O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: MATERIKNING SHARQ TABIIY GEOGRAFIK REGIONI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
MAVZU: MATERIKNING SHARQ TABIIY GEOGRAFIK REGIONI REJA: 1. Geografik regionning joylashgan o'rni Relyefi hususiyatlari. 2. Geografik regionning ichki suvlari iqlimiga umumiy tavsif. 3. Geografik regionning organik dunyosi. Adabiyotlar : 1. T.V.Vlasova « Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y . 63-81 betlar. 2. A.Qozoqov, X.Ma'sudov «Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi kursidan amaliy mashg'ulotlar va mustaqil ishlar» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1992 yi. 3. Universitet ta'limi uchun «Geografiya» mutaxassislik bo'yicha o'quv dasturlari. Toshkent «Universitet» nashriyoti 1997 yil. Sharq tabiiy geografik regioni. Sharq deganda shimoliy Amerika materigining sharq va shimolda Atlantika hamda shimoliy muz okeanlari bilan g'arbda kordilera tog'lari orasidagi katta qismi nazarda tushiladi. Subtropika tekisliklari tabiiy geografik o'lkasi materikning eng shimoldagi sohil tekisligini o'z 43 ichiga oladi. Uning g'arbiy chegarasi Makkenziyaning quyi oqim bilan to Gudzon qo'ltig'ining shimoliy g'arbigacha davom etadi. O'lkaning ancha qismi botqoqlashgan yanvarning o'rtacha harorati -300 yozgi harorati Q300 ni tashkil etadi. YOg'in miqdori 300 mm dan kam. Lavrentiy qirlari o'lkasiga Gudzon qo'ltig'ining g'arb va janub hamda Lobradan yarim orolining asosiy qismini egallaydi. O'lka tabiiy sharoiti tekislik yuzasidagi kristal jinslarning keng tarqalganligi muzlik Relyef shakllarning ustunligi hamda igna bargli o'rmonlar salmog'ining ko'pligi harakterlidir. Bu qirlarning o'rtacha balandligi 500-600 metr bo'lib, Lalbador yarim orolidagi Giolingad tizmasidagi eng baland nuqta 1676 metrga yetadi. O'lka iqlim ancha sovuq hisoblanadi. Nyufaundlend oroli materikda eng kichik o'lka bo'lsada tabiiy sharoiti o'ziga hosligi bilan ajralib turadi. U shimolda Bemayl bo'g'ozi janubiy g'arbga nisbatan kengroq Kabuta bo'g'ozlari bilan materikdan ajralib turadi. Orol asosan katta dengiz sayozida joylashgan. Orol asosan igna bargli o'rmonlar zonasida joylashgan, padzol tuproqlar keng tarqalgan. Maydoni 111 ming km2 hududini egallagan bu orol tabiatning o'zgachaligi bilan boshqa o'lkalardan ajralib turadi. Apalachi va apalachi yon o'lkasi Kanada va AQSH hududida shimoliy sharqdan janubiy g'arbga tomon 2000 km ga cho'zilgan. Bu tog'larning asosiy qismi mo''tadil mintaqaning janubiy yarmini kesib o'tib janubda sbtropiklarga kirib borgan. Markaziy tekisliklar Lavrentiy qirollaridan janubda va Apalachi tog'lardan g'arbda Missisipi o'rta oqimining har ikkala tomonida va daryoning yuqori oqimidan g'arbda joylashgandir. Bu yer qo'shma shtatlarning aholisi eng zich joylashgan va yaxshi o'zlashtirilgan qismlaridan biri bo'lib o'rmon dashtlar bilan keng bargli o'rmonlarning 80-90 % madaniy o'simliklar bilan almashgandir. Qirg'oq bo'yi tekisliklari o'lkasi materikning janubiy-sharqida joylashgan bo'lib asosan Meksika sohili missisipi quyi oqimi Florida yarim oroli hamda Atlantika sohilini o'z ichiga oladi. O'lka tabiiy sharoitidagi o'ziga hos hususiyati Relyefning tekisligi hamda subtropik iqlim mint aqasida joylashganligi hisoblanadi. Shu ikkala asosiy omili tuproq, o'simlik hayvonot dunyosi ham shakllanishida asos bo'lgan. Umuman sohil tekis yuzadan iborat bo'lib daryolarning quyilishi qismidan estuariylar va bir qancha Lagunalarni uchratish mumkin. O'lka hududi yozda tropik havo masalalari ta'sirida bo'ladi. Bu havo masalari Atlantika okeani va Meksika qo'ltig'idagi materikning ichki qismi hamon nuqson tarzida kirib keladi va ko'plab yog'in yog'ishga sabab bo'ladi. YOg'in miqdori mm dan 1500 mm yetadi. Buyuk tekisliklar bu o'lka materikning ichki qismida, qoyali tog'larning etagida yaqin joylashgan bo'lib, meridianal yo'nalishda 3500 km dan ortiq masofa cho'zilgan. O'lka iqlimini quruq kontinentalligi bilan ajralib turadi. Yer yuzining balandligi 500 metrdan g'arbdan 1700 metrgacha o'zgaradi. Qishgi o'rtacha oylik harorati 120 S ni tashkil etib, qor bilan qoplanib yotadi. Eng past harorat 400 S ni tashkil etadi o'lka o'simliklari o'rmon dasht va dasht o'simliklaridan iborat bo'lib, asosan nina bargli o'rmonlar keng tarqalgan. U yerda kashtan tuproqlar ko'p bo'lib, Amerikaga hos g'alladoshlardan Bizon o'ti va gram o'tlari keng tarqalgan. Hayvonot dunyosi va sudralib yuruvchilar, kemiruvchilar, hashorat va qushlar ko'p miqdorni tashkil etadi. 44 Savol : 1. Subarktika tekisliklari va Lavreniy qirlari o'ziga hos tomonlari nimada? 2. Preriya nima? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling