O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti
Quruqlikda asosiy cheklovchi omil namlik hisoblanadi
Download 1.07 Mb.
|
Mamanazorov Jasur Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq har xil biogen elementlar manbai bo’lib
- Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz
1.Quruqlikda asosiy cheklovchi omil namlik hisoblanadi.
Temperatura quruqlikda suv muhitiga nisbatan ko’proq o’zgarib turadi. Tuproq – organizmlar uchun asosiy tayanch vazifasini bajaradi. Quruqlikda turli geografik to’siqlar (tog’lar, daryolar, cho’llar) organizmlarning erkin harakat qilishiga xalaqit beradi. Substrat xarakteri – quruqlik ekosistemalari uchun muhimdir. Tuproq har xil biogen elementlar manbai bo’lib, Yuqori taraqqiy etgan ekologik muhitdir. Quruqlikda yuqori taraqqiy etgan o’simlik va hayvon taksonomik guruhlari mavjud bo’lib, ularning murakkablari dominantlik qiladi. 3. Ekoturizm Agroekotizimlar qishloq xo’jaligida foydalaniladigan ekin maydonlari, yem-xashak olinadigan yaylovlar hamda tuyoqli uy hayvonlarini o’z ichiga oluvchi hududlar majmuidir. Agroekotizimlar tarkibiga inson ham kiradi, chunki u har doim ekologik zanjirni boshqarib iloji boricha ko’p energiyaga ega bo’lgan mahsulot olishga harakat qiladi va energetik piramidaning cho’qqisida turadi. Agrofitotsentoz (fitoso’simlik) agroekotizimlarning eng muhim bir qismi hisoblanib, u ma’lum maydondagi madaniy va begona o’tlar majmuidan iborat. Agrofitotsentozning madaniy, begona o’tlar hamda tuproqda-gi suvo’tlari va mikroorganizmlari agroekotizimlarning mustaqil qismi hisoblanadi. Agrofitotsenozning hayoti uchun zarur bo’lgan va ularsiz yashay olmaydigan hayvonlar ularning tarkibiga kirmaydi. Agrofitotsenozlar sun’iy fitotsenoz deb qaraladi va uning tabiiy fitotsenozlarga o’xshash tomonlari va farqlari bor. O’xshashlik tomonlari qo’yidagilar: 1.Har ikki jamoada ham quyosh energiyasi avtotrof organizmlar tomonidan o’zlashtiriladi. 2.Tabiiy va sun’iy jamoalarning turlar o’rtasida o’zaro aloqa munosabatlari mavjud. 3.Begona o’tlarning turlar tarkibi, tabiiy jamoalarning turlar tarkibi ham tashqi muhit sharoitlari bilan belgilanadi. 4.Ekinlar orasida o’sadigan turlar va tabiiy senozlardagi turlar uchun ham qonuniy ravishda almashiladigan fenologik fazalar xarakterlidir. Farqlari esa quyidagilardan iborat:1.Miqdoriy ko’rsatkichi bilan; 2.Dominantlar agrofitotsenozlarda inson tomonidan kiritiladi va boshqariladi. 3.Tabiiy jamoalarda turlarni turli strategik tiplarga ajratish mumkin. 4.Agrofitotsenozlardagi begona o’tlar keng ekologik amplitudadagi va kosmopolit organizmlardir. 5.Agrofitotsenozdagi madaniy o’simlik pouliyatsiyasi ma’lum bir navga tegishli bo’lgani uchun yaxshi diffyerensiallashmagan. Madaniy o’simliklar jamoasi (agrofitotsenozlar) ekologik nuqtai nazardan eng yuqori foydali mahsulot berishi va tashqi muhitga eng past darajada ifloslantirish lozim, shuningdek tabiiy resurslar saqlanib qolinishi kerak. Masalan, paxta dalasi biotsenozi o’zini avtomatik boshqarish qobiliyatiga ega, bu yerda bir turlar ikkinchi tur bilan almashinadi va qayta tiklanish yuz beradi. Natijada hamma organizmlar soni o’z-o’zidan idora qilinadi. Bahor va yoz oylari boshlarida paxtada g’o’za shirasi ko’payadi. Bir turdagi zararkunandalar tamom bo’lishi bilanoq, ularning kushandalari boshqa zararkunandalarga o’tadi yoki boshqa tur kushandalarga joy bo’shatib beradi. Atrof-muhitni muhofaza qilish mintaqaviy rejasi Markaziy Osiyo davlatlarining Mintaqaviy ekologik markazi faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy ekologik markazi (MEM) Markaziy Osiyo davlatlari orasida mintaqaviy ekologik masalalarni turli darajadagi hamkorligida yordam berish uchun Yevropa ittifoqi ko’magida 2000-yilda tuzildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan foydalanishda mintaqaviy hamkorlikning boshqa bir qancha istiqbolli usullari mavjud: barqaror rivojlanish Butun dunyo sammitini o’tkazish rejasiga kiritilgan va sherikchilik tashabbusi bo’yicha Markaziy Osiyo tashabbusi bilan bajarilishi; Markaziy Osiyo hamkorligi tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlari tomonidan tayyorlangan va qo’llab-quvvatlangan xalqaro konsepsiyasini suv energiyasi konsorsiumi (IWEC) asosiy masalasi bo’lgan suv omborlaridan jamoa bo’lib foydalanish qulay sharoitlari,suv va suv elektr stansiyasi inshootlari uchun moliyaviy yordam olish; elektr energetika sohasida Markaziy Osiyo energetika kengashi tuzildi. Toshkent shahrida joylashgan Birlashgan dispetcherlar energiya markazi, suv xo’jaligi talablarini hisobga olgan holda, energiyani tarqatish bo’yicha, me’yoriy va teng taqsimlash tizimiga javobgarligini oshirish. Iqlimiy o’zgarishlarning mumkin bo’lgan sabablarining vaqt miqyosi juda kattadir. Yer orbitasining ekssentrisiteti, pretsessiya va orbita tekisligiga nisbatan Yerning aylanish o’qi qiyaligining o’zgarishi kabi orbital parametrlarning variatsiyalari mos ravishda 100 000, 23 000 va 41 000 yilni tashkil etadi. Yer po’sti harakatining vaqt masshtabi esa 105-109 yilga teng. Vulqonlarning otilishi natijasida stratosferada aerozolning hosil bo’lishi juda katta - 100 dan 108 gacha yillar oralig’idagi iqlimiy o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ikkinchi tomondan, iqlimiy sistemaning ichki o’zgaruvchanligi sistemani tashkil etuvchilari orasidagi to’g’ri va teskari bog’lanishlarning turlicha mexanizmlari bilan aniqlanadi. E’TIBORIZ UCHUN RAHMATDownload 1.07 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling