O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
Sharqiy Avstraliya : Bu o'lkaga katta suvayirg'ich tizma va materikning
sharqiy sohili kiradi. O'lkada tektonik yoriqlar va errozon yoriqlar tog'larni alohida massivlarga bo'lib yuborgan. Bu tog'lar sharqiy sohilida eng baland (1600 m ga cha) ko'tarilgan va sohilga taqalib turadi. Tog'larning sharqiy etagi yaqinida kengligi 50 km ga cha yetadigan sertepa sohil cho'zilgan. Janubroqda tog'larni xantar daryosining ko'ndalang tektonik botig'i kesib o'tgan. Janubi sharqda tog'larning eng baland qismi avstraliya Alp tog'lari (qorli tog'lar) bor. Bu tog'larning o'rtacha balandligi 1500 m bo'lgan gorstdan iborat. Bu massivlar butun materik bo'yicha eng baland ko'tarilgan bo'lib,haqiqiy tog' qiyofasiga ega. Ulardan eng baland Kosyushka tog'i 2230 m ga kutarilgan. Sharqiy Avstraliyaning t0 sharoiti o'lkaning shimoldan janubga uzoq cho'zilganligi va tog' Relyefiga bog'liq. Shimolda va sohilning o'zida harorat yil davomida uncha ko'p o'zgarmaydi, u yerda iyulning o'rtacha xarorati Q 180 ga yaqin yanvarning o'rtacha harorati esa Q200 S. Tog'larda eng sovuq oyning o'rtacha harorati - 100 ga tushadi. Sharqiy Avstraliyadan materikning suvayirg'ichi o'tadi. Tinch okeanga qisqa serostona daryolar oqib tushadi. Ularning eng yiriklari berdekin Klorene Fisroy daryolari. Janubda Avstraliyaning eng yirik daryolari Murrey darlingdir sharqiy Avstraliya materikning eng sero'rmon o'lkasi lekin shu bilan birga halqlar ta'sirida ko'p o'zgargan. Tog'larda o'simliklardan evkliptlar igna bargli daraxtlar bor. Tog'larning yuqori qismida passat o'rmonlari o'sadi. Tog'larda turli hil qopchiqlilar Olmaxon,Kuskus, daraxtda yashovchi kengru xarakterlidir. Turli qush turlari ham mavjud. Janubiy Sharq: Materikning janubi sharqida avstraliya asosiy tog' sistemasi kenglik bo'ylab cho'zilib Viktoriya tog'lari deb ataladi. Janubiy tog' tizmalari. Port fillip qo'ltig'i shimol tomondan o'rab turadi. Janubi sharqiy Avstraliya subtropik iqlim mintaqasiga joylashganligidan tabiiy sharoitiga ko'ra sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun eng qulaydir. Bu joy mamlakatning axolisi eng zich joylashgan o'lkasidir. YOg'inlar sharqdan ham g'arbdan ham keladi,lekin ularning asosiy qismi yonbag'irlarda ayniqsa janubi sharqda yog'adi. Eng ko'p yog'in g'arbda qish oylarida sharqda yoz va kuz oylariga to'g'ri keladi. Xaroratning nisbatan 1 tekis borishi iyulda 150 Q 100 yanvarda Q 15 Q 200 janubdan sovuq xavo massalarining tushib kelishi bilan buzilad, janubdan keladigan shamollar qishda haroratning 00 dan past tushishiga sabab bo'ladi. Jigar rang va sur jigar rang tuproqlarda bir vaqlar o'sgan quruq siyrak o'rmonlar va butazorlar urnini bug'doy zorlarga o'rmon zaytunlar egallagan. Daryo vodiylardagi alyuvial tuproqlarda sholi ekish rivojlangan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling