O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti matematika va informatika yo’nalishi mi 21-guruh talabasi karimov ismoilning pedagogik amaliyotidan yozgan hisoboti qabul
Download 0.53 Mb.
|
Hisobot yuz magistr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning tuzilishi.
Ishning vazifalari:
Mavzuga doir manba topish, axborotlarni tartiblash, rejani shakllantirish; Chizmachilik fanlarida talabalarning fazoviy tassavurlarini o‘rganish; Bilish jarayoni, shakl, metod, vositalarini o‘rganish; Talabalarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish; O‘rganilgan ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish; Ishni jihozlash, himoyaga tayyorlash. Ishning tuzilishi. Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati, mundarija va ilovadan iborat. I BOB. CHIZMACHILIK FANIDA TALABALARNING FAZOVIY TASAVVURLARINI OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Chizmachilik fanida talabalarning fazoviy tasavvurlarini oshirishda mavjud usullarning nazariy va amaliy jihatlari tahlili. Chizma geometriya va chizmachilik fani boshqa fanlar singari insonning mehnat faoliyati natijasida paydo bo‘lgan. IX-XI asrlarda Markaziy Osiyo hududida yashab ijod qilgan allomalarimiz Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr al-Farobiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalarning geometriya va astronomiya asarlarida proektsiyalash haqida ayrim ma`lumotlar keltirilgan. Beruniyning ilmiy merosida tabiatni o‘rganish va bilishning ilmiy metodiga katta o‘rin ajratilgan. Beruniy ilmiy metodining xarakterli xususiyatlari ob’yektivlik va oqilana yondoshuv, kuzatish, tajribalar, og‘zaki va yozma yodgorliklarni o‘rganish, dalillarga tanqidiy yondashuv, ularni aqliy xulosalar shaklida mantiqiy umumlashtirish va haqiqatni aniqlash maqsadida qiyoslashdan iboratdir. Jumladan, Beruniy «Kitob at-tafxim» asarida jismga quyidagicha ta’rif beradi: «Jism,-deb yozadi Beruniy,-shundan iboratki, u sezish orqali aniqlanadi va u o‘z-o‘zicha mavjuddir. Jismning chegarasi-sirt, sirtning chetlari-chiziqlar, chiziqning oxiri nuqtadir». Ko‘rinayaptiki, Beruniy avval jismga ta’rif bergan bo‘lsa, Evklid avval nuqtaga ta’rifni berib, eng oxirida jism ta’rifini bergan. Beruniy fazoni o‘lchash haqida gapirib, oltita tomoni-o‘lchovning yo‘nalishlarini aniqlaydi. So‘ngra tekislik, to‘g‘ri chiziq, burchaklar, ularning turlari, doira va undagi chiziqlar, sinus va kosinus, uchburchak, uning turlari va undagi chiziqlar, to‘rtburchakning turlari, parallel to‘g‘ri chiziqlar, ularni bir to‘g‘ri chiziq kesganda hosil bo‘lgan burchaklar, urinma, ichki va tashqi chizilgan shakllar bayon etiladi, shuningdek, to‘g‘ri chiziqli shakllarning yuzalarini aniqlash qoidalari, aylana uzunligi va doira yuzini hisoblash qoidalari beriladi. Asarning stereometriyaga doir bo‘limida kub, prizma, silindr, konus, shar, shar bo‘laklari, sferik shakllar, ularning sirtlari va hajmlarini aniqlash qoidalari berilgan. Shuningdek, konus kesimlaridan iborat ikkinchi tartibli egri chiziqlarning hosil qilinishi, ya’ni konusni turli vaziyatdagi tekisliklar bilan kesganda kesimda aylana, ellips, giperbola, parabola va to‘g‘ri chiziq hosil bo‘lishi haqida ma’lumotlar bor. Beruniy shar ichida besh xil muntazam ko‘pyoqliklar yasash mumkinligini aytib, bu ko‘pyoqlilarga turli xil ta’rif beradi: Ma`lumki, 1918 yilda O‘rta Osiyo va Qozog‘istondagi birinchi tashkil qilingan Oliy o‘quv yurti Turkiston Xalq Universiteti (Hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti) hisoblanadi. Keyinchalik 1920 yilda bu universitet Turkiston Davlat universiteti deb nomlanib, o‘quv jarayonida bir necha yangi mutaxassislik yo‘nalishlari shu jumladan texnika va gidrotexnik inshootlar, qurilish yo‘nalishlari tashkil qilindi. Natijada texnika fakulteti talabalariga fundamental tabiiy fanlar va umum injenerlik fanlari ham o‘qitila boshlandi. Universitetning texnika va qurilish inshootlari yo‘nalishlarida o‘sha vaqtdan boshlab mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlarida hozirgi vaqtda o‘qitiladigan «Chizma geometriya» va «Chizmachilik» fanlari o‘qitila boshlangan deb hisoblash mumkin. Dastlab chizma geometriya va chizmachilik fanlari birgalikda o‘qitilib, o‘quv jarayoni chizmalarni chizish va ularni o‘qiy olishga qaratilgan. 1928 yilda Turkiston Davlat Universiteti tarkibidagi injener-meliorativ fakulteti asosida O‘rta Osiyo paxtachilik irrigatsiya, politexnika instituti tashkil qilindi. Shuningdek 1930-1934 yillarda Universitet tarkibidan bir necha Oliy texnika o‘quv yurtlari ajralib chiqib, bu institutlarda «Chizma geometriya va chizmachilik» kafedralari tashkil qilindi va umummuhandislik fanlari qatorida grafika fanlari ham to‘liq o‘qitila boshlandi. Dastlabki yillarda fanni o‘qitish uchun uning o‘qitish metodikasiga, talabalar bajaradigan chizmalar to‘plamlarini tuzish va yosh o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish kabi ishlarga katta e’tibor berib kelingan. Shiddat bilan rivojlanayotgan va har soatda o'zgarib borayotgan bugungi zamonda intelektual salohiyatli va kreativlik darajasi yuqori kadrlarga ehtiyoj oshib bormoqda. Buni hisobga olgan holda mamlakatimizda ta'lim sohasiga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Shuning uchun ham Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "yangi fikr va yangi g'oya bo'lmasa, taraqqiyot ham, innovatsiya ham yo'q" mazmunidagi mulohaza va talabni keskin qo'ymoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev o'z ma'ruzalaridan birida "...nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o 'quv yurtlaridagi ilm-fanni yanada rivojlantirish muhim vazifa hisoblanadi" deya ta'kidladilar. Mamlakatimizda qurilish, ishlab chiqarish va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish sohalariga katta investitsiyalar kiritilmoqda. Bu sohalarda ishlaydigan malakali mutaxassislarga ehtiyoj katta. Bunday mutaxassislarning tasavvuri va tafakkuri keng, kreativlik darajasi yuqori bo'lishi lozim. Ta'lim muassasalaridagi asosiy e'tibor mana shunday iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni sohalarga to'g'ri yo'naltirish davr talabi bo'lib qolmoqda. Bunday mas'uliyatli vazifani bajarishda texnika va pedagogika oliy o'quv yurtlarida professor-o'qituvchilar halol mehnat qilib kelmoqdalar. Xususan, chizma geometriya va chizmachilik, muhandislik kompyuter grafikasi fanlarining ham o'z o'rni va amaliy ahamiyati mavjud. Chizma geometriya va chizmachilik fanlari talabalarning fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlantirishda boshqa fanlarga nisbatan ma'lum ma'noda ustunlikka ega. Chunki bu fanlarda uch o'lchamli fazoda joylashgan geometrik shakllarning ikki o'lchamli tekislik yoki sirt ustidagi tasvirini yasash usullari tadqiq qilinadi. Bundan tashqari bu fanlardagi qoidalar orqali geometrik shaklning tekislikda tasvirlangan chizmasi orqali uning fazoviy holati, shakli-shamoyilini tiklash mumkin. Bu yerda fazodan tekislikka, va aksincha, tekislikdan fazoga "ko'chish"ni anglash, tushunish, "hazm" qilish uchun kishidan kuchli fazoviy tasavvur va tafakkur talab qilinadi. Tasavvur va tafakkurlar psixologiyada bilish faoliyatiga oid operatsiyalar hisoblanadi. Tasavvur - arabcha so'zdan olingan bo'lib, o'ylash, xayol qilish, ko'z oldiga keltirish, o 'ylab zehnda gavdalantirish degan ma'nolarni beradi. Tasavvur qilmoq - falsafa va psixologiyaga oid termin sifatida idrok qilingan, his etilgan narsa yoki hodisaning kishi onggida aks etishi, gavdalanishi. Tasavvur - hayol uchun asosiy qurilish materialidir. Aslini olganda, hayol -tasavvurning qayta o'zgartirilishidan iboratdir, ya'ni ularni fikran qismlarga ajratish, birlashtirish, transformatsiya qilish va hokazo. Odamning faoliyatida hal qiluvchi rolni erkin hayol ya'ni faoliyatning maqsadga yo 'naltirilgan erkin hayoli o'ynaydi. Talaba fazodagi geometrik shaklni ko'radi va uni idrok qiladi. Shuningdek uning tekislikdagi ortogonal proyeksiyasini qurishni o'zlashtiradi. Demak, talaba bilish faoliyatining idrok va tasavvur operatsiyalarini o'zidan "o'tkazdi." Bunda dars davomida turli ko'rgazmali plakatlar, animatsiyalardan foydalaniladi, chunki nuqta, chiziq, tekislik kabi geometrik shakllar abstract tushunchalardir. Natijada vizual idrok hosil qilinadi. Hayotda hech qachon nuqtani, chiziqni yoki tekislikni ko'z bilan ko'rib va qo'l bilan ushlab bo'lmaydi. Bular fanda qabul qilingan terminlar bo'lib, turmush va texnikadagi barcha detallar, buyumlar va hattoki tabiatdagi obyektlar ham nuqta, chiziq va tekisliklarning o'zaro kombinatsiyasidan hosil bo'ladi. Nuqta, to'g'ri chiziq va tekisliklar oddiy geometrik shakllar bo'lib, ular orasidagi turli pozitsion va metrik masalalar yechish o'quv adabiyotlarida keltirilgan. Hatto chizma geometriya fanidan olimpiada masalalarining ko'p qismi ham aynan ularga oid masalalardan tuzilgan. Olimpiada masalalarini yecha olish uchun talabada kreativlik rivojlangan bo'lishi kerak. Chizma geometriya va chizmachilik fanlaridan talabaning kreativligi bevosita undagi tasavvur va tafakkurning rivojlanganlik darajasiga bog'liq bo'ladi. Hozirgi kunda chizma geometriya va chizmachilik fanlaridan bo'lajak o'qituvchilar tayyorlash davomida ularda tasavvur va tafakkurni rivojlanish darajasi qoniqarli holatda emas. Talabalarda fazodan tekis chizmaga va aksincha, tekis chizmadan fazoga fikran, hayolan o'ta olish, fazodagi turli geometrik yasashlarni ko'z oldiga keltira olish darajasi sustligicha qolmoqda. Mazkur muammoni bartaraf etish uchun pedagog olimlar, chizmakashlar tomonida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bizning ilmiy ishimizda ham mazkur muammoni bartaraf etishga qaratilgan fikrlarimiz bayon qilinadi. Biz bir qator pozitsion masalalarni yechish va uni o'qitish jarayoniga o'z metodik qarashlarimizni taklif qilamiz. Bizning tadqiqotimizda bitta pozitsion masala namuna sifatida keltirilgan bo'lib, uni o'qitish jaraonida talabaning fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari ko'rsatib o'tiladi. Avvalo pozitsion masala deb qanday masalalarga aytiladi? degan savolga javob beraylik. "Ikki geometrik shaklning o'zaro vaziyatidan hosil bo'lgan uchinchi geometrik shaklni aniqlashga qaratilgan masalalarga pozitsion masala deyiladi". Masalan, ikki tekislikning kesishishi, to'g'ri chiziqni tekislik bilan kesishishi, ikki sirtning kesishishi, o'zaro parallel va perpendikular tekisliklar o'tkazish va boshqalar.Biz to'g'ri chiziqning izlarini aniqlashga oid grafik masalani namuna sifatida ko'rsatamiz. To'g'ri chiziqning proyeksiyalar tekisliklari bilan kesishish nuqtalari to'g'ri chiziqning izlari deyiladi.Fazodagi umumiy vaziyatdagi to'g'ri chiziqning uchta izi, ya'ni mos ravishda gorizontal, frontal va profil izlari bo'ladi. Proyeksiyalar tekisliklaridan biriga parallel bo'lgan to'g'ri chiziqlarning ikkita izi, proyeksiyalovchi to'g'ri chiziqlarning bitta izi bo'ladi. Bu yerda to'g'ri chiziq 1- geometrik shakl, proyeksiyalar tekisligi 2- geometrik shakl. Ularning o'zaro munosabatidan hosil bo'lgan kesishish nuqtasi 3 - geometrik shakl. Demak, masala albatta pozitsion masala ekan. Masala yechimini talabaga bosqichli algoritm orqali tushuntirish kerak. Chunki batartibli ish kishi xotirasida mustahkam joylashadi. Hozirgi fan va texnikaning taraqqiy etgan davrida chizmachilik fanisiz biror bir narsani yasash yoki loyihalash mumkin emas. Chunki ishchi chizmani o‘qir ekan, konstruktor chizgan narsani ko‘z oliga keltiradi va har bir detalni to‘g`ri, aniq yasashda chizmadan foydalanadi. Chizmalar zavoddan –zavodga, korxonadan-korxonaga, bir davlatdan ikkinchi davlatga yuborilishi mumkin, Chunki texnikaning tili butun dunyoda yagona, u ham bo‘lsa –chizmadir. Ishlab chiqarishda biror buyumni masalan, mashina va mexanizmlarning detallarini yasash hamda ularni yig`ish, shuningdek bino va inshoatlar yoki bir buyumni yasash uchun ularning chizmalari bo‘lishi zarurdir.Chunki chizmalarsiz buyumlarni aniq yasab bo‘lmaydi. Buyumning shakli va o‘lchamlarini tekislikda aniq ko‘rsatadigan tasvir kompleks chizma yoki qisqacha qilib chizma deyiladi. Texnikaviy chizmalarni to‘g`ri tuzish usullari, shuningdek chizma xo‘jaligining barcha sohalarini to‘g`ri tashkil qilish haqidagi fan chizmachilikdir.Chizmachilikda tutashmalarga alohida e`tabor berib o‘tilgan uning chizmachilikda yoki hayotda tutgan o‘rnini keng yoritib berishga harakat qilingan. Chunki mashina stanok, apparatura o‘lchov asboblari, kompyuter, elektr buyumlari kabi buyumlarni ishlash printsipini, sozlash, ularning yig`ish chizmalari yoki yaqqol tasvirlari asosida o‘rganish nihoyatda murakkab bo‘lganligi uchun ko‘p hollarda oddiyroq grafik tasvirlardan foydalaniladi.Ularni yasashda va ixtirolarda tutashmalardan bevosita qo‘llaniladi. Turli mashina va mexanizmlarning detallarini yasash uchun tuzilgan fanning mashinasozlik chizmalarni chizish usullarini o‘rgatadigan qism Mashinasozlik chizmachilik deb ataladi. Bino va inshoatlarni qurishda ishlatiladigan chizmalar injenerlik qurilish chizmalari deb ataladi va hokazo. Chizmada buyum to‘liq va yaqqol aks ettirilishi uchun u chizma geometriyaning qonun qoidalariga asosan bajarilgan bo‘lishi kerak, bundan tashqari chizmalarni tuzishda davlat standartlari GOST larda bayon qilingan qoida hamda normallarga qat`iy rioya qilish va ularni so‘zsi bajarish zarur bo‘lib hisoblanadi. Yuqorida aytib o‘tilganidek tutashma talabalarning fazoviy tasavvurini qo‘zg`aluvchanligini rivojlantirish va o‘stirish vositasi sifatida tutgan o‘rni muhim hisoblanadi. Chunki bu mavzuni psixologik va pedagogic taraflama yoritib tushuntiradigan bo‘lsak uning qanchalik ahamiyatga ega ekanligi yaqqol namoyon bo‘ladi. Chizmachilik va chizma geometriya fanlari o‘quvchilarni fazoviy tasavvurini o‘stirishni va rivojlantirishni asosiy bosh maqsad deb uni rivojlantirish uchun harakat qilinadi.Fazoviy tasavvursiz chizmachilik va chizma geometriyani tushinish, chizish yoki o‘qish juda og`ir kechadi, xuddi jilovsiz otga o‘xshaydi. Shuning uchun chizmachilik va chizma geometriyada avvalida fazoviy tasavvurlar keng ma`lumotlar beriladi, unga doir masalalar bilan mustahkamlanadi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling