O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti


Mavzu boʼyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana13.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1195760
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
yaSURXONDARYO TARIXI....... (1)

Mavzu boʼyicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzu boʼyicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil 
boʼlgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos boʼladigan savollar tuzish 
topshirladi. 
Bunda oʼqituvchi tomonidan talabaga testga qoʼyiladigan talablar uni tuzish 
qonun-qoidalar, qanday maqsad koʼzda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda 


mavzuning munozarali momentlarini qanday qilish lozimligi, topshiriqlarni tuzish 
usullari boʼyicha yoʼl-yoʼriqlar beriladi. 
Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qoʼyilganligi va talablarga 
javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlanishi, aniqlashtirish yoki 
toʼldirish taklif etilishi mumkin). 
Ilmiy maqola, tezislar va maʼruzalar tayyorlash. 
Talaba biron bir mavzu boʼyicha (mavzuni talabaning oʼzi tanlashi ham 
mumkin (referativ) harakterda maqola, tezis yoki maʼruza tayyorlash topshirishi 
mumkin. Bunda talaba oʼquv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, 
maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalardan mavzuga tegishli 
materiallar toʼplaydi, taxlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy 
tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qoʼshimchalar, izohlar 
kiritadi, oʼz nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba oʼqituvchi bilan 
hamokorlikda ishlaydi. 
Tayyorlangan maqola, tezis yoki maʼruza kafedrada himoya qilinadi. 
Аmaliy mazmundagi nostandart masalalar yechish va ijodiy ishlash
Bir mavzu yoki boʼlim boʼyicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, 
nazariy ahamiyatga ega boʼlgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan 
ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. 
Аmaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va 
ishlashga qaratilgan boʼlishi kerak. 
Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xarakterdagi topshiriqlar 
berish, oʼqituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi 
mumkin. 
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: 
- tizimli yondashish; 
- barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; 
- bajarilishi ustida qatʼiy nazorat oʼrnatish; 
- tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashib borish zarur; 
Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar 
bajarilish lozim: 
 maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar oʼzlashtirish, faollikni 
oshirish, amaliy koʼnikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniq 
asoslanishi; 
 vazifa va topshiriqlarning aniq ravshan belgilanishi; 
 topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli 
darajada habardor boʼlishi; 
 maslahat va boshqa yordam turlarining toʼgʼri belgilanishi (yoʼllanma va 
koʼrsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, 
muammoli topshiriqlarni bajarish usullari boʼyicha tushuncha berish, ayrim 
muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.); 
 hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; 
 nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, 
laboratoriya mashgʼulotlari, konsulьtatsiya uchun yoki nazorat uchun 
maxsus ajratilgan vaqt, maʼruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar 


daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, 
nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, koʼrgazmali jixozlar va ijodiy 
ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, 
yozma shaklda bayon qilish va h.k.). 
Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: 
- Аuditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. 
Oʼtilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid 
topshiriqlar bajariladi. 
- Аuditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan TMIlari. 
Oʼquv dasturidagi ayrim mavvzularni mustaqil holda oʼzlashtirish, uyga 
berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik koʼrib 
kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlar va h.k. 
Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini oʼzlashtirib 
borish darajasi, amaliy mashgʼulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) 
tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida
odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni 
bajartirib koʼrish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy 
nazorat) qilinadi. 
Joriy nazoratda talabaning dars paytida oʼtilgan materiallarni oʼzlashtirish va 
uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va oʼzlashtirish 
darajasi eʼtiborga olinadi. 
Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi oʼquv dasturida auditoriyadan tashqarida 
oʼzlashtirilishi belgilangan mavzu boʼyicha maʼlumot va axborotlarni mustaqil 
ravishda izlab topish, tahlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida 
rasmiylashtirish) va oʼzlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy 
topshiriqlarni bajarish koʼrinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish 
jarayoni va oʼzlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus 
belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi. 
Talabalar mustaqil ishini baholash. 
TMI natijalari amaldagi ―Oliy taʼlim muassasalarida talabalar bilimini 
nazorat qilish va baholashning reyting tizimi toʼgʼrisidagi Nizom‖ga asosan 
baholab boriladi. Mustaqil ta‘lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: 




Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling