovarni rejalashtirish uchun turli xil usullar qo‘llaniladi (7.1-jadval). YAngi tovar haqidagi g‘oyalarni izlab topish va ularni rivojlantirish uchun bozorni tadqiq etish ijodiy izlanish texnikasidan foydalaniladi.
7.1-jadval
Yangi tovarni rejalashtirish usullari

Rejalashtirish bosqichi

Rejalashtirish usullari

G’oyalarni izlab topish

Bozorni tadqiq etish Ijodiy usullar

G’oyalarni tanlash

Baholash usullari CHek-varaq

Iqtisodiy tahlil

Foydani taqqoslash Zararsizlikni baholash usuli Tavakkalchilikni tahlil qilish

Tovarni ishlab chiqish (tayyorlash)

Tovarni ishlab chiqish usullari Tovar namunasini ishlab chiqish Tovar markasini ishlab chiqish texnikasi

Tovarni bozor sharoitlarida sinovdan o‘tkazish

Tovarni testdan o‘tkazish usullari Bozorni testdan o‘tkazish usullari

Bozorga olib kirish

Tarmoqni rejalashtirish texnikasi Marketing vositalari

Bozorga olib kirishni nazorat qilish

Xarajatlarni hisob-kitob qilish usuli Bozorni tadqiq etish

Bu esa mashhur mutaxassislar va bir guruh insonlarning zakovati, ijodiy salohiyatiga asoslanadi. Bunda mantiqiy-sistematik usullar va intuitiv-ijodiy usullarni


140
ajratib ko‘rsatish mumkin. Tovar tavsifnomasi va xususiyatlari anketasi texnikasi, majburiy munosabatlar usuli va morfologik usullar eng tarqalgan mantiqiy-sistematik usullar hisoblanadi.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling