O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
Termiz davlat pedagogika instituti
rekrori _________E.A.Qabulov
2022 yil“____”_____________
|
“SANOAT,QISHLOQ XO’JALIGI VA TRANSPORT GEOGRAFIYASI” FANINING
O’QUV DASTURI
Bilim sohasi 100000-Ta`lim
Ta’lim sohasi 110000-Ta`lim
Ta’lim yo‘nalishi 60111000-Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
Fan/modul kodi
SQXTGB204
|
O‘quv yili
2022-2023
|
Semestr
4
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O‘zbek/rus
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
“Sanoat, qishloq xo’jaligi va transport geografiyasi”
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
I. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad –talabalarda ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘i xisoblangan moddiy ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlari, hududiy joylashish shakllari, rivojlanish darajasi, ularning tarmoqlarining asosiy jihatlari, sanoat xududiy joylashuvi natijasida xosil bo‘ladigan turli shakllar va ishlab chiqarishning rivojlanishida muxim rol o‘ynovchi omillar haqida bilim berish, ko‘nikma va malaka yaratishdan iborat.
Fanning vazifasi–talabalarda moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmoqlarining xususiyatlarini aniqlash, ularni joylashtirish va rivojlantirishda zarur bo‘lgan omillar va qonuniyatlarni bilishdan iborat.
|
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanish va rivojlanish bosqichlari
Ishlab chiqarishning insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati. Ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanish va rivojlanishida yuzaga kelgan asosiy bosqichlar. Turli ishlab chiqarish tarmoqlarining ijtimoiy formatsiyalarning shakllanishidagi ta’siri. Ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanishi bilan ekologik muammolarning kuchayib borish xususiyati.
Ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanishi va rivojlanishining hududiy tafovvutlari. Ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllanish va rivojlanish bosqichlarining Respublikamiz iqtisodiyotida aks etishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |