O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/14
Sana13.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1195760
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
yaSURXONDARYO TARIXI....... (1)



O‟ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O‟RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI
 
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
 

 
 
 
 
 
SURXONDARYO TARIXI 
FAN DASTURI 
Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha
Ta‘lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar 
Ta‘lim yo‘nalishi: 60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 
 
 
 
Termiz – 2022 
 
 
 


 Surxondaryo tarixi fanidan o‘quv dasturi 60220300 – Tarix (mamlakatlar va 
yo‘nalishlar bo‘yicha) ta‘lim yo‘nalishidagi guruhlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 
Termiz davlat universiteti ilmiy-metodik kengashining 2022 yil ___ avgustdagi 
___ sonli bayonnomasiga asosan tasdiqlangan.
O‘quv dasturi Termiz davlat universitetida tuzilgan 
 
Tuzuvchilar: Tursunov S.N. t.f.d. prof. 
Pardayev T.R., t.f.d. dots. 
Mallayev D., o‟qituvchi 
Raimov M., o‟qituvchi 
Taqrizchi: Qobilov E.A. t.f.d. prof.
 

 
 
 
 
 
 


I Fanning mazmuni
I.I Fanning dolzarbligi 
 
Xalqimiz bosib o‗tgan ko‗p ming yillik tarixni xolisona tarzda milliy 
istiqlol g‗oyalari asosida yoritish tarixshunoslik fanining bugungi kundagi asosiy 
vazifalardan biri sanaladi. O‗zbek xalqi va davlatchiligi tarixida Surxon 
vohasining ham alohida o‗rni mavjud. Chunki Surxon vohasi tarixi juda uzoq 
davrlarga borib taqaladigan qadim maskandir. O‗tmish tariximiz uchun nihoyatda 
muhim bo‗lgan arxeologik yodgorliklarning ham aksariyat qismi shu vohada 
joylashgan, qolaversa, voha hududi insoniyatning eng qadim ajdodlari makon 
tutgan zamin hamdir. O‗zbek davlatchiligining ilk tonglari ham shu zaminda qaror 
topgan qadim Baqtriya hududlari bilan chambarchas bog‗liqlikkasb etadi. 
Mamlakatimiz hududiga janubdan yov hamla qilgan davrlarda ham voha axli 
qalqon bo‗lgan. Yuksak falsafiy-axloqiy aqidalarga asoslangan zardushtiylik 
dini negizlarining yuzaga kela boshlagan ma‘naviy, ruhiy qadriyatlari 
shakllanishida ham vohaning munosib hissasi bor. Jahon fotixlaridan biri 
sanalgan Iskandar Zulqarnayn aholining jasorati va mardligiga qoyil qolgan. 
Salavkiylar va Yunon-Baqtriya podsholiklari davrida voha axlining mahalliy 
madaniyati qadim ellin madaniyati bilan omuxtalashib, hatto unga ta‘sir 
o‗tkazgan qudratli Kushonlar saltanatining ravnaqi ham bevosita ana shu 
tabarruk zamin bilan chambarchas bog‗liq. 
Voha ahli o‗rta asrlar sharoitida ham mamlakatimiz tarixida, qolaversa, 
Sharq xalqlari tarixida muhim rol o‗ynadi. O‗rta asrlar mobaynida mintaqada 
shakllangan barcha davlatlar taraqqiyotida ana shu qadim maskanning munosib 
o‗rni mavjud. O‗rta asrlar davrida vohada yashagan ko‗plab allomalar diniy va 
dunyoviy bilimlar taraqqiyotiga o‗zlarining munosib ulushlarini qo‗shganlar. 
Insoniyat ma‘naviy xazinasini boyitgan islom dini ravnaqida ham zamin ilm 
ahlining o‗rni juda katta. 
Buxoro amirligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘naviy hayotida ham 
Surxon vohasida joylashgan Boysun, Denov va Sherobod bekliklari muhim 
o‗rin tutgan. Mustabid Sovet tuzumi yillarida voha hududi ham kurashlar 
maydoniga aylandi. Hisobsiz qirg‗inlar, qatag‗onlarga qaramasdan voha ahli 
taraqqiyot sari intilib yashadi. Ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi yillarida voha 
ahlining sabr matonati yana bir bor sinovdan o‗tdi. Urushdan keyingi tinch 
qurilish va tiklanish davrida sovet tuzumining zo‗ravonlik va byurokratik 
boshqarish tizimi ham voha ahlining bunyodkorlik salohiyatini jilovlay olmadi. 
Vatanimizning mustaqillikka erishuvi Surxon vohasini ijtimoiy-iqtisodiy va 
ma‘naviy hayotida muhim o‗zgarishlar va yangilanishlar davrini boshlab berdi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling