O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: MATERIK HAYVONOT DANYOSI. MATERIKDA HALQLAR
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
MAVZU: MATERIK HAYVONOT DANYOSI. MATERIKDA HALQLAR
REJA : 1. Materik zoogeografik o'lkalarining umumiy ta'rifi. 2. Materik hayvonot dunyosini muhofazasi. 3. Materikda insonning faoliyatini rivojlantirish bosqichlari. Adabiyotlar: 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y 152-161 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» toshkent 1986 g. 3. O.mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasidan studentlarning mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 yil. Hayvonot dunyosi va halqlar. Janubiy Amerikaning hayvonot dunyosi ham turlarga boyligi jixatdan o'simlik qoplamidan qilishmaydi. Materikning hozirgi faunasi uning florasi kabi bo'r davrining oxiridan boshlab orol tarzda ajralib qolgan va iqlim kam o'zgargan sharoitda shakllangan. Faunasining qadimiyligi va uning tarkibida endemik 56 formalarining ko'pligi shundan darak beradi. Janubiy Amerika markaziy Amerika bilan birga Neotropik fauna oblasti sifatida ajratiladi va bu oblastning Braziliya hamda Chili Pagoniya podoblastlari kiradi. Nam tropik o'ziga hosligi va turlarga boyligi bilan ajralib turadi: biroq hayvonlar bu o'rmonlar landshaftida uncha katta rol o'ynamaydi chunki ular qalin o'rmonlar orasida yashirinib yoki vaqt baland daraxtlarda yashaydi. Hayvonlarning daraxtlarda yashashga moslashganligi Amazonka o'rmonlarning harakterli hususiyatlaridan biridir. Janubiy Amerika o'rmonlarida hilma-hil qushlar ayniqsa rangi yarqirab tovlanuvchi to'tiqushlar ko'p to'tiqushlarning eng kattasi ara-eng hashoratlarning nihoyatda ko'pligidir ularning ko'pi endemiklardir. Bu yerda kunduzgi va tungi kapalaklar hilma-hil qo'ng'izlar chumolilar ko'p. Ko'pgina qo'ng'izlar va kapalaklar ajoyib tovlanadi ba'zi qo'ng'izlar kechasi shu qadar yaltirab nur tarqatadiki uning yaqinida kitob o'qish mumkin. Janubiy Amerikadagi bir muncha qirg'oqchil va yalang yerlar ya'ni savannalar tropik siyrak o'rmonlar hamda subtropik o'rmonlar faunasi qalin o'rmonlar faunasidan boshqachadir. Bu yerda yirtqich hayvonlardan yaguardan tashqari puma janubiy Amerikada uchraydi va shimoliy Amerikada ham uchrab turadi. Qushlardan ko'p sonli to'ti va kolibridan tashqari janubiy Amerika tulqushi nandu ba'zi bir yillik yirtqich qushlar yashaydi. Savanna va dashtlarda ilon va va ayniqsa kaltakesaklar ko'p. And tog'lar faunasi o'ziga xos hususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu fauna materikning sharqiy qismi uchraydigan ko'plab endemik hayvonlarni o'z ichiga oladi. And tog'lari oblastining hamma qismida tuyasimon hayvonlar oilasining janubiy Amerikaga xos vakili lamalar tarqalgan. And toqlarida shuningdek «ko'zoynakli» ayiq va ba'zi bir qopchiqlilar yashaydi. Ilgari kichik endemik kemiruvchi hayvon shinshilla keng tarqalgan. Uning sur tusli yumshoq iaksimon mo'ynasi eng yaxshi va qimmatbaho mo'ynalilardan hisoblanar edi. Shu sababli shinshila ko'plab ovlanaverib hozirgi vaqtda juda kam qolgan. Vulkanik yo'l bilan paydo bo'lgan Galapogos orollari faunasi g'oyat o'ziga xosligi bilan ajralib turadi bu fauna tarkibida yirik sudraluvchi hayvonlardan quruqlikda yashovchi bahaybat toshbaqalar va dengiz kaltakesaklari nuganlar alohida o'rin tutadi. Shuningdek turli tuman qushlar ham ko'p bular orasida ham tropiklarga ham Antarktidaga xos fauna turlari va sovuq oqimlar bilan birga kelib tarqalgan pinkvinlar baklan va boshqalar bor. Sut emizuvchi hayvonlarning turli uncha ko'p emas ulardan qulog'i katta tyulen ba'zi bir kemiruvchilar va ko'rshapalaklarni aytib o'tish mumkin. Janubiy Amerikada halqlar. Tub joy aholisi indiyslar eramizdan 15-17 ming yil ilgari Yevrosiyodan shimoliy Amerika orqali kirib kelgan degan fikrlar mavjud. materikda indiyslar miqdori shimoliy Amerika indiyslaridan ko'pdir. Peru, Ekvador Boliviyada Xolining deyarli yarimini tashkil etadi. Kolenizasiya tufayli ularning ko'pchiligi qirib yuborilgan ko'pchiligi baland tog'lar va chakalakzorlarga quvg'in qilingan. Ular qabila-qabila bo'lib yashashadi. Xozirgi indiyslarning ko'p sonlarini 10 % tini indiyslar tashkil etadi. Materikda ko'pchilik aholi Yevropalik va indiyslarning qo'shilishidan mitislar negirlar va sambalardan iborat. Materikda sof yevropid irqlari uchratilmaydi. Mulatlar va negirlar materikning sharqiy qismlarida yashashadi. Halqlar ispan partugal tillarida so'zlashadi materikda 300 dan ortiq aholi yashaydi. 57 Savol : 1. Materik organik dunyosidagi o'ziga hosligi nimada? 2. Amerikaga halqlar qanday kirib keladi? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling