Ishning dolzarbligi shundan iboratki, texnika taraqqiyoti sharoitida insonning predmet va ob’yektlarning real xususiyatiga ko‘ra abstraksiyalashgan turli darajadagi grafik modellari bilan ish ko‘rish qobiliyatiga bo‘lgan talablarning oshib borayotgani hamda chizmachilik masalalarini yechish bilan bog‘liq bo‘lgan talabalarning bilish faoliyatini oshirish muammosi nazariy jihatdan to‘la o‘z yechimini topganicha yo‘q.
Ko‘p yillar davomida chizmachilikdan nashr qilingan darslik, o‘quv-metodik adabiyotlar, didaktik materiallar tahlilidan talabalarning bilish faoliyati va fazoviy tasavvurini rivojlantiruvchi usullarni tarkib toptirish bo‘yicha izlanishlar olib borish kerakligi ham tanlangan muammoning dolzarbligini ko‘rsatadi.
Bugungi kunda respublikamizda ilm-fanning jadal taraqqiy etishi va bilimlarning tez yangilanishi, sifatli va samarali texnika, texnologiyalarning kirib kelishi, zamonaviy axborot – kommunikasiya tizimining barcha soha, jumladan ta’lim jarayoniga tadbiq etilishi va xususan Oliy ta’lim uchun chizmachilik darsliklarining yangi avlodini yaratish hamda ulardan samarali foydalanishni taqozo etmoqda. Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish davr talabidir. Jumladan, hozirgi kunda zamonaviy darsga juda katta talablar qo‘yilmoqda. Bu talablardan biri dars jarayonida informasion texnologiya va elektron qo‘llanmalardan o‘z o‘rnida samarali foydalanishdir. Ammo Oliy ta’lim muassasasi chizmachilik fanida informasion texnologiya va elektron qo‘llanmalardan foydalanishning amaliy va nazariy asoslari haligacha to‘liq o‘rganilmagan. Bu ham tanlangan mavzuning dolzarb ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Ishning maqsadi: Сhizmachilik fanida talabalarning fazoviy tasavvur qilish jarayonida yuzaga kelayotgan mavjud muammolarni barataraf etishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Ishning obyekti: Oliy ta’lim muassasalarida chizmachilik fanini o‘qitish jarayoni.
Ishning predmeti: Talabalarning fazoviy tassavurlarini faollashtirishga undovchi innovatsion texnologiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |