O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
Okeaniya. Geografik o'rni.
Avstraliyadan shimol va sharqda Tinch okeanning janubi g'arbiy qismida kelib chiqilishiga ko'ra materik marjon va vulkan orollaridan iborat juda ko'p katta kichik orollar joylashgan. Bu orollarning hammasi birgalikda Okeaniya deb ataladi. Okeaniya orollarining umumiy maydoni tahminan 1,3 mn km2 okeaniya odatda bir necha qismga bo'linadi. Avstraliyaga joylashgan eng yaqin orollar Melaneziya deb ataladi. Melaneziyaga Yangi Gveniya Saloman orollari yangi Kaledoniya va boshqa orollar kiradi. Ancha janubda joylashgan yangi zelandiya alohida o'lkaga kiritiladi melanziyadan shimolda 1770 sharqiy uzunlikdan g'arbda joylashgan mayda orollar (Marmar, Karolin, Marshall orollari) mikroneziya deb ataladi. Tinch okeanining janubiy qismlarida 1770 sharqiy uzunlikdan sharqda joylashib qolgan barcha orollar Polineziyaga kiritiladi. Bular Gavay Layn orollari va boshqalar. Melaneziya : Yangi Gveniya va unga yaqin turgan Bismark arxipelagi Salomon orollari hamda boshqa ba'zi orollar butunlay ekvator bilan 100 janubiy kenglik orasida joylashgan. Bu orollarning ko'pchiligi materik orollari bo'lib sohili kichik maydonni egallagan. Yangi Gveniya dunyodagi eng katta orollardan biri uning maydoni 829 km2 . Orolning shimoliy va markaziy rayonlarini butun okeaniyadagi eng baland tog'lar ishg'ol qilgan Shimoliy g'arbdan janubiy sharqqa tomon butun orol bo'ylab tog' tizmalarining asosiy zanjiri cho'zilgan. Yangi Gveniyaning janubiy qismining past yassi qirg'oqlarini botqoq bosgan. O'lkada 1000 m balandlikkacha harorat yuqori va yil bo'yi deyarli o'zgarmaydi. O'rtacha oylik harorat Q250 Q280 orasida o'zgaradi, harorat hech qachon Q200 S dan pastga tushmaydi. 2000 m ga yaqin balandlikda o'rtacha harorat Q200 dan bir yuz pastroq bo'ladi. Butun o'lkada yog'in mo'l yog'adi tog'larning shimoliy yonbag'irida o'rta hisobda 4000 mm 82 ayrim joylarda 6000 mm dan ortiq yog'in tushadi. Yangi Gveniyada uzunligi bir necha yuz kilometrli daryolar ko'p. Eng uzun daryo Flay u tog'lardan boshlanib orolning janubiy tekislik qismidan oqadi uzunligi 800 km. Daryolar rejimi butunlay yomg'irlarga bog'liq. Orol florasida endemik o'simliklar ko'proq uchraydi. Past qirg'oqlar bo'ylab qalin mangra o'rmonlari cho'zilgan orolning janubiy past tekislikdagi daryo vodiylari uchun saga palmasidan iborat galeriya o'rmonlari xosdir. Sohillarda esa palmalar o'sadi yangi Gveniyada hayvonlardan kenguruning bir necha turi bor, kuskus qopchiqli bo'rsiq va yexidna yashaydi. Bundan tashqari har hil qushlar o'lkada sut emizuvchilar deyarli yo'q o'lkada ko'proq papuaslar va melaneziyalar yashaydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling