O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi shahrisabz davlat pedagogika instituti ijtimoiy fanlar fakulteti tarix yunalishi 103 guruh talabasi eshonqulov diyorbekning qadimgi va o’rta asrlar tari fanidan tayyorlagan


Download 211.65 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi211.65 Kb.
#1604506
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
EHONQULOV DIYORBEK


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI TARIX YUNALISHI 103 - GURUH
TALABASI ESHONQULOV DIYORBEKNING
QADIMGI VA O’RTA ASRLAR TARI FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
MAVZU: ILK O’RTA ASRLARDA ERON


ILMIY RAHBAR : B. BOBOJONOV


SHAHRISABZ-2023
REJA
Kirish…………………………………………………


I.BOB ILK O’RTA ASRLARDA ERON TARIXI O’GANILISHI


1.1. Ilk o’ta asrlar Eron tarixiga oid manbalar……………………..


1.2. Ilk o’rta asrlarda Eronda madaniy hayot………………


II.BOB SOSONIYLAR DAVLATI


2.1. Sosoniylar davlatining tashqi siyosati………………


2.2. Xisrav I Anushervin davrida Eron……………………..


Xulosa………………………………………


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati……………………………..


Ilovalar………………………………………………….


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod boʻlgan taqdirdagina, oʻz hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega boʻladi. “Haq berilmas, haq olinur! deb millat ozodligi yoʻlida jonini fido qilgan ulugʻ ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham shu edi1
Doimo insoniyatni oldinga undovchi omillardan biri tarixiy xotiradir. “Har qaysi xalqning milliy qadriyatlarini o’z maqsad-muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi2
Eron qadimiy va yuksak darajada rivojlangan sivilizatsiya mamlakatidir. Uning aholisi miloddan avvalgi III - ming yillikning boshlarida tarixiy taraqqiyot yo'liga birinchilardan bo'lib kirgan. Murakkab tarixiy taqdirlarga qaramay, Eron xalqi ming yillar davomida o‘z madaniyatini saqlab keldi va uzluksiz rivojlandi, shu bilan birga qo‘shni va uzoq mamlakatlarga madaniy ta’sir ko’rsatdi . O‘zaro ichki kurashlar va Rim bilan urushlar mamlakatni kuchsizlantirdi. Eron yerlarini yangidan birlashtirish Fors viloyatidan boshlandi. Forsdagi Darabgerd qal’asining hukmdori Ardasher (soson urug‘idan) bir necha hokimliklarni birlashtirib, Eronni janubiy yarmida boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Yangi tashkil topgan podsholikda quldorlik tizimi inqirozi boshlanib, feodal munosabatlar jadallik bilan rivojlandi. V asrning oxiriga kelib feodal munosabatlarning belgilari yanada yorqin namoyon bo‘la boshladi. Sosoniylar sulolasi ayniqsa Xisrav I Anushervon davrida o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishdi. Kurs ishining dolzarbligi yurtimiz tarixida o’z o’rniga ega bo’lgan Parfiya davlatining mustamlakasi bo’lgan Ilk o’rta asrlardagi Eron davlatining o’z mustaqilligiga erishishidan tortib keyinchalik bu davlatning kuchayib Imperiyaga asos solganligi Rim ,Turk xoqonligi kabi davlatlatlar bilan olib borilgan urushlar siyosiy, madaniy va diniy sohalarda olib borilgan islohotlar fan va madaniyatning qay darajada taraqqiy qilganligi amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari hamda ulkan hududni egallagan imperiyaning inqirozga yuz tutish sabablarini atroflicha o’rganish hisoblanadi.
Eronda Sosoniylar sulolasi hukumronligi III asrdan tortib Arab xalifaligi Eronni istilo qilgan( VII- asr)dan keyingi davrgacha davom etgan. Sosoniylar davrida Eron hududi anchagina kengayadi sulola davrida Ipak yo’lining janubiy tarmoqlarini o’z nazoratlariga oladilar. Rim hamda Turk xoqonligi bilan ayovsiz janglar olib borildi kurs ishimning davomida bu haqida batafsil yoritaman. Sosoniylar davrini biz ikkilanmasdan Eron tarixidagi eng yorqin davrlardan biri sifatida keltirishimiz mumkin.

Download 211.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling