O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Janubiy Amerika. Geografik orni, qirgoq tuzilishi va tabiati taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
47 MAVZU: JANUBIY AMERIKANING GEOGRAFIK O'RNI QIRG'OQ TUZILISHI VA TABIATI TARAQIYOTINING BOSQICHLARI REJA: 1. Janubiy Amerikaning geografik o'rni umumiy ta'rifi. 2. Materikning qirg'oq tuzilishi va atrofdagi okean qismlari. 3. Materik tabiat tarqqiyotidagi asosiy bosqichlari. Adabiyotlar : 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y. 120-124 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god. 3. P.P.Vtorov, N.N.Drozdov «Biogeografiya materikov» Moskva Izdatelstva «Prosvesheniye» 1974 god. 4. O.Mo'minov «materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil. Janubiy Amerika. Geografik o'rni, qirg'oq tuzilishi va tabiati taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Janubiy Amerikaning katta qismi janubiy yarim sharda ekvatorial va subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Materikning kam qismigina subtropik va o'rtacha kengliklarga kirib borgan. Janubiy Amerika 50 janubiy kenglikda eng keng materikning eng g'arbiy chekka nuqtasi parinyas burni 810 201 g'arbiy uzunlik eng sharqiy chekka nuqtasi esa Kabu Branku 340 461 burnidir. Materikning kengligi 400 shimoliy kenglikdan janubda 600 km dan oshmaydi. Janubiy Amerika shimolda 120 251 sharqiy kenglikgacha Galinas burni janubda esa 530 541 janubiy kenglikgacha Frouord burni davom etadi va olovli yer arxipalagining chekka janubi olovi yer orolidagi Gorn burni bo'lib u 550 991 janubiy kenglikdadir. Shimoliy Amerika bilan bo'lgan geografik chegarasi qarib dengizdagi Daren qo'ltig'idan Tinch okeandagi Buenaventura qo'ltig'igacha davom etadi. Panama bo'yini shartli ravishda har ikki materik o'rtasidagi chegara deb qabul qilingan. Janubiy Amerikaning maydoni unga qarashli orollar bilan birga 17850 ming km2 bo'lsa shundan 150 ming km2 qismi orollarga to'g'ri keladi. Atlantika okenida ekvator yaqinida janubiy Amerika qirg'oqlari janubiy passat oqimlariga yaqinlashib keldi. Bu oqim San-roka yaqinida 2 qismiga bo'linadi, ularning biri gveniya oqimi nomi bilan materik qirg'oqlari bo'ylab shimoliy g'arbga Antil orollariga yo'naladi, ikkinchisi esa Braziliya oqimi nomi bilan janubi g'arbga La-Plata daryosining quyar joyiga tomon ketadi. Materikning janubiy sharqiy sohillaridan sovuq Folklend oqimi o'tadi. Kontinental platforma Tinch okeanda janubiy Amerika qirg'oqlari yaqinida juda kam bor ayrim joylarida umuman yo'q. Materik yaqinida eng chuqur joylari 7000 m dan ortadigan chuqur chukmalari bor. Materikning shimoliy g'arbiy sohili tahminan 50 janubiy kenglikgacha juda o'yilgan. Eng katta va qulay buxta Glahil buxtasidir. Janubroqda to 30 0 janubi kenglikgacha qirg'oq deyarli o'yilmagan baland va kema kirib kelishi uchun noqulay. Biroq Tinch okean sohillarining eng janubiy qismi bo'linib bo'linib ketgan sohil bo'ylab joylashgan ko'plab mayda va yirik orollar Chili hamda olovli 48 yer arhipalaglarini hosil qiladi materik sohiliga o'yib kirgan qo'ltiqlar va ayrim orollarni bir-biridan ajratib turuvchi bo'g'ozlar bugri va tordir. Janubiy Amerikaning katta qismini tashkil etuvchi janubiy Amerika platformasi gondvananing boshqa qismlari bilan proterazoyning ohiri va kembriyning boshlarida qo'shilgan. Parm davri ohirida tog' paydo bo'lish harakatlari butun And geosinklinaliga yoyilgan platforma esa ko'tarilma harakatlar markaziga aylangan. Buning natijasida qalqonlardagina emas balki qatlam ko'l allyuvial jinslar to'plangan sinklizalarda ham kontinental sharoit qaror topdi. Platformada bunday sharoit mezazoyning butun birinchi yarmi davomida saqlanib turadi. Atlantika okeani oblastida cho'kish ro'y berib u janubiy Amerikaning Afrikadan ajralib chiqishiga sabab bo'lgan. Bu davr ohiriga kelib janubiy Amerikada hozirgiga o'hshagan iqlim sharoiti qaror topgan. Bu davr ohirida va paleogen davomida And zonasida burmalanish ko'tarilish hamda vulkanik harakatlar bo'ladi. Janubda Antarktika oblastida iqlimning sovub ketishi va Antarktika qoplama muzliklarning paydo bo'lishi munosabati bilan bu yerga Antarktika florasi kirib kela boshladi. And tog'lari ko'tarilgan sari ularning o'ziga hos organik dunyosi vujudga keldi, u uch flora elementidan tog' tabiati sharoitiga moslashgan neotropik elementdan antarktika elementidan va And tog'larining o'zida tarkib topgan toqqa xos endemik turlaridan iborat. And tog'larining kuchli ko'tarilishi oqibatlaridan biri tog' muzlanishlaridir ular xozirgiga qaraganda ancha katta bo'lgan biroq chekka janubni hisobga olmaganda hech qayerda tog'lar doirasidan chetga chiqmagan materikning janubi g'arbida cho'kish va muzliklar ish natijasida Chilinning fordli sohili vujudga kelgan. Savol : 1. Materik qirg'oq tuzilishidagi o'ziga xoslikni ko'rsating? 2. Qaysi davrdan boshlab materik qiyofasi shakillanib boshlangan? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling