O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti


Download 1.07 Mb.
bet13/13
Sana02.01.2022
Hajmi1.07 Mb.
#198325
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5375447154888281023

REGISTRATION FORM


XONA RAQAMI

KISHILAR SONI

KELISH SANASI

KETISH

SANASI














XONA TURI

ROYHATDAN O’TKAZISH RAQAMI

XONA

NARXI


ADMINIS-TRATOR













Familiya:

Ism:

Company:

Manzil:

Passport №:

Millati:

Shahar:

Davlat:

Berilgan vaqti:

Berilgan joyi:

Tug’ilgan sanasi:

Soliq Inspeksiyasi va INN

Kasbi:

Telefon:

e-mail:

Mehmonlar uchun ma’lumot:

Hisob-kitob vaqti 12-00

Honalarda qoldirilgan yoki xonadagi saqlash seyflaridagi qimmatbaxo buyumlar uchun mehmonxona javobgarlikni olmaydi.

Shaxsiy cheklar qabul qilinmaydi.



** yuqorida ko’rsatilib o’tilgan kompaniya yoki assotsiatsiya to’lovni amalga oshirishdan bosh tortsa, to’lovni o’z hisibimdan to’lashga qodirman. Mening imzoyim hisobni to’lash uchun kredit kartochkamning debetlanishini tasdiqlaydi.

* Ko’rsatilgan pasport yoki manzil ma’lumotlariga o’zgartirish kiritilishi taqdarida Reseption habardor etilishi kerak

Birgalikda kelganlar:

Ismi-sharifi

Mehmonga aloqasi

Yoshi

Xona №


















































To’lov: Naqd □ Kredit karta □ Boshqalar □


Imzo:


“O’zbekiston”Oteli

Joylashtirish uchun ruxsatnoma

Mehmonning familiya, ism-sharifi____Ahmad al - Nosir ______________________________

Mamlakat______Afganistan_____________________________________________________

To’lov shakli_______naqd_______________________________________________________

Kelish sanasi_______1.01.2019_________ketish sanasi va vaqti____5.01.2019_-_14-00______

Buyurtma raqami____05/132_____________________________________________________

Rezervatsiya to’lovi______20%___________________________________________________

Joylashtirish indeksi______30_____________________________________________________

Xona raqami_______207_________________________________________________________

Qo’shimcha ma’lumotlar___Nonushta xonaga yetkazilsin_______________________________

Administrator____________________________


To’lovni amalga oshirgach, mijoz hisobning ikkinchi nusxasini oladi, ushbu hujjat asosida, u joylashtirish va qo’shimcha hizmatlar uchun hisoblashadi. Ro’yxatdan o’tkazish vaqtida mijozga joylashtirish uchun hisob(guest folio)bosib chiqariladi. U o’z ichiga kunlar soniga ko’paytirilgan xona narxi, rezervatsiya haqi, qo’shimcha hizmatalar(restoranda ovqatlanish, telefon qo’ng’iroqlari, room service biznes-sentr, kir yuvish hizmatlar), va mehmonxona ustlamalarini oladi.

Administrator vizit kartochkasini to’ldiradi. Ushbu hujjat mehmonxonaga kirish va kalitni olish huquqini beradi. Ushbu kartochka bir nusxada to’ldiriladi, quyidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi: mehmon ism-sharifi, xona raqami, joylashtirish muddati.

Mehmonxona xodimining tashqi ko’rinishi

Mehmonxona xodimining tashqi ko’rinishi mijoz ongida chuqur iz qoldiradi.

Shuning uchun ham mehmonxonaning har bir xodimi parvarishlangan, yoqimli va ozoda ko’rinishga ega bo’lishi kerak.

Ayol hodimaning sochlari uzun bo’lsa rezinka yoki lentacha yordamida yig’ishtirilgan bo’lishi, yuziga tushib turmasligi kerak. Zakolkalar ko’zga tashlanmasligi va sodda bo’lishi lozim.

Erkak hodimlarning soqol-mo’ylablari olingan bo’lishi, sochlari qisqa va parvarishlangan bo’lishi kerak.

Poyabzal qulay va yaxshi axvolda bo’lishi, yarqirydigan darajada moylangan bo’lishi kerak.

Hodimlar albatta dezodarant va antiperspirantlardan foydalanishi, ish oldidan dush qabul qilishlari kerak. O’tkir hidli atirlarni sepish ta’qiqlanadi.

Xodimlarning nafasi doimo yoqimli bo’lishi kerak. Buning uchun ish oldidan sarimsoq, piyoz va boshqa o’tkir hidli taomlarni tanovvul qilmaslik, chekkandan so’ng og’izni chayish doimiy tarzda stomatolog ko’rigidan o’tib turish, tishlarni kuniga ikki martta tozalash kerak.

Belgilangan uniforma majburiy tarzda kiyilishi shart. Ish kiyimi toza, dazmollangan va saranjom bo’lishi kerak. Odatda uniforma uch nushada beriladi, birinchi nusxa yuvishga topshirilganida, kutilmagan vaziyatlar uchun zahirada yana bir uniforma bo’lishi kerak.

Uniformaga rioya qilish beyjiklarni taqishni ham o’z ichiga oladi. Beyjik chap o’mrov suyagidan 6-8 santimetrda pasda taqiladi. Odatda Front office bo’limi xodimlari uzun yengli, Housekeeping xodimlariga kalta yengli uniforma tayinlanadi. Etak uzunligi tizzadan 3-4 santimetr balandda bo’lishi kerak. Ayollar tana rangidagi kalgotka , erkaklar esa qora paypoq kiyishlari kerak. Oyoq kiyimlar qora rangda va usti yopiq bo’lishi, bezaklarga ega bo’lmasligi, poshna balandligi 5 sm dan oshmasligi kerak. Ko’zga tashlanadigan taqinchoqlar taqish man etiladi. Faqatgina kichik hajmdagi zirak, bir dona nikox uzugi, soat taqish mumkin. Ayollar haddan tashqari pardoz qilmasligi kerak, ammo umuman pardoz qilmaslik ham tavsiya etilmaydi.Qo’llar doimo toza bo’lishi, tirnoqlar olingan bo’lishi kerak.Agarda qo’lda yara bo’lsa yopishqoq lenta bilan bejirim berkitilishi yoki rezina barmoq g’ilofi taqilish kerak.



Xorijiy turistlarni ro’yxatdan o’tkazish hususiyatlari

O’bekiston respublikasiga kirish vizaning mavjudligini talab etadi.

Viza – bu xorijiy davlatning diplomatik vakolatxonasi tomonidan pasportga qo’yiladigan yoki alohida hujjat ko’nishidagi belgilangan mamlakat hududiga kirish va joylashish huquqini beruvchi ruxsatnomadir. Mamlakatga tashrif buyurish uchun vizalar taklifnomalar asosida beriladi.

Taklifnomalarning quyidagi turlari mavjud:

a. Xizmat yoki ish yuzasidan.( xorijiy tashkilotdan – O’zbekiston tashkilotiga)

b. Xususiy ( xorijiy mehmondan – O’zbekiston fuqarisiga)

c. Mehmon ( xorijga uzoq muddatli xizmat safaridagi fuqarodan – o’z hamyurtiga).

d. Turistik ( dam olish, davolanish, qisqa muddatli o’qish va boshqa maqsadlardagi safarlarga).



Vizaning quyidagi turlari mavjuddir:

1. Turistik viza – Belgilangan mamlakat hududiga turizm va dam olish maqsadida vaqtinchalik kirish huquqini beruvchi qaydnoma hisoblanadi. Turistik viza - taklifnoma, vaucher, turistik yo’llanmada ko’rsatilgan muddatga sport va boshqa tadbirlarda qatnashish uchun beriladi. Turistik safarlar, qoida bo’yicha, qisqa muddatga mo’ljallangan bo’ladi va shuning uchun bu yerda ko’p marotabali viza berilmaydi.

2. Xususiy viza – xususiy shaxs tomonidan boshqa davlat jismoniy shaxsiga taklifnoma yuborish asosida beriladi. Taklifnoma mahalliy hokimiyat organlarida rasmiylashtiriladi.

3. Tranzit viza – oluvchiga boradigan mamlakatiga uchinchi davlat orqali borish huquqini beradi. Tranzit viza uchinchi mamlakat alchixonasi tomonidan asosiy viza olinganidan keyin belgilangan soatlar miqdoriga beriladi. Misol uchun , Fuqaro poyezdda uchinchi davlat orqali Avstriyaga yo’l olgan. Avstriya vizasi olinganidan keyin tranzit viza olish uchun uchinchi mamnlakat elchixonasiga hujjatlar topshiriladi.

“O’zbekiston respublikasida mehmonxona hizmatlarini ko’rsatish qoidalari”da aytilishicha tranzit vizali mehmonlarni uzog’i bilan 72 soatgacha joylashtirish mumkin.

4. Ish vizasi – Xorijga yo’llanish huquqini beradi. |Bunday vizani oliush uchun taklif qiladigan tomon bo’lajak ishchi bilan sharrtnoma tuzadi, mahalliy immigratsiya xizmatida hamma jihatlari kelishib oladi, hukumat rozilini olib, barcha hujjatlar paketini bo’lajak xodimga yuboradi.Fuqaro bu hujjatlar bilan ish vizasini olish uchun elchixonaga murojaat qiladi.

5. Diplomatik viza – Horijiy davlatda faoliyat yurituvchi elchixona va konsullik xodimlariga beriladi.

Shengen vizasi. 1996 yil 26 martda Yevropada Shengen bitimi kuchga kirdi. Shengen bitimiga: Germahiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Gretsiya, Shvetsiya, Avstriya, Daniya, Finlandiya, Norvegiya va Islandiya davlaytlari kiradi.

Agar turist bir necha Yevropa davlatlariga bormoqchi bo’lsa, Shengen bitimiga muvofiq, bitimga kiruvchi mamlakatlarning biriga viza oladi va qolgan davlatlar hududlariga ham vizasiz harakat qilishi mumkin. Vizadagi “kirishlar soni”ga e’tibor berish kerak.Agar vizada “ko’p martalik” yozuvi bo’lsa, siz viza muddati mobaynida bir necha bor tashrif buyurishingiz mumkin. Agar “I” raqami turgan bo’lsa, sizga viza bergan mamlakatga faqat bir marta borishingiz mumkin. O’zbekiston respublikasiga tashrif buyurgan turist uch sutka ichida pasportini ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etishi lozim.

Mehmonxona, horijiy turistlarni joylashtirish huquqini olish uchun O’zbekiston Respublikasi IIV, Kirish-chiqish va fuqarolik ishlari boshqarmasidan beriladigan ruxsatnomaga ega bo’lishi kerak.

Mehmonxonada ro’yxatdga o’linadigan horijiy va mahalliy mehmonlarni ro’yxatga olishda E-mehmonxona online tizimidan ham foydalaniladi.



Surxon mehmonxonasining xizmat kursatish,mexmonlarni joylashtirish,va bir qancha servis xizmatlar mavjud. Surxon mehmonxonasi ikki yulduzli mehmonxonaga qo’yilgan barcha talab va normalarga javob beradi lekin xozircha yulduzga ega emas.



Xozirgi kunda Surxondaryo viloyatining eng yaxshi va qulay mehmonxonalaridan biri hisoblanib, o’z o’rniga va baxosiga ega hisoblanadi.

Surxon hotel mehmonxonasining kirish qismi. Bu yerda asosan (Reception)qabul xona va (Currency Exchange office)valyuta ayriboshlash ofisi mavjud. Mehmonlar kutish joyi xam mavjud, unda asosan sifatli jihozlar bilan jihozlangan.



Surxon mehmonxonasida chekishni hohlovchi mehmonlar uchun alohida chekish uchun ajratilgan kichik xonalar mavjud.



Bu rasimda Surxon mehmonxonasining 2-qavati tasvirlangan.Bu qavatda 2 ta “LUX” nomerlari mavjud.



Boya aytib o’tganimizdek 2 qavatdagi “LUX” nomerlarimizning ichki ko’rinishi. “LUX” nomerda muzlatgich, konditsioner, televizor, kiyim kechaklar uchun shkaf mavjud va bu nomer barcha shart sharoitlariga ega.



2 -3 chi qavatdagi “STANDART” nomerlarning ko’rinishi.

Bu rasmlarda mehmonxonaning tashqi ko’rinishi tasvirlangan. Mehmonxona 2 ta qavatdan iborat bo’lib, 50 ta xonani o’z ichiga oladi. Bundan tashqari mehmonxona oldida o’rta hajmli Favora mavjud.

Mehmonxonada shuningdek “Transfer” xizmati mavjud bo’lib barcha mehmonlar uchun 24 soat xizmat qilishga mo’ljallangan.



Shuningdek mehmonxonada ovqatlanish uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan kichik restoran mavjud. Shuningdek mehmonxonada nomerga servis ko’rsatish mavjud.

Shu bilan birgalikda mehmonxona qabulxonasida yuqori malakaga ega bo’lgan hodimlar faoliyat olib borishadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Men Toshpo’latov Sardor “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Turizm” ta’lim yo’nalishi 1 – kurs 105 – guruh talabasiman. Men o’z tanishuv amaliyotimni Surxon mehmonxonasida o’tadim. Amaliyotim davrida yil davomida olgan barcha nazariy bilimlarimni sinab ko’rdim. Bu mehmonxonaning mehmonlar uchun yaratilgan barcha shart sharoitlari menga yoqdi. Men bu yerda mehmonxona biznesida kerakli bo’ladigan boshlang’ich tushunchalarga ega bo’ldim. Mehmonxonaning qabul xonasida amaliyot o’tayoygan vaqtimda tashrif buyurgan chet ellik va mahaliy mehmonlar bilan yaqin munosabatda bo’ldim va ularning mehmonxona va umuman O’zbekiston haqidagi yirik taassurotlari bilan tanishdim. Kelajakda shunday nufuzli mehmonxonalardan birida ishlayman deb umid qilaman va bungacha hamma kerakli bo’lgan bilimlarini o’rganib o’z kasbimning eng yaxshi mutahassisi bo’lishga xarakat qilaman.

2 haftalik malakaviy tanishuv amaliyoti davrida biz Termiz shahridagi “Oltin voha” universal servis MCHJ ga qarashli “Surxon” mehmonxonasida bo’lib, o’quv yili davomida olgan nazariy bilimlarimizni amaliyotda qo’llash va shu bilan birgalikda yangi bilimlarni o’rganib, mustahkamlashga erishdik.

Amaliyot davrida mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish xaqida ko’plab bilimlarga ega bo’ldik. Mehmonxonadagi ish jarayoni, boshqaruv tizimi, xodimlar bilan ishlash, mehmonxonaning ichki va tashqi ma’muriy – huquqiy tartiblari (qonun – qoidalar), mehmonlar uchun ko’rsatilayotgan xizmat turlari, sifati va boshqa xususiyatlarini tahlil qildik.

Dastavval mehmonxonaga ta’rif beradigan bo’lsak, “Surxon” mehmonxonasi shahar markazida joylashganligi uchun qulay ekanligini ta’kidlab o’tish lozim. Mehmonxona 2 qavatli asosiy binodan iborat bo’lib, jami bo’lib 100 dan ortiq ta nomer (150 dan oshiq o’rin) mavjuddir. Darvoqe bu mo’jazgina bino yonida yangi binoning qurilish ishlari davom etmoqda. ”Surxon” mehmonxonasining oldi tamoni ko’rkam bo’libm doimo ko’kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlari olib borilar ekan. U yerda avtomobillar uchun avtoturar joy, mehmonlar uchun bir nechta ovqatlanish joylari (stol-stul), favvora va shular kabi ko’plab qulayliklar mavjud.

Binoning orqa tomonida kichik hovli – maydon mavjud bo’lib, u yerda yana basseyn, kichik avto turarjoy va qo’shimcha xizmatlar uchun bir necha shaxobchalar mavjud. Mehmonxona xodimlari kunu-tun o’z vazifalarini bajargan holda mehmonxona rivojiga o’z hissalarini qo’shmoqda.





Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling