O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Organizmda surunkali suyuqlik yig‘ilishida samarali diuretik davolash
Download 3.02 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diuretik preparatlarga rivojlangan refrakterlik sabablari va ularni bartaraf etish usullari Diuretiklarga nisbatan
- Talaba bilishi kerak
- Talaba bajara olishi lozim
- Fanlararo va fanlar ichra aloqalar
Organizmda surunkali suyuqlik yig‘ilishida samarali diuretik davolash o‘tkazish tamoyillari. Organizmda kam miqdorda suyuqlik ushlanib qolganda (surunkali qon aylanish etishmovchiligi IIA daraja), homiladorlik toksikozlari, semizlik, glyukokortikoidlar qabul qilishda) o‘rtacha kuchli diuretiklarni, ya’ni «tiazid» va «notiazidlar», diakarbni buyurish ko‘rsatilgan. Ko‘pincha gipotiazid (min samarali dozasi 25 mg) qo‘llanadi. Siklometiazid (navidreks) 0,0005 g; politiazid (renez) 1, 2 va 4mg; indapamid (arifon) 2,5 mg; oksodolin (gigroton, xlortalidon) 0,025, 0,05 va 0,1 g; klopamid (brinaldiks) 0,02 g; ksipamid 0,02 g; metazolon 0,0025, 0,005 va 0,01 g tabletkalari ham qo‘llanadi. Davolash kichik dozalardan boshlanadi. Sutkalik diurezni ortishi 1-2 l. tashkil etishi lozim. Samara etarli bo‘lmaganda preparatning dozasi oshiriladi (masalan, gipotiazid 100-150 mg/cut; oksodolin 200mg; klopamid 20-60 mg; indapamid 5mg). Har bir preparatning dozasi har bir bemor uchun shunday alohida tanlanadiki, bunda sutkalik diurez miqdori qabul qilinayotgan suyuqlik miqdoridan 1,5-2 barobar ko‘p bo‘lishi lozim. Diuretiklarni har kuni shish sindromi to‘liq yo‘q bo‘lguncha buyuriladi, so‘ng «ushlab turuvchi» davolashga o‘tiladi. Diuretiklarni katta bo‘lmagan dozada haftasiga 2-3 marta buyuriladi. Diuretiklarni buyurish miqdori organizmda suyuqlikni ushlanib qolish darajasiga bog‘liq: 1 l. suyuqlik ushlanib qolganda navbatdagi diuretikni qabul qilish lozim. «Ushlab turuvchi» davolashda preparat dozasi shunday tanlanadiki, bunda diurez miqdori qabul qilingan suyuqlik miqdoriga teng yoki undan biroz ortiq bo‘lishi kerak. Kuchli shish sindromida (surunkali qon aylanish etishmovchiligining IIB – III darajasi, nefrotik sindrom, jigar sirrozidagi assit) kuchli diuretiklarni asosan og‘iz orqali qabul qilish ko‘rsatilgan. Furosemid 80 mg; uregit 50-100 mg; bumetanid 2 mg boshlang‘ich dozada buyuriladi. Maksimal dozada buyurilgan o‘rtacha kuchli
257
diuretiklar ham yaxshi samara berishi mumkin. Masalan, gipotiazid 200 mg; klopamid 80 mg, oksodolin 300 mg. Biroq, bu preparatlar koptokchalar filtratsiyasi 30 ml/min dan pasayganida samara bermaydi. Diurez miqdori biroz ortsa (0,5-1 l) yoki natija bo‘lmasa, shish sindromi saqlanib qolsa, u holda qovuzlog‘li diuretiklar miqdori oshiriladi yoki bir nechta diuretiklar kombinatsiyasi buyuriladi. Qovuzlog‘li diuretiklarni kaliysaqlovchilar bilan birga qo‘llash maqsadga muvofiq. Bunday kombinatsiya qo‘llanganda preparatlarning mos keluvchi dozalar miqdorini tanlab buyurish kerak. Agarda furosemid 80 mg dozada buyurilsa, u holda veroshpiron 150 mg, amilorid 15 mg; furosemid 120-160 mg dozada berilsa, veroshpiron kamida 200 mg, amilorid 20 mg dozada buyuriladi. Faol diuretik davolash davrida kaliysaqlovchi va qovuzlog‘li diuretiklarni har kuni buyuriladi. Qovuzlog‘li diuretik 2 tabletkadan ortiq bo‘lsa, 2 mahal berish lozim (masalan, soat 8 va 14 da, ovqatdan oldin). Diuretikni bo‘lib qabul qilish diurezni ravon va uzoq ajralishiga olib keladi. Kaliysaqlovchi diuretiklarni sutkasiga 2-3 mahal buyuriladi. Qovuzlog‘li va kaliysaqlovchi diuretiklar har kuni qabul qilinganda spironolaktonning maksimal oshiruvchi ta’siri davolashning 3-4 kuniga borib boshlanadi. Ushlab turuvchi davolash davrida esa qovuzlog‘li diuretiklar bo‘lib– bo‘lib (har 1-2 kunda yoki 3-4 kun oralatib) buyuriladi. Kaliysaqlovchi diuretiklarni 3-4 xafta buyurib, 1-2 xafta tanaffus qilish tartibida beriladi. Agarda qovuzlog‘li va kaliysaqlovchi diuretiklar kombinatsiyasini qo‘llashdan samara bo‘lmasa, u holda davolashga «tiazidli» (gipotiazid 50-200 mg har kuni) yoki «notiazidli» (brinaldiks 20-40 mg/sut., yoki oksodolin 50-300 mg/sut.) preparatlar qo‘shimcha buyuriladi. Diuretik ta’sir qovuzlog‘li diuretiklarni tiazidli preparatlar bilan birga qo‘llaganda, yoki furosemidni uregit bilan birga buyurganda ham ortadi. Og‘ir darajali shish sindromini davolashda qo‘llash mumkin bo‘lgan taxminiy diuretiklar kombinatsiyasini keltiramiz: furosemid 80 mg, gipotiazid 100 mg, veroshpiron 100 mg; furosemid 80 mg, oksodolin 100 mg, veroshpiron 100 mg; furosemid 80 mg, uregit 100 mg, triampur kompozitum 2-4 tabletka, oksodolin 50 mg, veroshpiron 100 mg. Kombinatsiya uchun preparatlar tanlanganda ularni nefronning turli bo‘laklariga ta’sir etishi va turlicha ta’sir mexanizmiga ega bo‘lishini e’tiborga olish 258
lozim. Bundan tashqari, preparatlarning maksimal ta’sirini rivojlanish vaqti (masalan, furosemidniki 30-60 minutdan so‘ng, gipotiazidniki 2-4 soatdan so‘ng) va ta’sir davomiyligi (furosemid 6 soatgacha, gipotiazid 12 soatgacha) bir-biri bilan mos kelmasligi ham ijobiy o‘rin tutadi. Diuretik moddalarning patentli kombinatsiyalangan shakllari ham chiqariladi: triampur kompozitum (triamtren 25 mg va gipotiazid 12,5 mg); moduretik (amilorid 5 mg va gipotiazid 50 mg); furezis (furosemid 40 mg va triamtren 50 mg); amilorid kompozitum (amilorid 5 mg va gipotiazid 50 mg) va boshqalar. Kombinatsiyalangan preparatlarni odatda kuniga 1-3 mahal buyuriladi. Ko‘rib turganimizdek, har bir kombinatsiyaga aldosteronning konkurentli va nokonkurentli ingibitorlari kiradi. Oxirgi yillarda surunkali qon aylanish etishmovchiligi va shish sindromining rivojlanishida aldosteronning tutgan o‘rni muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi. Aldosteronli retseptorlar faqat buyrakdagina emas, balki yurak, periferik tomirlarda ham bor. Aylanayotgan va to‘qimadagi aldosteron kardiomiotsitlar retseptoriga ta’sir qiladi, fibroblastlarni faollashtiradi, bu esa kollagen sintezini oshirib, interstitsial miokardial fibrozni rivojlanishiga olib keladi, diastolik disfunksiya va qon aylanishi etishmovchiligi zo‘rayishini rag‘batlantiradi. Veroshpiron faqat diuretik va kaliysaqlovchi ta’sirlarga ega bo‘libgina qolmay, balki miokardning interstitsial fibroz va periferik tomirlarning «remodelirovaniyasini» oldini ham oladi. Ba’zi olimlar veroshpironni surunkali qon aylanishi etishmovchiligining II FS dan boshlab buyurishni tavsiya etmoqdalar. Diuretiklar odatda ichishga buyuriladi, quyidagi hollarda vena ichiga yuboriladi: - bemorda o‘tkir chap qorincha etishmovchiligi rivojlanganda (o‘pka shishi); - kuchli shish sindromi bilan kechuvchi og‘ir darajali surunkali qon aylanish etishmovchiligida diuretiklarning so‘rilishi buzilganda va og‘iz orqali qabul qilinganda samarasi etarli bo‘lmasa. Og‘ir hollarda qovuzlog‘li diuretiklarni 2 marta parenteral usulda (m/o va v/i) yoki katta dozadagi furosemidni (250mg va undan ko‘proq) vena ichiga tomchilab yuborish mumkin. (13 jadvalga qarang). 259
Har kuni, uzoq vaqt davomida qovuzlog‘li diuretiklar, jumladan, furosemid qabul qilinganda (ayniqsa, bir xil dozada) ularga nisbatan refrakterlik rivojlanishi mumkin.
Diuretiklarga nisbatan refrakterlik elektrolit, kislota–ishqoriy muvozanatlarni bo‘zilishi, ikkilamchi giperaldosteronizm, gipoalbuminemiya, buyrak qon oqimi va koptokchalar filtratsiyasining kamayishi va hokazo bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qon aylanish etishmovchiligining turli darajasini davolashda diuretiklarni tanlab buyurish Diuretik preparatlar Qon aylanish etishmovchiligi II A
II B III
Tiazidlar va tiazidsimonlar + - - Qovuzlog‘li - +
Kaliysaqlovchi + - - Tiazidli + Kaliysaqlovchi + +
Qovuzlog‘li + Kaliysaqlovchi - + + Qovuzlog‘li + Tiazidli + Kaliysaqlovchi - -
Diuretik preparatlarga rivojlangan refrakterlik sabablari va ularni bartaraf etish usullari Diuretiklarga nisbatan refrakterlik sabablari Korreksiyalash usullari Giponatriemiya (kam natriy tutuvchi parxez vaqtida uzoq vaqt diuretik qabul qilish) Furosemidni vena ichiga yuborishdan oldin 10% - 10-20 ml natriy xlor yuboriladi. Gipokaliemiya
«Kaliyli» parxez; kaliy preparatlari og‘iz orqali yoki vena ichiga yuboriladi yoki kaliysaqlovchi preparat bilan 260
kombinatsiyalanadi. Giperaldosteronizm Aldosteron ingibitorlari (veroshpiron) buyuriladi. Faol yallig‘lanish jarayoni Antibakterial, yallig‘lanishga qarshi DV buyuriladi Gipoproteinemiya Oqsil preparatlari - plazma, albumin, poliglyukin quyiladi. Giposiya, gipoksemiya Giperbarik oksigenatsiya o‘tkaziladi. Pletora + qon bosimni ortishi
Qaytadan qon chiqariladi, jigar soxasiga zuluk quyiladi. Arterial gipotoniya Glyukokortikoidlar, tomirlar tonusini oshiruvchi preparatlar buyuriladi. Ikkilamchi giperaldosteronizm surunkali qon aylanish etishmovchiligining og‘ir bosqichi, nefrotik sindrom va jigar sirrozi bemorlarida refrakterlik rivojlanishining muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, qovuzlog‘li va tiazidli diuretiklarga nisbatan kompensator reaksiya ko‘rinishida rivojlanishi ham mumkin. Aldosteron ingibitorlarini buyurish bilan refrakterlikni engish mumkin. Buyrak etishmovchiligining asoratlaridan biri organizmda natriy va suv miqdorini ortib ketishidir, bu holni koptokchalar filtratsiyasi tezligi past bo‘lgani sababli bartaraf etish qiyin. Bunday holatda refrakterlik sabablaridan biri, diuretiklarni siydikka yomon o‘tishi bo‘lishi mumkin. Bunday refrakterlikni og‘iz orqali yoki vena ichiga katta dozada (500-2000 mg) furosemid berish yo‘li bilan bartaraf etish mumkin. Surunkali qon aylanishi etishmovchiligining og‘ir darajasida og‘iz orqali qabul qilinadigan diuretiklarning so‘rilishi qiyinlashadi va tabiiy, erishiladigan samara ham past bo‘ladi yoki umuman bo‘lmaydi. Bunday hollarda refrakterlik qovuzlog‘li diuretiklarni vena ichiga yuborish usuli bilan bartaraf etiladi. Alternativ modda sifatida bumetanidni qo‘llash mumkin, chunki u furosemidga nisbatan me’da-
261
ichak yo‘lida yaxshiroq so‘riladi va og‘iz orqali berilsa ham bo‘ladi. Bundan tashqari, tiazidli preparat – metazolonni ham qo‘llash mumkin, kuniga 2,5-10 mg dan buyuriladi. Bu preparat faol diuretik bo‘lib, nefronning barcha bo‘laklariga ta’sir etadi, kuchli diurez chaqiradi. Gipokaliemiyada kaliyga boy parhez buyuriladi, vena ichiga tomchilab kaliy xlor yoki pananginni glyukoza eritmasida insulin bilan birga yuboriladi. Gipoproteinemiyani bartaraf etish uchun 20% - 100-150 ml albumin kun ora vena ichiga tomchilab yuboriladi (3-4 marta), bundan tashqari, yangi muzlatilgan plazma yuborish ham mumkin. Agarda refrakterlik gipoksiya natijasida rivojlangan bo‘lsa, u holda giperbarik oksigenatsiya o‘tkaziladi. Baroterapiya o‘tkazish sharoiti bo‘lmasa, ingalyasion kislorodli terapiya o‘tkazish mumkin. Arterial gipotoniya hollarida tomirlar tonusini oshiruvchi preparatlar (dopamin, dobutamin) yoki glyukokortikoidlar buyuriladi. Ba’zida, diuretiklar ta’sirini oshirish uchun qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasa, 2,4% - 10-15 ml eufillinni vena ichiga juda sekin yuborish mumkin. Eufillin natriyni kanalchali reabsorbsiyasini kamaytirib, buyrak qon oqimi va koptokchalar filtratsiyasini oshiradi. Furosemidni vena ichiga yuborgandan 40-50 minut o‘tgach, eufillin yuborish tavsiya etiladi.
tahlil qilish, rejalashtirish, progno‘zlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur metodni baholash va mustahkamlash maksadida qo‘llash samarali natijalarni beradi. Bu metoddan maqsad, talabalarda ma’lum bir faoliyat yoki tushunchalarning ketma-ketligi, uzluksizligi, bog‘liqligi, bosqichma-bosqichligi hamda tartibini aniqlash malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat. Buning uchun pedagog tomonidan ma’lum ketma-ketligi mavjud bo‘lgan faoliyat yoki tushunchaning o‘rinlari almashtirilgan holda beriladi. Talabalar ushbu ketma-ketlikni topishi, tartibga keltirishi, o‘z o‘rniga qo‘yib chiqishi lozim. Bu 262
topshiriqda talabalar o‘z javoblarini va guruhiy javobni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. To‘g‘ri javob e’lon qilingandan so‘ng talabalarni baholash mumkin. Bunday
topshiriq talabalarni fikrlashga undab,
mavzu bilimlarini mustahkamlashga, aniqlashtirishga va tafakkurni rivojlantirishga yordam beradi.
“Mevali daraxtni” katta o‘lchamli karton, 8ta varaqa, old tomondan meva rasmi tushurilgan, orqasida savol yozilgan. O‘qituvchi o‘yin qoidalarini tushuntiradi. Talabalar ikki guruhga bo‘linadilar, so‘ng o‘qituvchi umumiy savolni beradi. Har bir guruhdan bittadan talaba navbatma-navbat javob beradilar. Javob to‘g‘ri bo‘lsa o‘qituvchi meva beradi va u daraxtga knopka bilan sanchiladi. Javob berolmasa meva berilmaydi. Qaysi guruh ko‘proq meva yig‘sa o‘sha guruh g‘alaba qozonadi. Nazorat savollari: 1. Diuretiklar bilan o‘tkaziladigan davolash tamoyillari. 2. Diuretiklar bilan davolash samaradorligi va xavfsizligini nazorat qilish usullari. 3. Diuretiklarning nojo‘ya ta’sirlari va ularni korreksiyalash.
263
4. Diuretiklar nojo‘ya ta’sirlarini oldini olish yo‘llari. 5. Diakarb va osmotik diuretiklarni qo‘llashga qarshi ko‘rsatmalar. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Mavlyanov I.R., Kats P.S., Maxkamova R.K. Klinik farmakologiya. Toshkent. 2012 2. Mamatov YU. Klinik farmakologiya, Toshkent, 2010. 3. Kats P.S., Mavlyanov I.R., Maxkamova R.K., Daminova L.T. Klinik farmakologiya. (ratsional farmakoterapiya masalalari) T., 2004. 264 s. 4. Belousov YU.B. Klinicheskaya farmakologiya i farmakoterapiya, M., 1997; 2000.
5. Kukes V.G Klinicheskaya farmakologiya, M., 2012 4-amaliy mashg‘ulot: Arterial gipertoniyalarda dori vositani tanlash va qo‘llashga klinik-farmakologik yondoshish. O’quv mashg’uloti maqsadi: Arterial gipertenziya sindromining og‟irlik darajasini xisobga olgan holda gipotenziv dori vositalarini tanlashni o‟rganish. - Bemor yoshi, eliminasiyalovchi a‟zolar holati, arterial gipertenziyaning og‟irlik darajasini (yumshoq, o‟rta og‟irlikdagi, og‟ir, gipertonik kriz, kechiktirib bo‟lmas gipertenziv holatlar) xisobga olgan holda antigipertenziv preparatlar (P- preparat) dozalash tartibini belgilashni o‟rganish. - Bemordagi arterial gipertenziya darajasini va tanlangan preparat(lar) xavfsizligini xisobga olgan holda uzoq muddatli gipotenziv terapiyani rejalashtirishni o‟rganish. - O‟tkazilayotgan terapiyaning samaradorligi va havfsizligini baholash kriteriylari va muddatlarini aniqlashni o‟rganish.
264
- talabada turli patologik holatlarda mantiqiy mushohada yuritish, gipotenziv dori vositalarini qo’llashga klinik mushohada bilan yondashishni rivojlantirish. Talaba bilishi kerak: - Gipotenziv dori vositalarining klassifikasiyasini; - Gipotenziv dori vositalarining ta‟sir mexanizmini; - Gipotenziv dori vositalarining tayinlashda kursatma va karshi kursatmalarni; - Dori vositalarini dozalash rejimini; - Dori vositalarini nojuya ta‟siri va uni bartaraf etish yullari; - Gipotenziv dori vositalarining xavfli kombinasiyasi, preparatlarni o‟zaro ta‟sir moxiyatini; - Gipotenziv dori vositalarining kullanilishidagi samaradorlik va xavfsizlikni nazorat kilish usullarini. Talaba bajara olishi lozim: Tematik bemorlar farmakoterapiyasini quyidagi xolatlarni e‟tiborga olib taxlil qilish: - o‟tkazilayotgan farmakoterapiyani ushbu patalogiyani davolash standartlariga mosligi - gipotenziv dori vositalarini tanlashda paydo bo‟lgan patalogik xolat va qator omillar ta‟sirini xisobga olib individual yondashuv - dozalash rejimi va asoslash - davolash xavfsizligi va effektivligini nazorat qilish - bo‟lishi mumkin bulgan nojuya ta‟sirlarni taxmin qilish va ularni korreksiyalash - dori vositalarni rasional va/yoki norasional kombinasiyalash Motivasiya - Talabalarga amaliyotda ko‟p uchrovchi AG sindromini davolashda qo‟llaniladigan antigipertenziv dori vositalari klinik farmakologiyasini o‟rgatish. Arterial gipertenziya sindromini davolashdan maqsad – kasallikning asoratlarini 265
oldini olish (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, o‟tkir bosh miya qon aylanishi etishmovchiligi, nefropatiya va boshqalar.). Ko‟pgina bemorlar umrbod gipotenziv terapiyaga muxtojdirlar. Davolash choralarining asosiy komponenti bemorlarga davolash maqsadi, vazifalari va samaradorligini tushuntirishdan iborat, chunki bu bemoralarni davolashga moyilligini oshiradi. Vrach bemorga quyidagilarni tushuntirishi kerak: 1) uzoq muddatli davolash zarurligini 2) sub‟ektiv kechinmalar xar doim xam AG og‟irlik darajasini ko‟rsatmasligini, 3) to‟g‟ri davolanish hayot sifatini va prognozini yaxshilashini. SHu munosabat bilan, talabalar tomonidan arterial gipertenziyaning turli formalarida medikamentoz davolash, rasional davolash bo‟yicha nazariy bilimlarga ega bo‟lish ahamiyatlidir. - Bo’lajak farmatsevtlarni shakllantirishda dori vositalarini rasional qo’llash tamoyillarini bilish muhim o’rin egallaydi. Olingan nazariy bilimlar va amaliy ko’nikmalar hajmi talabaga kelajakdagi amaliyotida yordam beradi. Fanlararo va fanlar ichra aloqalar Ushbu mavzuni o‟rganish talabalarning yurak-qon tomir tizimi fiziologiyasi, patofiziologiyasi, ichki kasalliklar propedevtikasi, terapiya, gipotenziv dori vositalarining klinik farmakologiyasi to‟g‟risida bilimlariga asoslangan. Mashg‟ulot davomida olingan bilimlar ular tomonidan tayorlash bo‟yicha terapiya, xirurgiya, akusherlik va ginekologiya fanlarida foydalaniladi.
Arterial gipertenziya (AG) – arterial qon bosimi (AB) oshishi bilan kechuvchi sindromdir (sistolik AB 140 mm.s.u.dan yuqori yoki diastolik AB 90 mm.s.u.dan yuqori). AG sindromining zamonaviy davolash usuli barcha modifisikasiyalashgan xavf omillariga ta‟sir kilish bilan AB ni normal yoki optimal darajada tiklashga karatilgan. GK ni davolash erta, differensiallashgan, asoratlar profilaktikasi va kasallik zo‟rayishini oldini olishga qaratilgan, aktiv va davomiy bo‟lishi lozim. Davolash umrining oxirigacha davom ettiriladi. Tanaffusli, kursli davolashni fakat GK ning I darajasida olib borish mumkin. Medikamentoz terapiya buyurishga bo‟lgan ko‟rsatmalar:
266
AG ga nasliy moyillik, qarindoshlarda miokard infarkti, insultlar kuzatilgan bo‟lsa; kechqurun va ertalab AB ning ko‟tarilishi, xamda AQB ning o‟zgarib turishi; nishon a‟zolar zararlanishi (yurak, tomir, bosh miya, buyraklar); YUIK ni boshqa asosiy hafv omillari aniqlanganda: giperlipidemiya, uglevodlarga tolerantlik buzilganda, giperurikemiya. Xozirgi vaqtlarda antigipertenziv dori vositalarining bir nechta sinflari AG ning davomli terapiyasi uchun tafsiya qilinmoqda. monoterapiyada ham, qo‟shib qo‟llanilganda ham samarali antigipertenziv preparatlarga quyidagilar kiradi: 1) angiotenzin konvertirlovchi ferment ingibitorlari (AKF-ingibitorlari); 2) AT1- angiotenzin reseptorlari blokatorlari; 3) tiazidli (va tiazidsimon) diuretiklar; 4) kalsiy antagonistlari; 5) β-adrenoblokatorlar; 6) α 1 -adrenoreseptorlar selektiv blokatorlari; 7) markaziy α 2 -adrenergik reseptorlari agonistlari va 8) I 1 -imidazolin reseptorlari agonistlari. Uzoq muddatli terapiyani amalga oshirish uchun antigipertenziv vositani tanlashda AG ning patogenetik mexanizmidan tashqari, ushbu bemorda mavjud bo‟lgan yondosh kasalliklarni ham xisobga olish kerak. Bulardan tashkari vazoaktiv preparatning antigipertenziv ta‟sir
mexanizmi, ularning farmakodinamika va farmakokinetikasi, nojo‟ya ta‟sirlari va qo‟llashga qarshi ko‟rsatmalar alohida ahamiyat kasb etadi. Download 3.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling