O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: MATERIKNING TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEFI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
MAVZU: MATERIKNING TEKTONIK TUZILISHI VA RELYEFI
REJA: 1. Materik tektonik tuzilishi haqida umumiy ma'lumot. 2. materik Relyefidagi o'ziga xos hususiyatlari. Adabiyotlar: 1. T.V. Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y. 124-129 betlar. 2. O.mo'minov «Materiklarlar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlari» Toshkent O'qituvchi nashriyoti 1977 y. 3. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 god. Tektonik tuzilish va Relyefi: Janubiy Amerika orografiyasi bilan shimoliy Amerika orografiyasi o'rtasida bir qadar o'xshashlik bor. Sharqda Atlantika okeani qirg'oqlari yaqinida Braziliya va Gveniya tog'lari hamda patagoniya platosi bor. Materikning chekka g'arbiy va shimoliy g'arbida uning qirg'oqlari qiyofasiga mos ravishda dunyodagi eng uzun tog' sistemasi And tog'lari yoki janubiy Amerika 49 Kordilerasi tog'lari 9 ming km ga cho'zilgan. Tog'lar bilan And tog'lari orasidagi materikning tahminan 45 % tini egallagan juda katta Amazonka Orinoko va va Paragvay Parana past tekisliklari bor. Shimoliy Amerika bilan janubiy Amerikaning orografik jihatdan bir biriga o'xshashligi har ikkala materik ravojlanishi va strukturasining g'arbiy chekka qismlari Tinch okean mintaqasining burmali tog'lariga kiradi vaholanki ularning katta sharqiy qismlari platforma tuzilishiga ega. Biroq janubiy Amerikaning platforma qismi tuzilishi va rivojlanishiga ko'ra. Shimoliy Amerikadan ko'ra Afrikaga ko'proq o'xshash. Yuqorida aytib o'tilganidek janubiy Afrika platformasi juda katta gviana Braziliya megaqalqoni bilan Pampa patagoniya plitasidan tashkil topgan. Magaqalqon doirasida fundamentning yer betiga chiqqan uchta qismi bor bular gviana g'arbiy Braziliya va sharqiy braziliya qalqonlaridan ularni Amozonka, Parana San Fransisko, Maranyao sinklizalari bir biridan ajratib turadi. Oxirgi uch sinekliza o'zaro tutashib g'arbiy Braziliya qalqoni bilan sharqiy Braliya qalqon orasidagi bir butun botiqlar zonasini hosil qilgan. Qalqonning And burmali zonasiga qaraganda yonbag'irlari perikraton botiqlariga borib tushadi. Bu botiqlar esa o'z navbatida And tog'larining old bukilmalariga qo'shilib ketgan. Janubda submeridional yo'nalgan perikraton bukilma Chako Pampa sineklazasiga tutashgan. Pampa sineklizasi Patagoniya plitasiga kiritilishi mumkin. Patagogiya plitasida ikkita massiv ajratiladi, ularning yuza qismi cho'kindi va vulkanik jinslardan tarkib topgan. Platforma territoriyasida turli hil foydali qazilmalar bor. Ularning janubiy Amerika kartasidagi xizirgi taqsimlanishi bir tomndan geologik tuzilishidagi tafovutlarni aks ettirsa ikkinchi jihat uning geologik jihatdan notekis o'rganilganligini ko'rsatadi. Janubiy Amerika platformasi teritoriyasida Relyef afrika Relyefiga juda o'xshab ketadi. Ularning tafovuti asosan u yoki bu Relyef tipining o'zaro nisbatida aks etgan. Akumliyativ tekisliklar afrikadagi kabi deyarli barcha sineklizalarning markaziy qismini egallab perikraton bukilma zonasiga muvofiq keladi. Sineklizalarning qalqonlarga yondosh chekka qismlari shuningdek patagoniya plitasi qat-qat baland tekisliklar va platolarni hosil qiladi, cho'kindi jinslar kompleksi atrofdagi qalqonlar bilan birga ko'tarilma harakatlar ta'sirida bo'lgan. Maranyao va San-Fransisko botiqlari moniklinal hamda yon bag'irlari jarlik xosil qilib tik tushgan zinapoyasimon baland platolar tarqalganligi bilan harakterlanadi. G'arbiy Yuraziliya qalqonining shimoliy va Gveniya qalqonlarining shimoliy yonbag'irlari uchun eng tipik bo'lgan Relyef shakillari baland tekisliklar ham goh keng goh tor darasimon daryo vodiylari kesib o'tgan yassi tog'liklardir. Braziliya tog'larining janubiy garbida Parana havzasida juda katta maydonlarni zinapoyasimon vulkanik platolar egallaydi. And tog'lar burmali mintaqasi deyarli boshdan ohirigacha parellel yoki deyarli parellel tog' tizmalari va tog'q orasidagi vodiylardan tashkil topgan. Hozirgi And burmali tog'lari tarkibiga biroz keyingi orogenik harakatlar natijasida o'zgargan paleozoy burmali strukturalar kiradi, ular tog' sistemasining markaziy va sharqiy qismlarini o'z ichiga oladi. Savol: 1.Materikni tektonik tuzilishidagi o'ziga xosligi nimada? 3. Relyefga ta'sir etuvchi omillarni ko'rsating? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling