O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

Yangi Zelandiya : Yangi zelandiya Avstraliyadan sharq tomonda 1500 km 
masofada 340 janubiy kengliklar orolig'ida joylashgan. Bular janubiy
yarimsharning subtropik va mo''tadil kengliklarda joylashgan yagona orollardir. Bu 
o'lkaga ko'k bo'g'oz ajralgan 2 ta katta orol janubiy va shimoliy orollar Styurt orol va 
bir bir qancha orollar kiradi. Ularning umumiy maydoni 268,7 ming km2 . Yangi 
Zelandiya orollari kelib chiqishga kura materik oroldir. Shimoliy orolda tog'lar 
kamroq. Uning janubi sharg'iy chekkasi bo'ylab past tog' tizmalari joylashgan. 
Markaziy qismiga esa o'rtacha balandligi 600 m bo'lgan vulkan plasmasidan iborat.
Shimoliy orolining eng baland tog'i so'nmagan Ruapexu vulkanidir. Orolning 
shimoli g'arbida yarim oroli dengizga uzog' kirib borgan. Orollarga g'arbiy 
shimollar g'arbiy sohillarga ko'plab yog'inlar keltiradi,o'rtacha yog'in miqdori 2000 
mm bo'lgani holda g'arbiy sohilning ayrim rayonlariga 500 mm gacha yog'in 
tushadi. Tog'larda dengiz sathidan 2000 m dan yuqorida deyarli butunlay qor 
yog'adi. Shimoliy orolda qish juda iliq iyulning o'rtacha harorati okean orolida Q120 
ga yetadi janubiy orolda esa Q50 tog'larda esa -20 pasayadi, sohilda harorat -
50 gacha pasayishi mumkin yanvarning o'rtacha harorati shimolda Q190
janubda Q140 gacha o'zgaradi. Yangi Zelandiyada odatda jazirama issiq bo'lmaydi.
O'lka daryolari qisqa lekin sersuv va sathi keskin o'zgarmaydi. O'lkada ko'llar ko'p. 
Shimoliy orolning chekka shimoli uchun yangi Zelandiyaning endemik qarag'ayi 
kauri o'rmonlari xosdir. O'lka o'rmonlarida igna bargli daraxtlar podokarpuslar
arikarillar meboseruslar har endemik qarag'aylar doimiy yashil janubiy buk hatto 
ba'zi bir hil palmalar o'sadi. Sharqiy yonbag'irlarida va Kenter beril tekisligida
o'rmonlar siyraklashad, so'ngra butazorlar hamda g'allagullilar va har xil o't 
o'simliklar o'sadigan quruq o'tloqlar bilan almashinadi. Tog'larda baland ko'tarilgan 
sari ham o'rmonlar kambag'allashib boradi. Yangi Zelandiyada yovvoyi sut 
emizuvchi hayvonlar deyarli yo'q. Ko'rshapalak va o'rmon yumronqoziqlarini
mahalliy fauna vakillari deb hisoblash mumkin. Yevropaliklar keltirgan quyon va 
mushuklar xozir yovvoyilashib ketgan. Orollarda shuningdek qanotsiz to'tilar, sulton 
tovug'i yashaydi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling