O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi termiz davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/14
Sana13.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1195760
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
yaSURXONDARYO TARIXI....... (1)

Mavzuni mustaqil oʼzlashtirish
Fannning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi 
oʼquv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda 
oʼzlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va 
ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga 
xizmat qiladigan savollarga eʼtibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot 
manbalarini koʼrsatish lozim. 
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda oʼquv 
adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch 
iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob 
tayyorlaydilar. Zarur hollarda (oʼzlashtirish qiyin boʼlsa, savollar paydo boʼlsa, 
adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) oʼqituvchidan 
maslahatlar oladilar. 
Mustaqil oʼzlashtirilgan mavzu boʼyicha tayyorlangan matn kafedrada 
himoya qilinadi. 
Referat tayyorlash
Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari qobiliyati va bilim 
darajasiga muvofiq boʼlgan biror mavzu boʼyicha referat tayyorlash topshiriladi. 
Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qoʼshimcha adabiyotlardan 
(monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan maʼlumotlar, 
elektron kutubxona materiallar va h.k.) foydalanib materiallar yigʼadi, taxlil qiladi, 
tizimga soladi va mavzu boʼyicha imkon darajasida toʼliq, keng maʼlumot berishga 
harakat qiladi. Zurur hollarda oʼqituvchidan maslahat va koʼrsatmalar oladi. 
Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. 
Koʼrgazmali vositalar tayyorlash
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq oʼzlashtirish uchun 
yordam beradigan koʼrgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, 
maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) 
tayyorlash topshiriladi. Mavzu oʼqituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga maʼlum 
koʼrsatmalar, yoʼl-yoʼriqlar beriladi. Koʼrgazmali vositalarning miqdori, shakli va 
mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu 
boʼyicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin. 
Talaba koʼrgazmali materiallardan foydalanish boʼyicha yozma ravishda 
tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling