O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Gviana tog'lar va tekisligi. Orinoko tekisligi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
Gviana tog'lar va tekisligi. Orinoko tekisligi.
Gviana tog'ligining markaziy qismi eng baland ko'tarilgan va hammadan ko'p parchalangan. Usti poleozoy erasining turli rangdagi qumtoshlar va kvarsitlar (kristal) bilan qoplangan ayrim tog' massivlari 2000 metrdan oshadi, tog'likning eng baland massivlari esa 2772 va 2950 m ga yetadi. Eng baland tog' massivlarining kursismon tepalari o'rmonlar bilan jinslar har hil rangga ega kulrang oq qizil tusli. Tog'likning zinapoyasimon tik yonbag'irlaridan oqib tushadigan daryolar baland jarliklarni kesib o'tadi va ko'p sharsharalar hisil qiladi. Tog'likning markaziy qismini kesib o'tadigan daryolarda va uning eng baland massivlardan boshlangan va qumtosh hamda kvarsitlardagi tik jarliklardan tushadigan o'ng irmoqlarida sharsharalar ayniqsa ko'p. Tog'likdan Gviana past tekisligiga tushadigan daryolarda ham sharsharalar yog'inlar rejimiga bog'liq. Shimoliy sharqda tog'lik yonbag'irlarida yog'inlar butun yil bo'yi yog'adi. Uncha baland bo'lmagan yerlarda harorat bir tekis va yuqori Q26Q280 S bo'ladi. Tog'larga ko'tarilganda harorat pasayadi. 2000 m ga yaqin balandlikda havo harorati Q10Q150 S dan oshmaydi. Atlantika okeani bo'yida mangra o'rmonlar tarqalgan bo'lib okeandan uzoqlashgan sari ular o'rnini o'rmonlar egallab boradi. Sernam tropik o'rmonlar daryo vodiylari bo'ylab ham tog'likning ichki qismlariga kirib boradi. Biroq yer yuzasining katta qismini savannalar egallagan ular tog'likning ichki qismidan yassi platolarda va tog' yon bag'irlarida 400-500 m balandlikkacha tarqalgan. Orinoko tekisligi O'lka Atlantika okeani sohillaridan janubiy-g'arbda Amozoniya o'lkasining o'rmonlarigacha cho'zilgan. Relyefda bir necha erozion pog'ona aniq ifodalangan. Eng past pogona Orinoko daryosi va uning irmoqlari bo'ylab cho'zilgan past tekisliklar deyarli hamma yerda ham dengiz sathidan 100 m dan ortiq ko'tarilmagan. O'lka iqlimining asosiy hususiyati yog'inlarining fasliy taqsimlanishidir. Yomg'irli davr o'rta xisobda apreldan oktabrgacha quruq davr esa noyabrdan martgacha davom etadi. Yillik yog'inning o'rtacha umumiy miqdori shimolda 800 mm dan janubdan 100 mm gacha yetadi butun yil davomida havoning temperaturasi Q20 S dan kam bo'lmaydi. Orinoko tekisligi hozirgi vaqtga qadar zaif o'zlashtirilgan va aholi siyrak o'rnashgan faqat ayrim joylardagina haydaladigan yerlar bor. Janubga tomon daraxtlar toboro ko'p maydonni egallaydi daryolar bo'yida yirik to'qay o'rmonlari cho'zilgan biroq ko'proq palmalardan iborat. Bu yerning ha yvonot dunyosi hilma-hil va yahshi saqlangan. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling