O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


MAVZU: JANUBIY AMERIKA MATERIGINING ICHKI SUVLARI


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

MAVZU: JANUBIY AMERIKA MATERIGINING ICHKI SUVLARI
REJA: 
1. 
Materik daryo va ko'llarining ahamiyati. 
2. 
Materik ichki suvlari ekologiyasi. 
Adabiyotlar : 
1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 
1983 y. 137-141 betlar. 
2. T.V. Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986
3. A.Qozoqov «Okeanlar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1992
4. P. Musayev, R.Qurbonniyozov «Geografik o'yinlar» Toshkent «O'qituvchi» 
nashriyoti 1990 yil. 
Ichki suvlari. 
 
Janubiy Amerika materigi daryo tizma yaxshi rivojlangan. Bunga asosiy 
sabab materikning iqlimi tarixiy tarraqiyoti va Relyef tuzilishi hisoblanadi. 
Materikning bosh asosiy suvayirg'ichi And tog'lari hisoblanadi. Daryolarning 
deyarli ko'pchiligi Atlantika havzasiga suv quyadi. Tinch okeaniga quyiluvchi 
daryolar kam materikning yillik oqim miqdori bo'yicha yer sharida Yevropa 
materigidan keyingi ikkinchi o'rinda turadi. Daryolarning asosiy to'yinish manbai
yomg'ir suvlari hisoblanadi.Janubdagi ba'zi daryolarning to'yinishida muzlarning
ahamiyati kattadir. Materik daryolarning o'ziga hos hususiyati ular ko'p xollarda
ostona va sharsharalar xosil qilib oqadi dunyoning eng baland sharshara Orinoko
daryosida Chirin irmog'ida Anhel sharsharasi 1054 m. Parana daryosidagi Iguasou 
sharsharasining eni 4 km ga yaqin 275 dan ortiq sharsharalar hosil qilib oqadi. 
Amazonka materikning eng yirik daryosi hisoblanadi sersuvligi jixatdan yer 
yuzida birinchi o'rinda turadi. Havzasining maydoni 7 mln kv km dan ortiq uzunligi
bosh irmog'i bilan birgalikda 6400 km ga yetadi. Suv sarfi 120000 m sek yillik
oqim miqdori 3800 km. Bu ko'rsatgich yer sharidagi barcha daryo oqimlarining 15 
% ni tashkil etadi. Asosiy irmog'i Maranon hisoblanadi va u 4900 m balandlikdan 
boshlanadi. Bu irmoq pastga tushgandan keyin Ukayali irmog'i bilan qo'shilib 
Amazonka nomini oladi. Daryoning 500 dan ortiq irmog'i mavjud uning eng yirik
o'ng irmog'i Madeyra daryosi, chap irmog'i esa Riu-Negru irmog'i Modeyra 3200 
km masofaga ega. Riu-Negru esa 2300 km masofaga ega daryo yiliga 1 mln 
tonnadan ortiq loyqa oqizadi. Lekin quyi qismida delta hosil qilmaydi. Sababi 
o'zanning ancha chuqurligi va dengiz suvining qalqishi bilan bog'liq daryo kengligi 
yuqori qismida 1 km dan Manaus shahri atrofida 5 km ga quyi qismida esa 20 km 
ga dengizga quyilish joyida orollar bilan birgalikda 80 km ga yetadi. Dengiz suv 
ko'tarilishidan hosil bo'lgan to'lqinlar daryo oqimiga qarshi 1000 km ichki
qismiga kirib boradi. Daryolarida yiliga ikki marta suv sathi ko'tariladi.
Parana daryo havzasining umumiy maydoni 4 mln km2 Parananing uzunligi 
4000 km atrofida daryoning asosiy irmoqlari hisoblangan. Riu-Grande va Paranaiba
Braziliya tog'liklaridan boshlanadi parana daryosining yana bir asosiy irmog'i 
Paragvay daryosi hisoblanadi. Ikkalasi qo'shilib quyi qismida Parana nomini oladi. 
Oroniko daryosining uzunligi 2730 km havzasining maydoni 1 mln km2 daryo 
Gviania tog'laridan boshlanadi. Daryoning boshlanish qismida o'ziga hos


54 
hususiyatlardan biri Kosigiyari daryosi bilan birgalikda Amazonikaning Riu-
Negru irmog'i bilan bog'langanligi hisoblanadi. Atlantika okeaniga quyilishida
uzunligi 200 km dan ortiq delta hosil qiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling