Qabul va joylashtirish bo’limi vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Mijozlarni kutib olish.
2. Xonalarni otish va mijozlarni ro’yxatdan o’tkazish.
3. Mehmonlarni xonalarga joylashtirish.
4. Mehmonxonaga tashrif buyuruvchilar va yashovchilar bilan samimiy aloqada bo’lish.
5. Qabul bo’limi hujjatlari bilan ishlash.
6. Xonalar fondining holati haqidagi hisobotni tayyorlash.
7. Mijozlar hisob varaqasini tayyorlash va to’lovni qabul qilish.
8. Mehmonlarga kelgan pochta, faks, paketlarni egalariga yetkazilishini ta’minlash.
9. Mehmonlarga turistik joylar, tarixiy-madaniy obidalar, transport vositalari va boshqa mavzularda ma’lumot berish. Taklif va shikoyatlar bilan shug’ullanish.
10. Mehmonxonadagi boshqa bo’limlar bilan hamjihat ishlash.
11. Rezervatsiya yani xonalarni oldindan band qilish bilan shug’ullanish.
12. Mijoz omonatlarini seyfda saqlash hizmatini ta’minlash.
13. Valyuta ayirboshlash hizmatini ta’minlash.
14. VIP va oddiy mehmonlarga complimentary yani e’tibor ikromlari (gul, mevali savat, shampan vinosi) ni yetkazish.
15. Ichki Ishlar Boshqarmasi adres idorasiga ro’yxatdan o’tkazilgan va mehmonxonada yashab ketgan fuqarolar haqida ma’lumot berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |