O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti geografiya kafedrasi


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/78
Sana09.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1466939
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
Abdullayev O.O. Jahon tabiiy geografiyasi

asosiy bosqichlari. 
Shimoliy Amerika materigi yarim sharning shimolda joylashgan bo'lib qutbiy
kengliklardan ekvator kengliklarigacha bo'lgan hududlarni egallaydi. Materikning 


34 
eng shimoliy chekka nuqtasi butiya yarim orolidagi Myorchisson burni bo'lib 710 
501 shimoliy kengilikda janubiy chekka nuqtasi Maryatto burni 70 121 shimoliy 
kengliklarda g'arbiy chekka nuqtasi Alyaskadagi Uels burni 168 

g'arbiy uzunlikda
va sharqiy nuqtasi Sent-Charlos burni 550 401 g'arbiy uzunlikda joylashgan. 
Materik atrofidagi bir qancha katta kichik orollar joylashgan bo'lib ular ham
materik tarkibiga kiritiladi. Ularda shimolda eng yirik Grelandiya Kanada Artika 
arxipalagi sharqda Nyufaunlend janubiy sharqda katta kichik Antil orollari hamda
Bagama orollari g'arbiy sohilining shimoliy hududlarida Alleut Aleksandr 
arxipelagi Sharlota qirolichasi va Vankuver orollari joylashgandir. Materik maydoni
shu orollar bilan birgalikda 24,5 mln km2 yaqin maydonni egallaydi. Orollar 
maydoni esa 3890 ming km2 ni tashkil etadi. Shimoliy Amerika 700 shimoliy 
kenglik bilan 300 shimoliy kenglik orasida eng keng va yaxlit hisoblanadi. Chekka 
shimol va janubda quruqlikni suv havzalari ancha parchalab yuborganidir. Materik 
shimolida gudzon qo'ltig'i janubda esa Meksika qo'ltig'i materik ichkarisiga ancha 
o'yib kirgandir materikning shimoliy muz okeani Tinch okeani va Atlantika okeani 
suvlari o'rab turadi. 
Proterazoy erasining oxirida xozirgi shimoliy Amerika materigining o'rnida
yaxlit platforma mavjud bo'lgan va uni shimoldan Artika sharq shimoliy sharq va 
janubiy sharq tomonidan Atlantika geosinlinal mintaqalar o'rab turgan. Bu 
geosinklinal mintaqalar shimoliy Amerika platformasini Yevropa platformasidan 
ajratib turgan keyinchalik platformaning shimoliy qismi ko'tarila boshlagan.
Boshqa qismlari esa keyingi geologik davri asosan cho'kib borgan Kordilera
burmali tog'lar paydo bo'lishi geosinklinal mintaqasi doirasida va qisman ko'tarish 
harakatlari tokembriyning so'ngida va poliozoy boshida ro'y bergan. Bu tog'lar 
birinchi haqiqiy tog' paydo bo'lish harakterlari devon davridan boshlab hamda 
poleozoyning ikkinchi yarmidan vujudga kela boshlagan. Materik plezoy oxiri va 
mezazoy boshida xozirgi materikdan katta farq qilgan u bir biriga mustaxkam 
birikkan tokembriy va poleozoy burmali strukturalaridan iborat bo'lgan hamda
shimolda Yevrosiyo bilan tutashib birgalikda Lavraziya materigini hosil qilgan. Bu 
davrda Kordilera tog'lariniig ayrim qismlari dengiz suvi yuzasiga chiqib turgan 
shimoliy Amerika hozirgi tabiiy sharoitning shakllanishiga ahamiyatga ega bo'lgan 
xodisalar mezazoy erasi davomida ro'y berib bera boshlagan muzliklar 2 markaz 
labrador va Kordilera tog'laridan tarqalgan.
Maksimal muzlash davrida butun materikni 400 shimoliy kenglikgacha
qoplab olgan ya'ni uning salkam 65 % maydonini egallagan. Shimoliy Amerikadagi 
muzlanishning Yevrosiyodagi qaraganda katta bo'lganligi uning ichki rayonlari 
ancha sernam bo'lganligidan dalolat beradi Materikning shimoli g'arbida Alyaska 
shimolida Kanada arxipelagining g'arbi muzlar bilan qoplanmagandi. Materikda bir 
necha muz bosishi va qaytishi hollarda bo'lgan oxiri muzlanish davri bundan 10-15 
ming yil maqaddam sodir bo'lgan. Bu davrda iqlim sernam daryo oqimlari janubga 
yo'nalgan bo'lib okean sathi hozirdagidan ancha pastda bo'lgan materikning
shimoliy janubidagi qo'ltiq va bo'g'ozlar quruqlikdan iborat bo'lgan. Ohirgi 
muzlanish chekinishida sohildagi past tekisliklarni dengiz suvlari qoplagan va 
ko'plab muzlik yoni ko'llari vujudga kelgan materiklardagi tog' sistemalari
Relyefiga tog' muzliklari katta ta'sir ko'rsatgan. Viskonsin muzligi 2 massiv
Labrador va Kivatin muzliklariga bo'linib ketgan va muzlar materikning shimoliy 


35 
qismlarida butunlay tugagach o'simlik va hayvonlar paydo bo'la boshladi iqlim biroz 
iliqlashib va quruqlashib asta-sekin hozirgi landshaftlar shakllana boshlagan. 
Savol : 
1. 
Materik qirg'oq tuzilishida boshqa materiklardan nimasi bilan farq qiladi? 
2. 
Qaysi davrdan boshlab materik shakllana boshlagan? 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling