O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
MAVZU: SHIMOLIY AMERIKA MATERIGINING ICHKI SUVLARI
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Materik ichki suvlariga umumiy tavsif
MAVZU: SHIMOLIY AMERIKA MATERIGINING ICHKI SUVLARI
REJA: 1. Materik ichki suvlariga umumiy tavsif. 2. Iski suvlarning materik bo'ylab tahsimlanishi. 3. Daryo va ko'llarning halq ho'jaligidagi ahamiyati. Adabiyotlar : 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y 20-29 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 19876 g. 3. O.K.Leontev «Fizisechkaya geografiya Mirovogo okeana» Moskva Izdatelstva «Prosvesheniya» 1982 god. Materik ichki suvlariga umumiy tavsif Shimoliy Amerika ichki suvlari materikning iqlimi va Relyefi uning ichki suvlari hususiyatlari ularning materik bo'ylab taqsimlanishi daryo va ko'llarning joylashishi hamda ularning rejimini belgilab beruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Materik daryolari o'z suvlarini 3 ta havzaga qo'yadi. Ularning ko'pchiligi Atlantika okeaniga va kamrog'i Tinch va shimoliy muz okeaniga to'g'ri keladi. Materikning yillik oqim hajmi 6000 km3 ga tengdir materikning shimoliy qismida oqim tizimida daryo va ko'llar miqdori ko'pdir. Materikning kordileradan tashqi markaziy va sharqiy hududlarining tekisliklardan iboratligi tekisliklardan daryo va ko'llarning Labrador yassi tog'liklari va markaziy tekisliklarda daryo va ko'llarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. 39 Missisipi Soskachivan Nelson Avliyo Lavrentiya kabi daryolar shular jumlasidandir. Bu daryolar materikning yarmidan ko'p maydonni egallaydi tinch okeani shavzasiga kordilera tizimidagi Yukon, Freyzey, Kolumbiya, Kolorado, Sokramento kabi daryolar kiradi shimoliy muz okeaniga bir necha kichik daryolar va shimoliyning eng yirik daryosi Makkenzi o'z suvini qo'yadi. Tropik va subtropik mintaqadagi daryolar asoan yomg'ir suvidan to'yinadi ular yillik oqim miqdorining 60-80 % ni tashkil etadi. Meksika va atlantika bo'yi past tekisliklarida joylashgan daryolar oqimining 50 % kuz fasliga to'g'ri keladi Apalachi tog'ligining janubdagi markaziy va buyuk tekisliklarning janubdagi Kolarado platosining janubida joylashgan daryolar 50 % ga yaqin bahor oylariga to'g'ri keladi. Materikning markaziy qismida daryo tizimi yaxshi rivojlangan bo'lib bu hududda yer sharidagi katta daryolardan biri missispi va uning irmoqlari joylashgan. Daryo uzunligini Itaska ko'lidan hisoblanganda 4200 km, Missuri daryo bilan hisoblanganda 5971 km ni tashkil etadi. Daryo suv sarfi 19800 m3 sek ni tashkil etadi. Avliyo Lavrentiya daryosi yirik daryolardan biri bo'lib u Ontario ko'lidan boshlanadi va Avliyo Levrentiy ko'rfazasiga o'z suvini quyadi. Shimoliy Amerikaning muhim suv sistemasi buyuk ko'llar sistemasidir uning tarkibiga yuqori ko'l Guron Michigan, Eri Ontario kabi katta va kichik ko'llar kiradi. Ularning hammasi bir-biri bilan tutashgan bo'lib yagona daryodagi eng katta chuchuk suv havzasini tashkil etadi bu suv havzasining maydoni 246050 km2 . . Yuqori ko'l maydoni jihatdan dunyodagi ko'llarning eng kattasi hisoblanadi uning maydoni 12414 km2 ni maksimal chuqurligi 393 m ni tashkil etadi. Eridan tashqari barcha buyuk ko'llarning tagi okean sathidan pastda joylashgan. Yuqori ko'ldan keyingi pog'onani dengiz sathidan 177 m balandlikda michigan va Guron ko'llari joylashgan ularning chuqurligi 281 m Michigan 228 m (Guron) ni tashkil etadi. Bu ko'llar yuqori ko'l suvini ostanasimon Sant-Meri daryosi orqali oladi. Eri ko'li dengiz sathidan 174 m balandda chuqur joyi 64 m ni tashkil etadi Ko'ldan Niagara daryosi oqib chiqib o'zidan deyarli 100 m pastda joylashgan. Ontario ko'liga quyiladi. Niagara daryosi uzunligi 58 km dir daryo silur kuestlarni kesib o'tarkan balandligi 50 m sharsharani hosil qiladi. Kanadaning qoyali tog'lardan boshlanadigan va Atabaska ko'liga quyiladigan Atabaska daryosini materikning eng shimolidagi Makkenzi daryosining bosh irmog'i hisoblanadi. Daryoning uzunligi atabaskaning boshidan hisoblanganda 4600 km dir. Alyaska uchun katta ahamiyatiga ega bo'lgan daryolardan biri yukondir. Uzunligi 3180 km havzasining maydoni 855 ming km2 materikning janubida daryolar kam umuman materikda ichki suvlar tizimi yaxshi rivojlangan bo'lib ular materikdagi davlatlarning suv rejimini ta'minlashda ahamiyati kattadir. Savol : 1. Materik daryolarni to'yinish manbai nimadan iborat ? 2. materikdagi mavjud ko'llar paydo bo'lishi jihatdan qanday tipga kiritiladi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling