O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
yaSURXONDARYO TARIXI....... (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.III Faning vazifalari
I.II Fanning maqsadi
—insoniyatning qadimgi davrdan hozirgi kungacha bosib o'tgan tarixiy yo'li, uning siyosiy, ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy tajribasi haqidagi bilimlar asoslarini egallagan barkamol shaxsni tarbiyalashga ko'maklashish; — Surxon vohasi tarixi va madaniyatiga qiziqish, hurmat qilish, qadriyatlariga insoniy munosabatda bo'lish, ko'nikma va malakasini shakllantirishdan iboratdir; —jamiyat taraqqiyoti haqidagi muhim qonuniyatlarini bilib olishga, voha rivojlanishining o'ziga xos yo'llarini tushunishga va kelajak istiqboli haqida tasavvur, dunyoqarashga ega bo'lish malakasini shakllantiradi; —bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan respublikamizda bu bosqichni oldinroq bosib o'tgan mamlakatlar tarixi va tajribasi bilan tanishtiradi hamda ularning tajribalarini surxon vohasi sharoitida ijodiy qo'llanishi uchun manbalar yaratadi; — Suurxon vohasining iqtisodiy taraqqiyoti yoshlarda iqtisodiy tarbiyaning shakllanishiga, iqtisodiyotni to'g'ri tashkil etish yo'llarini qidirib topishga, ilg'or mamlakatlarning bu sohada to'plagan boy tajribalarini kengroq o'zlashtirish va undan mamlakat manfaatlari yo'lida foydalanishga yordam beradi; I.III Faning vazifalari - Surxondaryo tarixining o‗ziga xos jihatlarini yoritish, voha tarixiga oid ma‘lumotlarning tarix fani va ta‘limdagi ilmiy metodik ahamiyatini ochishdan iborat.Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim deb bilamiz: - voha tarixi haqida tushuncha berish; -O‗zbekiston tarixi va voha tarixi o‗rtasidagi chambarchas bog‗liqlikni ochib berish; - vohaning tadqiqotlar tarixini qisqacha yoritish; -hozirgi kundagi voha tarixi bilan bog‗liq ilmiy tadqiqotlar masalasini o‗rganish; -Surxondaryo tarixi fanini o‗qitishda o‗ziga xos jihatlarini ochish va h.o. — surxondaryo tarixi fani surxon vohasi taraqqiyoti haqida to'la va batafsil tasavvur, bilim hamda tushunchalar berishi lozim; — Surxondaryo fanini o'qitish jarayonida voqealarni umuminsoniy manfaatlar tamoyillaridan kelib chiqib xulosalash va ilmiy jihatdan yoritib berish, tarixda shaxslarning buyuk rol o'ynashi mumkinligini va o'ynayotganligi tarixiy hamda ilmiy jihatdan asoslash; — surxondaryo fanini o'qitishda uning davrlarini O'zbekiston tarixining davrlari bilan taqqoslagan holda bog'lab yoritish hamda o‘zbekiston tarixida surxondaryo tarixining tutgan o'rnini aniq va ravshan ifoda etilishiga va yoshlarni milliy g'oya hamda milliy mafkura ruhida tarbiyalashga erishmoq zarur; — tarixiy voqealarni bosqichma-bosqich, ya'ni izchillikka rioya qilgan holda ochish, xususan, davr va zamon ruhini berish; — surxondaryo tarixi fanini insonparvarlashtirish masalasiga jiddiy e'tibor berish, ya'ni tarix qarama-qarshi sinflar kurashidangina iborat deb insoniyatni ikkiga bo'lib bir-biriga qarshi qo'ymasdan, ularni umuminsoniy qadriyatlar asosida o'zaro totuvlikka, bir-birlariga yordam berishga, tinch va osoyishta yashash taraqqiyotning garovi ekanligiga ishontirish zarur; Xullas, surxondaryo tarixining turli bosqichlarida ro‘y bergan muhim voqealar va jarayonlarni o‘rganish, tarixiy taraqqiyotga ta‘sir ko‘rsatgan omillarni tahlil etish, tarixiy rivojlanish davomida vohaga xos bo‘lgan xususiyatlarni ochib berish, vohaning mentaliteti, urf-odatlarini, madaniyatini ilmiy tadqiq etish, vohaning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va etnik evolyutsiyasining asosiy bosqichlari hamda yo‘nalishlarini tushuntirishdan iborat. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling