O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: MATERIK IQLIMI, IQLIM MINTAQA VA OLKALARI REJA
- Shimoliy Amerika iqlim. Iqlim mintaqa va iqlim olkalari.
37 MAVZU: MATERIK IQLIMI, IQLIM MINTAQA VA O'LKALARI REJA: 1. Materik iqlimining shakllanishi haqida ma'lumot. 2. Iqlim mintaqa va o'lkalariga umumiy tavsif. 3. Iqlimga ta'sir etuvchi omillar. Adabiyot : 1. T.V.Vlasova «Materiklar tabiiy geografiyasi» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1983 y. 20-29 betlar. 2. T.V.Vlasova «Fizicheskaya geografiya materikov» Toshkent 1986 g. 3. O.Mo'minov «Materiklar tabiiy geografiyasi studentlarning mustaqil ishlari» Toshkent «O'qituvchi» nashriyoti 1977 y. Shimoliy Amerika iqlim. Iqlim mintaqa va iqlim o'lkalari. Shimoliy Amerika atrofdagi orollari bilan birgalikda 870 va 70 shimoliy kengliklar orasida joylashgan ya'ni shimoldan janubga tomon shimoliy yarim sharning ekvatorial mintaqadan boshqa barcha mintaqalar kesib o'tadi. Materikning eng keng va yahlit qismi subartika va mo''tadil mintaqalarida kichikroq qismi esa subtropik mintaqalarda joylashgan eng to janubiy qismi tropik va subekvatorial mintaqalardadir. Artika mintaqasiga asosan orollar kiritiladi Materikning kengligi bo'yicha bunday joylashganligi uning shimoliy va janubiy qismlarining isishidagi katta shimoliy qismi yozgi va qishqi radiasiya sharoitidagi katta tafovutlarga olib keladi. Yillik yalpi quyosh radiasiyasi miqdori janubiy g'arbda 180 k sm2 Kanadaning shimoliy qismida 80 k sm2 o'zgaradi. Shimoliy Amerikada yer yuzasidagi asosan orografik elementlarning submeredional yo'nalishda ekanligi sharqiy tomondan katta orografik to'siqlar bo'lmagan Atlantika okeani tomonidan havo massalarining kirib kelishiga qulaylik tug'diradi. Materik g'arbdagi kordilera tog'lari esa havo massalarining Tinch okean tomonidan materik ichkarisiga kirib kelishiga to'siqlik qiladi. Materik o'rta qismida shimoliy muz okeani bilan Meksika qo'ltig'i orasida tekisliklarning mavjudligi va orografik to'siqlarni yo'qligi yilning havo almashunuviga imkon beradi. Atlantika okeanida uning shimoliy va janubiy qismining isishidagi tafovutlarni bir-biri bilan Nyufaunlend rayonida uchrashuvchi iliq Golfistrum va sovuq Labrador oqimlari yanada kuchaytiradi. Shimoliy Amerika katta qismida havo massalari asosan g'arbdan sharqqa tomon harakat qiladi lekin materikning g'arbiy qismidagi murakkab orografik tuzilmalar Tinch okeanidan keluvchi oqimlarni okean sohili va Kordilera tog'larining g'arbiy hududlarga ko'proq miqdorda yog'in tushishiga sabab bo'ladi. Materikning ichki rayonlari kontinental havo shakllangan hududlar hisoblanadi. Shu sababli materik mo''tadil mintaqasining Atlantika bo'yi uchun yil bo'yi siklonlar ta'siri bo'lishi harakterlidir. Materikning shimoliy qismida Kanada va Alyaskaning katta qismida 200 dan 240 S gacha Kanada Artika arxipelagi orollarida 360 S dan Grelandiya markazida 440 S gacha yetadi. Shu davrda materikning janubida yanvar oyining harorati musbat bo'lib Q200 S dan Q240 S gacha yetadi. Materik deyarli butun Alyaskani Gudzon qo'ltig'ining katta qismini va 38 Labrador yarim orolining shimolini o'z ichiga oluvchi katta qismi subartika iqlim mintaqasida joylashgan. Artika iqlim mintaqasiga esa materikning shimoliy sohili va unga yondosh orollar kiritiladi materikning eng kam parchalangan qismi ya'ni janubiy chegarasi Kolumbiya daryosi quyar qismidan sharqda 400 shimoliy kenglik yaqinidagi o'tadi. Mu'tadil iqlim mintaqasining sharqiy qismi dengiz iqlimiga mansub bo'lsa ichki qismlari quruq iqlim oblastiga kiritilsa eng g'arbiy qismlari yog'in miqdorini ko'p olganligi sababli dengiz iqlim oblastiga kiritiladi. Florida yarim orolidan g'arbda to Kaliforniya yarim oroligacha bo'lgan katta hududni subtropik iqlim m intaqasi egallaydi. Tropik iqlim mintaqasi 280 - 300 shimoliy kenglikdan janubda joylashgan bo'lib, bu mintaqada iqlim asosan Tinch va Atlantika okeanidagi yuqori bosim oblastlari belgilaydi. Subekvatorial iqlim mintaqasi materikning eng janubiy hududlarni egallagan bo'lib yozda ekvatorial musson shamollari ko'plab yog'in keltiradi bular asosan tinch okeanidan kirib keluvchi yog'inlar hisoblanadi. Savol: 1. Materik iqlimlariga ta'sir etuvchi omillar nimadan iborat? 2. Iqlim mintaqa va o'lkalar qanday tajribada joylashgan ? Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling